Oilalardagi ijtimoiy-psixologik muhitni sog‘lomlashtirish yuzasidan tavsiyalar


Download 27 Kb.
bet7/9
Sana31.01.2024
Hajmi27 Kb.
#1830142
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Oilalardagi ijtimoiy-psixologik muhitni sog‘lomlashtirish” yuzas-www.hozir.org

«MEN – ONAMAN» trening mashqi
Umumiy holatiga tavsifnoma:
Yumshoqlik, xushmuomalalik, iliqlik, himoyalashlik, o‘zaro tushunishlik va hokazolar; Erkinlik, his-tuyg‘u, emotsiyaning dominantligini me’yorida saqlash kerak.
Ayniqsa, pedagog ayollar o‘z farzandlarini iloji boricha ko‘pincha kamroq tarbiyalaydilar, lekin ko‘proq "oddiy sevadilar".
Bolani har tomonlama qurshab, qamrab olmay, balki uni o‘z holiga qo‘ying; - u o‘zini erkin his qilaolsin. Muhimi, u qanday bo‘lsa, shundayligicha qabul qiling. Masalan: ("Men-onaman") aniqlovchi yondoshuv pozitsiyasi.


"Men onaman" mashqi onaning bolaga bo‘lgan emotsiya yondoshuv pozitsiyasini aniqlashga va rivojlantirishga yordam beradi.
Bundan tashqari, - oila muhiti, undagi ichki o‘zaro munosabatlarni yaxshilashga yordam beruvchi boshqa bir qancha o‘yin va mashqlarni ham bajarishga taklif qilish mumkin.
Masalan: "E’tirozning yashirin ro‘yxati" o‘yini. Buning uchun har kuni kechqurun oila a’zolarining har biri, boshqa bir oila a’zolarining nomiga-o‘zining "yashirin e’tiroz" belgilari ro‘yxati yozilgan maktubni pochta qutisiga tashlaydi. Konvertni aniq bir ochish muddati ko‘rsatilgan kuni undagi "yashirin e’tiroz"lar hammagao‘qib eshittiriladi.
Shu tarzda oila a’zolarining har biri nomiga qanday e’tirozlar bildirilganligini bilib oladi va shunga asos bo‘lgan o‘zidagi sifat darajalarini yo‘qqilishga harakat qiladi. O‘zining ilgarigi yondoshuv pozitsiyasini o‘zgartirishga intiladi.
O‘yin "Ona-qiz". Siz farzandlaringizni ota-ona rolini bajarishga taklif qiling. O‘zingiz, ya’ni er va xotin esa farzand rolini bajaring. O‘yin uchun oiladagi odatiy bir vaziyatni tanlang; Masalan: "Kechqurun oilada", "Oilaviy bayram", "Oilaviy ko‘payish" va hokazo.
O‘yin davomida farzandingiz sizning rolingizni qanday bajaradi, ko‘proqqaysi xatti-harakatlaringizni bo‘rttiribroqo‘ynaydi va qaysi so‘zingizga ko‘proq urg‘u berib gapiradi. Siz aynan shu tomonlarini sezgirlik bilan ilg‘ab olishga harakat qiling.
Shuningdek, umumiy oilaviy rasm chizishni tavsiya qilish ham mumkin. Buning uchun farzandlaringizni "Mening oilam" mavzusida rasm chizib berishga taklif qiling. Siz diqqat bilan qarang, rasmda sizni va turmush o‘rtog‘ingizni qaerga, qanday qilib chizgan, yuzidagi tabassum holatini qanday tasvirlagan, bola o‘zini qaerga va kimning yoniga chizgan yoki rasmda o‘zini tasvirlamagan, otasi yoki onasining yaqiniga joylashtirib chizganmi? Yoki ulardan uzoqda - ajralgan holda chizganmi? Bu kabi savollarga chuqur o‘ylab, o‘zingizni ota-onalik rolingizni, oiladagi o‘rningizni va farzandlaringizga nisbatan bo‘lgan o‘zaro munosabatingizni anglaysiz.

Download 27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling