Oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan


-bob. Komissiya faoliyatini tashkil etish


Download 85.87 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/7
Sana21.06.2023
Hajmi85.87 Kb.
#1637625
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
122-сон 23.03.2023(1)

3-bob. Komissiya faoliyatini tashkil etish
14. Komissiya doimiy faoliyat yuritadi hamda uning a’zolari jamoatchilik asosida ishlaydi.
15. Komissiya o‘z vakolatlariga tegishli masalalarni Komissiya raisi boshchiligida zarur hollarda
o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqadi.
16. Komissiya raisi:
komissiyaning umumiy faoliyatiga rahbarlik qiladi, uning ish rejasi bajarilishi yuzasidan doimiy
nazoratni amalga oshiradi;
komissiyaning yig‘ilishlarini chaqiradi va ularda raislik qiladi;
komissiya vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalarni uning yig‘ilishlarida ko‘rib chiqish uchun
kiritadi;


komissiya qarorlarini tasdiqlaydi.
17. Komissiya kotibi:
komissiya raisining topshiriqlariga asosan uning a’zolarini komissiya yig‘ilishining
o‘tkaziladigan joyi, vaqti va sanasi to‘g‘risida xabardor qiladi;
komissiya ish rejalarini tayyorlaydi;
komissiya bayonnomalarini yuritadi va tasdiqlangan bayonnomalarni komissiya a’zolariga
yuboradi;
komissiya dalolatnomalari va xulosalarini manzillarga yetkazadi;
komissiya ish yurituvini ta’minlaydi.
18. Komissiyaning barcha yig‘ilishlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va qaror shaklida
qabul qilinadi.
19. Komissiya ishining tashkiliy shakli yig‘ilish hisoblanadi.
Komissiya yig‘ilishlari uning a’zolarining ro‘yxatdagi tarkibining kamida uchdan ikki qismi
qatnashgan taqdirda o‘tkaziladi.
Komissiya yig‘ilishlari videokonferensaloqa shaklida ham o‘tkazilishi mumkin.
20. Komissiya hujjatlari tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limlarida
belgilangan muddatgacha saqlanadi.
4-bob. Imtiyozli toifadagi shaxslarga bir martalik to‘lovni amalga oshirish tartibi
21. Imtiyozli toifadagi shaxslarga bir martalik to‘lov ushbu Nizomning 
3-bandida 
ko‘rsatilgan
manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
22. Komissiya tomonidan kiritilgan ro‘yxat asosida “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari”
jamg‘armasining Vasiylik kengashlari hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi hisobot
oyining 30-sanasiga qadar tegishliligi bo‘yicha “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va
ko‘mak” jamg‘armalari hisobidan imtiyozli toifadagi shaxslarga bir martalik to‘lov uchun mablag‘lar
ajratish to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qiladi.
23. Tuman (shahar) hokimligi “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armasining Vasiylik
kengashi yoxud xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qaroriga muvofiq besh ish kunida
“Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armasining Vasiylik kengashlari hamda xalq deputatlari
tuman (shahar) Kengashining tegishli qarorlari asosida imtiyozli toifadagi shaxslarning arizasida
ko‘rsatilgan bank plastik hisobvarag‘iga mablag‘ o‘tkazilishini ta’minlaydi.
24. Komissiya ikki ish kunida bir martalik to‘lov o‘tkazib berilganligi haqida har bir imtiyozli
toifadagi shaxsga yozma xabarnoma yuboradi.

Download 85.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling