Elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berish tartib-taomillari soddalashtirilishi munosabati bilan vazirlar mahkamasining qishloq


-§. Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun taqdim etilmaydigan


Download 177.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/19
Sana21.06.2023
Hajmi177.59 Kb.
#1637608
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19
Bog'liq
685-сон 30.11.2022

2-§. Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun taqdim etilmaydigan
hududlarning koordinatalarini taqdim etish va ularni yangilash tartibi
23. Davlat kadastrlarini yuritish sohasidagi vakolatli tashkilotlar “YERELEKTRON” AAT orqali:
tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun berilishi mumkin bo‘lmagan muhofaza zonalari
hududlarning geografik joylashuvini;
ushbu hududda olib borilishi mumkin bo‘lmagan tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyat turini
hamda qurilishi mumkin bo‘lmagan obyektlar ro‘yxatini keltirgan holda hududlarning geografik
joylashuvini Kadastr agentligiga taqdim etib borishlari shart.
Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun berilishi mumkin bo‘lmagan
hududlarning geografik joylashuvi “YERELEKTRON” AAT orqali Kadastr agentligi tomonidan
belgilanadigan shaklda taqdim etiladi.
Hududlarning geografik joylashuvi davlat kadastrlarini yurituvchi vazirlik va idoralar
tomonidan real vaqt rejimida WGS-84 koordinatalar tizimida yangilanadi.
Ma’lumotlarning haqqoniyligi va to‘liqligi yuzasidan davlat kadastrlarini yuritish bo‘yicha
vakolatli organlar rahbarlari javobgardir.
3-§. Yer uchastkasini auksionga chiqarishga tayyorlash
24. Boshlang‘ich narxi to‘g‘risidagi ma’lumotlar “YERELEKTRON” AATga kiritilganidan so‘ng yer
uchastkasi yoki yer uchastkasiga ijara huquqi buyurtmachi tomonidan avtomatik ravishda
auksionga qo‘yish uchun operatorga yuboriladi.
25. Yer uchastkasi ushbu Nizom bilan belgilangan tartibda kelishuv amalga oshirilganligi,
ijobiy xulosa olinganligiga qarab har bir yer uchastkasi bo‘yicha alohida auksionga chiqariladi.
Auksionga chiqarishda yer uchastkasi to‘g‘risida ko‘rsatilishi shart bo‘lgan ma’lumotning
minimal hajmi quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:
yer uchastkasining o‘ziga xos raqami va joylashgan joyi;
yer uchastkasiga bo‘lgan huquq turi;
yer uchastkasi kiradigan yerlar toifasi;
yer uchastkasidan ruxsat etilgan foydalanish turi;
yer uchastkasi maydoni (gektarda);
yer uchastkasini kamida ikki tomondan o‘rab turgan obyektlarning raqamli fotosurati;
yer uchastkasiga tutash hududlarning (obyektlarning) belgilangan maqsadi va turlari;
qurilish obyektini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash mumkin bo‘lgan
quvvatlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarigacha bo‘lgan masofa;
mazkur yer uchastkasida qurilishga ruxsat berilgan yoki taqiqlangan obyektlar turlari ro‘yxati;
yer uchastkalarining boshlang‘ich narxi;
yer uchastkasi bo‘yicha yoki undan foydalanish huquqiga nisbatan mavjud cheklovlar;


yer uchastkasidan foydalanish shartlari va tartibiga taalluqli boshqa axborot.
Auksionga ijara huquqi bilan chiqariladigan yer uchastkasi bo‘yicha qo‘shimcha ravishda ijara
muddati ko‘rsatiladi va ijara shartnomasining loyihasi ilova qilinadi.
Yer uchastkasi bo‘yicha tegishli ma’lumotlar, shu jumladan, fotosuratlar, uning geolokatsiya va
koordinatalari to‘liq ko‘rsatilmagan holda auksionga chiqarish uchun buyurtma taqdim etilganda,
operator tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish uchun qaytariladi.
Buyurtmachi operator tomonidan qayd etilgan barcha kamchiliklarni bir hafta muddatda
bartaraf etib, elektron buyurtmani ushbu band talablariga muvofiq takroran yuboradi.
26. Yer uchastkasini auksionga chiqarish to‘g‘risidagi ma’lumotlar ikki ish kunida ommaviy
axborot vositalarida hamda tuman (shahar) hokimligi va Davlat aktivlarini boshqarish agentligi
Internet jahon axborot tarmog‘idagi rasmiy veb-saytlarida e’lon qilinishi lozim.
27. Savdo platformasida auksion tashkil etish hamda o‘tkazish tartibi Vazirlar Mahkamasining
alohida qarori bilan belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Yer uchastkalarini mulk huquqida sotish bo‘yicha auksionda O‘zbekiston Respublikasi
fuqarolari va yuridik shaxslari ishtirok etish huquqiga ega (chet el investitsiyalari ishtirokidagi
korxonalar bundan mustasno).
Yuridik va jismoniy shaxslar ijara huquqi asosida yer uchastkalarini sotib olish bo‘yicha
auksionda qatnashish huquqiga ega.
Yer uchastkalarini realizatsiya qilish uchun o‘tkazilgan elektron onlayn-auksion natijalari
haqidagi bayonnoma uni taqiqdan yechish, shuningdek, auksion g‘olibi nomiga ro‘yxatdan
o‘tkazish (hisobga qo‘yish) uchun asos hisoblanadi. Bunda, majburiy tartibda undirish uchun
yuborilmagan ma’muriy jarimalarni to‘lash majburiyati mahalliy hokimlik zimmasida qoladi.

Download 177.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling