Oilalardagi ijtimoiy-psixologik muhitni sog‘lomlashtirish yuzasidan tavsiyalar


Download 27 Kb.
bet6/9
Sana31.01.2024
Hajmi27 Kb.
#1830142
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Oilalardagi ijtimoiy-psixologik muhitni sog‘lomlashtirish” yuzas-www.hozir.org

Intervyu” mashqi



Maqsad: ota-ona va bolalar o‘rtasida o‘z-o‘zini baholashni rivojlantirish.
Ota-ona va bolalar qarama-qarshi o‘tiradilar. Ulardan biri jurnalist, ikkinchisi esa, intervyu beruvchi respondent vazifasini bajaradi. Jurnalist intervyu oladi. Intervyu beruvchi o‘zini g‘ayritabiiy holatda tasvirlaydi: firma prezidenti, ertak qahramoni yoki mashhur kino qahramoni va h.k. Mashq oxirida qatnashuvchilar bir-birlarini navbat bilan tasvirlaydilar.

“MULOQOTNI YaXShILASh” MAShQI



Maqsad: ota-ona bolaga va bola ota-onaga o‘z mehr-muhabbatini ko‘rsatishi.
Bu mashq juftlikda bajariladi. Mashq davomida tinchlantiruvchi musiqa ohangi yangraydi, ota-ona va bolalar bir-biriga orqasini o‘girib o‘tirishadi va ko‘zini yumib, ota-onalar bolalariga ularni yaxshi ko‘rishlari haqida gapiradilar: “Men seni yaxshi ko‘raman!”. Bola ham ota-onasiga ularni yaxshi ko‘rishi haqida aytadi. Ular bir – birlariga mashq oxirigacha bu haqda gapiradilar. Mashq oxirida ota-ona va bolalar bir-birlariga hislarini namoyon etadilar (bir-birlarini quchoqlash, o‘pish va boshqalar).
«OChIQ VA SAMIMIYLIK» MAShQI
Ota-onalik burchingizni ado etish davomida yutuqqa erishish maqsadida to‘g‘ri munosabatda bo‘lish sharoitlaridan bittasi, muloqot bo‘ladi. Buning uchun farzand bilan dialog tashkil qilish kerak bo‘ladi. Dialogni farzand bilan muloqotda bo‘lish jarayonida individual tarzda tashkil qilish mumkin. Ko‘p hollarda ota-ona farzandlari bilan muloqotda bo‘lish jarayonida ko‘p xatolarga yo‘l qo‘yishadi. Har doim ham ular qilayotgan xatti-harakatlari, holatlari va xulq-atvorini kuzatmaydilar: Lekin hammaga ma’lumki, bolalar ota-onalarini o‘zini yuqori tutishini, emotsional holatni namoyon qilishini, sovuq muomalada bo‘lishini qabul qilolmaydi, Chunki aksariyat ota-onalar to‘g‘ri munosabatda bo‘lgan paytida ham farzandlari ularni ishonchli qabul qilaolmaydigan bo‘lishadi. Hattoki, bolalar o‘z ota-onalarining talab va takliflariga qarshi chiqishlari ham kuzatiladi. Bunga ota-onalar hayratlanmasalar ham bo‘ladi, chunki o‘zaro muloqot paytida unga nisbatan ota-onalar ochiq muloqotda bo‘lishmagan. Quyida bu holatlarni psixokorreksiya qilish uchun mo‘ljallangan bir necha oddiy mashqlar mavjud:
Masalan: Aytaylik sizning suhbatdoshingiz qarindoshingiz, yaqiningiz, kasbdoshingiz yoki oila a’zolaringizdan biri bo‘lishi mumkin. O‘zingizni xushmuomalalik holatiga keltiring, chiroyli tabassum bilan suhbatdoshingizni diqqat bilan tinglayotganingiz va uni tushuna olayotganligingizni tasdiqlovchi belgini bildirib o‘tiring.
Yuragidagi dardlarini to‘kib-sochayotgan suhbatdoshingizning yoniga psixologik yaqin borishga harakat qiling. Buning uchun siz uning ishonchini qozonishingiz kerak bo‘ladi.
Quyida yana bir mashq bilan tanishasiz.


Download 27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling