Elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berish tartib-taomillari soddalashtirilishi munosabati bilan vazirlar mahkamasining qishloq
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Download 177.59 Kb. Pdf ko'rish
|
685-сон 30.11.2022
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh., 2022-yil 30-noyabr, 685-son Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 30- noyabrdagi 685-son qaroriga ILOVA Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora- tadbirlari haqida” 2022-yil 14-fevraldagi 71-son qaroriga kiritilayotgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar 1. Qarorga 1-ilovada : 13-bandidagi “uch” so‘zini “besh” so‘zi bilan almashtirilsin; 14-bandning sakkizinchi xatboshisi “kelib chiqib” so‘zlaridan keyin “(bir kvadrat metrgacha bo‘lgan aniqlikda)” so‘zlari bilan to‘ldirilsin; 21-band quyidagi tahrirda bayon etilsin: “21. Xususiylashtirilayotgan yer uchastkasini sotib olish uchun to‘lov quyidagi tartibda avtomatik taqsimlanadi: a) Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qaroriga muvofiq mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun — tegishli Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasiga, uning 10 foizi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasining maxsus g‘aznachilik hisobvarag‘iga (4014); b) ushbu Reglamentning 14-bandiga muvofiq yer uchastkasi va unga tutash hududning topografik rejasini tayyorlash bo‘yicha davlat xizmatlarini ko‘rsatganlik uchun — tegishli Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmasi hisobvarag‘iga; v) 3 foizi — “Yerxususiylashtirish” AATni texnik qo‘llab-quvvatlash ishlari uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hisobvarag‘iga; g) 0,5 foizi — to‘lovlarni tasdiqlash Yagona billing tizimi orqali amalga oshirilganligi uchun Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish jamg‘armasining Elektron hukumat va raqamli iqtisodiyotning idoralararo loyihalarini moliyalashtirish bo‘yicha maxsus hisobvarag‘iga; d) qolgan mablag‘larning: 50 foizi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va Toshkent shahrining shahar budjeti maxsus g‘azna hisobvaraqlariga ularning qo‘shimcha manbalari sifatida yo‘naltiriladi va uning 30 foizi — jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha hududiy maqsadli jamg‘armaga, 70 foizi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahri hokimliklari huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi; 50 foizi — mazkur yer uchastkalari joylashgan tuman (shahar)lar budjetiga ularning qo‘shimcha manbalari sifatida o‘tkaziladi.”; 1-ilovaning 3-bosqich “Muddatlar” ustuni quyidagi tahrirda bayon etilsin: “5 ish kuni”; 22-band quyidagi tahrirdagi xatboshi bilan to‘ldirilsin: “Ariza beruvchi, zarur hollarda Davlat aktivlarini boshqarish agentligining tegishli hududiy boshqarmasiga murojaat qilgan holda chop etilgan qog‘oz shaklidagi yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderining aslini olishi ham mumkin.”; 4-ilova quyidagi tahrirda bayon etilsin: Download 177.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling