Oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan


Download 85.87 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/7
Sana21.06.2023
Hajmi85.87 Kb.
#1637625
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
122-сон 23.03.2023(1)



O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSNING VA TARKIBIDA NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXS BOR
OILANING ELEKTRON ONLAYN-AUKSION ORQALI YER UCHASTKASINI SOTIB OLISH BILAN
BOG‘LIQ XARAJATLARINI QOPLAB BERISH TARTIBI TO‘G‘RISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH
HAQIDA

Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, erga bo‘lgan huquqlarni ishonchli
himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan
O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish
to‘g‘risida
”gi hamda “
Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida
”gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonunlariga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. “Nogironligi bo‘lgan shaxslarning huquqlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi
Qonunining 
22-moddasida
nogironligi bo‘lgan shaxslarning va o‘z tarkibida nogironligi bo‘lgan
shaxs bor oilalarning elektron onlayn-auksionlar vositasida yer uchastkalarini sotib olish bilan
bog‘liq xarajatlarining o‘rni Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda qoplanishi nazarda
tutilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Nogironligi bo‘lgan shaxsning va tarkibida nogironligi
bo‘lgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq
xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risidagi nizom 
ilovaga
muvofiq tasdiqlansin:
elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olgan nogironligi bo‘lgan shaxsga va
tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilaga (keyingi o‘rinlarda — imtiyozli toifadagi shaxslar) bir
martalik moddiy yordam ko‘rsatish;
imtiyozli toifadagi shaxslarning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish
bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibi va moliyalashtirish manbalari;
imtiyozli toifadagi shaxslarning murojaatlarini tumanlarda (shaharlarda) tashkil etiladigan
Komissiya tomonidan ko‘rib chiqish;
elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olgan imtiyozli toifadagi shaxslar
ro‘yxatini shakllantirish va yuritish.
3. Belgilab qo‘yilsinki, elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish xarajatlaridan
kelib chiqqan holda, oila tarkibidagi nogironligi bo‘lgan shaxslar sonidan qat’i nazar, bazaviy
hisoblash miqdorining 100 baravarigacha miqdorda bir martalik moddiy yordam ajratiladi.
Bunda elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish xarajatlari miqdori bazaviy
hisoblash miqdorining 100 baravarigacha bo‘lganda to‘liq, xarajatlar miqdori ushbu chegaradan
yuqori bo‘lgan hollarda esa xarajatlarning bazaviy hisoblash miqdorining 100 baravarigacha
bo‘lgan qismi qoplab beriladi.
4. Belgilansinki, imtiyozli toifadagi shaxslarning elektron onlayn-auksion orqali yer
uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlari:
“Ayollar daftari”ga kiritilgan shaxslar uchun — “Ayollar daftari” jamg‘armasi;
“Yoshlar daftari”ga kiritilgan shaxslar uchun — “Yoshlar daftari” jamg‘armasi;
“Temir daftar”ga kiritilgan shaxslar uchun — “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan
tegishlicha mazkur jamg‘armalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar tomonidan
moliyalashtiriladi.
5. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda
2023-yil 1-iyunga qadar imtiyozli toifadagi shaxslarning elektron onlayn-auksion orqali yer
uchastkasini sotib olish, shuningdek, sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish jarayonlarini
Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali amalga oshirish bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga
taklif kiritsin.


Bunda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Kambag‘allikni qisqartirish va
bandlik vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi
Kadastr agentligi ma’lumotlar bazalarining axborot tizimlari Yagona interaktiv davlat xizmatlari
portaliga integratsiya qilinishi nazarda tutilsin.
6. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari:
imtiyozli toifadagi shaxslarning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish
xarajatlarini qoplash uchun zarur mablag‘lar o‘z vaqtida ajratib borilishini;
bir hafta muddatda Nogironligi bo‘lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor
oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab
berish komissiyasi tarkibining tasdiqlanishini ta’minlasin.
7. O‘zbekiston Respublikasi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Iqtisodiyot
va moliya vazirligi:
manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda o‘zlari qabul qilgan normativ-huquqiy
hujjatlarni bir oy muddatda ushbu qarorga muvofiqlashtirsin;
O‘zbekiston Milliy axborot agentligi va O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda
mazkur qarorning mazmun-mohiyatini ommaviy axborot vositalarida muntazam va keng yoritib
borsin.
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
o‘rinbosari J.A. Qo‘chqorov hamda O‘zbekiston Respublikasi kambag‘allikni qisqartirish va bandlik
vaziri B.A. Musayev zimmasiga yuklansin.

Download 85.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling