Oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan
Download 85.87 Kb. Pdf ko'rish
|
122-сон 23.03.2023(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2-bob. Imtiyozli toifadagi shaxslarga bir martalik to‘lovni amalga oshirish tartibi
komissiya — tumanda (shaharda) nogironligi bo‘lgan shaxsning va tarkibida nogironligi
bo‘lgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish to‘g‘risidagi murojaatlarni ko‘rib chiqish va hal etish bo‘yicha ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq namunaviy tarkibda shakllantiriladigan hamda tegishli tuman (shahar) hokimi qarori bilan tasdiqlanadigan komissiya. 3. Imtiyozli toifadagi shaxslarga bir martalik to‘lov: “Ayollar daftari”ga kiritilgan imtiyozli toifadagi shaxslar uchun — “Ayollar daftari” jamg‘armasi hisobidan; “Yoshlar daftari”ga kiritilgan imtiyozli toifadagi shaxslar uchun — “Yoshlar daftari” jamg‘armasi hisobidan; “Temir daftar”ga kiritilgan shaxslar uchun — “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan tegishlicha mazkur jamg‘armalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar tomonidan moliyalashtiriladi. 4. Bir martalik to‘lov yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlaridan kelib chiqqan holda, oilasi tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxslar sonidan qat’i nazar, bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdorda ajratiladi. Bunda yer uchastkasini auksion orqali sotib olish xarajatlari miqdori bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha bo‘lganda to‘liq, xarajatlar miqdori ushbu chegaradan yuqori bo‘lgan hollarda esa xarajatlarning bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha bo‘lgan qismi qoplab beriladi. 5. Bir martalik to‘lov har bir imtiyozli toifadagi shaxsga moliyaviy yordam sifatida bir marta to‘lab beriladi. 6. Imtiyozli toifadagi shaxslarning auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlari ushbu Nizomga 2-ilovadagi sxemaga muvofiq qoplab beriladi. 2-bob. Imtiyozli toifadagi shaxslarga bir martalik to‘lovni amalga oshirish tartibi 7. Imtiyozli toifadagi shaxslarga bir martalik to‘lovni amalga oshirish komissiya tomonidan ko‘rib chiqiladi. Tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi komissiya ishchi organi (keyingi o‘rinlarda — Komissiya ishchi organi) hisoblanadi. 8. Bir martalik to‘lovni amalga oshirish uchun imtiyozli toifadagi shaxslar quyidagi mezonlarga muvofiq kelishi kerak: oxirgi 12 oy davomida o‘zi yoki oila a’zolari nomida yashash uchun mo‘ljallangan turar joyi yoki yer uchastkasi mavjud bo‘lmasligi; yer uchastkasi oxirgi uch oy ichida auksion orqali xarid qilingan va O‘zbekiston Respublikasi hududida bo‘lishi; qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan ekspertiza natijalari bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilgan, shuningdek, tegishliligi bo‘yicha “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari”ning birida turgan bo‘lishi. 9. Imtiyozli toifadagi shaxslar auksion orqali yer uchastkasi sotib olgandan boshlab uch oy ichida sotib olish bilan bog‘liq xarajatni qoplab berish yuzasidan o‘z hududidagi Komissiya ishchi organiga ushbu Nizomga 3-ilovadagi shaklda ariza bilan murojaat qiladi. Ushbu bandda ko‘rsatilgan muddatdan (uch oy) kechikib berilgan arizalar ko‘rib chiqilmaydi. 10. Imtiyozli toifadagi shaxslar arizaga yer uchastkasi auksion orqali sotib olinganligi tasdiqlovchi hujjatlar nusxasini ilova qilish kerak. 11. Komissiya ishchi organi hisobot oyining 20-sanasiga qadar: bir martalik to‘lov yuzasidan ariza bilan murojaat qilgan imtiyozli toifadagi shaxslarning ro‘yxatini shakllantiradi; bir martalik to‘lov yuzasidan murojaat qilgan imtiyozli toifadagi shaxslarning arizasi va ushbu Nizomning 10-bandida nazarda tutilgan hujjatlarni ilova qilgan holda shakllantirilgan ro‘yxatni komissiyaga taqdim etadi. 12. Komissiya hisobot oyining 25-sanasiga qadar: a) imtiyozli toifadagi shaxslarning ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan mezonlarga muvofiqligini o‘rganadi. Bunda: imtiyozli toifadagi shaxslarning o‘n ikki oy davomida o‘zi yoki oila a’zolari nomida yashash uchun mo‘ljallangan turar joyi yoki yer uchastkasi mavjud emasligi mezoniga muvofiqligi O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi tuman (shahar) bo‘limi tomonidan; shaxsning nogironlik holati tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limi tomonidan; oila tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs borligi tuman (shahar) Fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi tomonidan aniqlanadi; b) imtiyozli toifadagi shaxslar uchun bir martalik to‘lovni moliyalashtirish manbai quyidagi tartibda aniqlashtiriladi: “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”ga kiritilgan imtiyozli toifadagi shaxslar uchun tegishlicha “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armalari hisobidan; “Temir daftar”ga kiritilgan shaxslar uchun “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan; v) “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”ga kiritilmagan imtiyozli toifadagi shaxslarni muvofiqligi bo‘yicha ulardan biriga kiritish choralarini ko‘radi hamda mazkur bandning “b” kichik bandiga muvofiq moliyalashtirish manbaini aniqlaydi. Bunda “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Temir daftar”dan biriga kiritilishi lozim bo‘lgan imtiyozli toifadagi shaxslarning arizalarini ko‘rib chiqish keyingi hisobot oyiga qadar kechiktirilishi mumkin; g) o‘rganish jarayonida imtiyozli toifadagi shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritish maqsadida tegishli tashkilotlardan zarur ma’lumotlar so‘rab olinishi mumkin; d) imtiyozli toifadagi shaxslarga bir martalik to‘lovni amalga oshirish masalasini Komissiya a’zolarining umumiy yig‘ilishida ko‘rib chiqadi hamda “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalari hisobidan mablag‘lar ajratish maqsadida moliyalashtirish manbaini ko‘rsatgan holda, imtiyozli toifadagi shaxslar ro‘yxatini tegishliligi bo‘yicha “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armasining Vasiylik kengashlari hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashiga kiritadi. 13. O‘rganish natijalariga ko‘ra imtiyozli toifadagi shaxslarning ma’lumotlari bo‘yicha ushbu Nizomning 8-bandida nazarda tutilgan mezonlarga nomuvofiqlik (shu jumladan, tegishli tashkilotlardan aniqlik kiritish maqsadida olingan ma’lumotlar asosida) aniqlangan taqdirda, Komissiya tomonidan bir martalik to‘lovni ajratish rad etiladi hamda bu haqda uch ish kunida imtiyozli toifadagi shaxslarga yozma xabarnoma yuboriladi. Download 85.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling