Elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berish tartib-taomillari soddalashtirilishi munosabati bilan vazirlar mahkamasining qishloq
Download 177.59 Kb. Pdf ko'rish
|
685-сон 30.11.2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- SODDALASHTIRILISHI MUNOSABATI BILAN VAZIRLAR MAHKAMASINING “QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANMAGAN YER UCHASTKALARINI XUSUSIYLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA”GI
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING QARORI QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANMAGAN YER UCHASTKALARINI XUSUSIYLASHTIRISH VA ELEKTRON ONLAYN-AUKSION ORQALI IJARAGA BERISH TARTIB-TAOMILLARI SODDALASHTIRILISHI MUNOSABATI BILAN VAZIRLAR MAHKAMASINING “QISHLOQ XO‘JALIGIGA MO‘LJALLANMAGAN YER UCHASTKALARINI XUSUSIYLASHTIRISH TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI HAQIDA” 2022-YIL 14-FEVRALDAGI 71-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish va elektron onlayn- auksion orqali ijaraga berish tartib-taomillarini soddalashtirish maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik muhitini yaxshilash va xususiy sektorni rivojlantirish orqali barqaror iqtisodiy o‘sish uchun shart-sharoitlar yaratish borasidagi navbatdagi islohotlar to‘g‘risida” 2022-yil 8-apreldagi PF-101-son hamda “Qoraqalpog‘iston Respublikasida tadbirkorlik, innovatsion texnologiyalar va infratuzilmalarni jadal sur’atlarda rivojlantirish orqali aholi farovonligini oshirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 31-avgustdagi PF-213-son farmonlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022- yil 18-martdagi PQ-168-son hamda “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan 2022-yildagi “ochiq muloqoti”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2022-yil 30-avgustdagi PQ-364-son qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi: 1. Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida” 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qaroriga ilovaga muvofiq quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilsin: xususiylashtirilayotgan yer uchastkasini sotib olish qiymatini tabaqalashtirilgan holda kamaytirish; yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish muddatlari va bosqichlarini qisqartirish; yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilishdan tushgan mablag‘larning bir qismini tuman va shaharlar ixtiyorida qoldirish; kichik sanoat, yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonalari hududidagi yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilishning xususiyatlarini belgilash. 2. O‘zbekiston Respublikasi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi ikki oy muddatda Kichik sanoat zonalari to‘g‘risidagi nizom hamda Yoshlar sanoat va tadbirkorlik zonasi to‘g‘risida nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasini kiritsin. 3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari — iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vaziri J.A. Qo‘chqorov zimmasiga yuklansin. Download 177.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling