Bolalar tarbiya jamoasi va yagona pedagogik jarayonning asosiy shakli.
Reja:
1. Tarbiya nazariyasining mohiyati.
2. Tarbiya nazariyasi pedagogika fanining muhim tarkibiy qismi ekanligi.
3. Sharq mutafakkirlari va xalq pedagogikasining tarbiya borasidagi boy tajribalari.
4. Boshlangʻich ta’limda tarbiya jarayonining mazmuni.
5. Boshlangʻich ta’limda tarbiya metodlarini maqsadga muvofiq tanlash.
6. Tarbiya tamoyillari va oʻz-oʻzini tarbiyalash.
7. Tarbiya turlari haqida tushuncha.
8. Shaxsning jamoada qaror topishi. Jamoa haqida tushuncha.
9. Bolalar jamoasining shakllanish bosqichlari.
Tayanch tushunchalar: tarbiya, tarbiya jarayoni, tarbiyaning maqsadi, tarbiya mazmuni, tarbiyaning umumiy vazifalari, tarbiya turlari, tarbiya tamoyillari, tarbiya qonuniyatlari, jarayon, aqliy, axloqiy, tafakkurni shakllantirish, dunyoqarash, jismoniy tarbiya, jamoa, bolalar kollektivi, jamoa tarbiyasi, Suxomlinsliy, milliy model, shaxs, davlat va jamiyat, fan, uzluksiz ta’lim, ishlab chiqarish, jamoa, bolalar kollektivi, jamoa tarbiyasi, Suxomlinsliy, milliy model, shaxs, davlat va jamiyat, fan, uzluksiz ta’lim, ishlab chiqarish.
Tarbiya jarayonining mohiyati va ahamiyati.
Tarbiya pedagogikadagi asosiy tushunchalardan biri sanaladi. Jamiyat va pedagogikaning tarixiy rivoji davomida mazkur kategoriyani tushuntirishga turlicha yondashuvlar yuzaga keldi. Eng avvalo, yuqorida keng va tor ma’nodagi tarbiya farqlanadi.
Tarbiya – muayyan, aniq maqsad va ijtimoiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama oʻstirish, uning ongi, xulq-atvori, dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Keng ma’noda tarbiya shaxsga jamiyatning ta’sir etishi, ijtimoiy hodisa sifatida qaraladi. Mazkur holatda tarbiya ijtimoiylashtirish bilan uygʻunlashadi.
Tor ma’nodagi tarbiya deganda, pedagogik jarayon sharoitida ta’lim maqsadini amalga oshirish uchun pedagog va tarbiyalanuvchilarning maxsus tashkil etilgan faoliyati tushuniladi. Ushbu holatda pedagoglarning tarbiyaviy faoliyati tarbiyaviy ish deb ataladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |