6. Ijtimoiy–xavfli sharoitdagi o‘quvchilar va oilalarni aniqlash bo‘yicha ishlar.
Ijtimoiy-xavfli sharoitdagi voyaga yetmagan – bu 18 yoshgacha bo‘lgan, hayoti va sog‘ligiga xavf tug‘diruvchi, uning tarbiyasi va yashash talablariga javob bermaydigan sharoitda yashovchi shaxs bo‘lib, u yoki qonunni buzadi, yoki jamiyatga zid bo‘lgan harakatlarni amalga oshiradi.
Ijtimoiy-xavfli sharoitdagi oila – bu ijtimoiy-xavfli sharoitdagi bolalarga ega bo‘lgan, shuningdek, ota-onalar yoki voyaga yetmaganlarning qonuniy vakillari ta’lim, tarbiya berish, ularni boqish borasida o‘z majburiyatlarini bajarmayotgan, ularning xulqiga salbiy ta’sir ko‘rsatadigan yoki bolalarga shafqatsiz munosabatda bo‘ladigan oilalar.
.Amaliyotdan kelib chiqib, shuni alohida ta’kidlash joizki, uzoq vaqt davomida surunkali dars qoldiruvchi va keyinchalik o‘qishdan orqada qolib ketishga moyilligi bor oila farzandlari quyidagi shartli guruhlarga taalluqlidir.
1.Nosog‘lom oila farzandlari.
Bunday oilalarda ota-onalar ma’lum ishga ega emas, tasodifiy ish haqi hisobiga ishlaydilar, o‘tmishda sudlanib chiqqan, yoki giyohvand, yoki alkogolga ruju qo‘yganlar. Bunday oilalar farzandlarining o‘qishi va tarbiyasi borasidagi qiyinchiliklar ota-onalarning maktab bilan muloqotga layoqatsizligi va hohishi yo‘qligi sababli kuchayib boradi.
2. To‘liq bo‘lmagan oila farzandlari.
Bunday oilalarda oilaning hayot tarzini bir maromda saqlash, shuningdek, farzand tarbiyasi vazifalari birgina inson (ko‘proq ona) zimmasiga tushadi, ko‘plar uchun bu ortiqcha, qudrati yetmaydigan ish. Farzandining vaqtini qanday o‘tkazilishini nazorat qilish, o‘qish jarayonida ko‘maklashishi layoqati ko‘p hollarda cheklangan, sababi vaqt yetishmasligi. Shaxsiy hayotdagi omadsizlik oilada og‘ir ruhiy holatni yuzaga keltiradi.
3. Ota-onalari ajralishgan, biroq bolaga ta’sir etishda raqobatda bo‘lgan va bir-biri bilan hamkorlik qilishga moyilligi yo‘q oila farzandlari.
Bola go‘yo ota-onalar o‘rtasida, goh u oilada, goh boshqa oilada yashaydi. Bunday sharoitdagi bolalar ertaroq u tomonning ham , bu tomonning nazora-tidan qochish uchun o‘z shaxsiy pozitsiyalarini, shuningdek o‘z xatti-harakatlarini ham ishlab chiqadilar
Do'stlaringiz bilan baham: |