Elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berish tartib-taomillari soddalashtirilishi munosabati bilan vazirlar mahkamasining qishloq


Download 177.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/19
Sana21.06.2023
Hajmi177.59 Kb.
#1637608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
685-сон 30.11.2022

elektron onlayn-auksion (keyingi o‘rinlarda — auksion) — savdo platformasi orqali jismoniy
va yuridik shaxslarga auksion obyektini realizatsiya qilish (ijaraga berish) bo‘yicha narxni oshirib
borish tamoyilida onlayn o‘tkaziladigan savdo shakli.
4. Agar yer uchastkalari aholi punktlarining bosh rejalariga, aholi punktlari qismlarini batafsil
rejalashtirish loyihalariga yoki hududlarni kompleks rivojlantirish va rejalashtirish bo‘yicha boshqa
hujjatlarga, xususan, master-reja talablariga yoxud yer uchastkalaridan foydalanishning ruxsat
berilgan turlariga muvofiq bo‘lsa, ular mulk huquqi asosida auksionga qo‘yiladi.
Shaharsozlik hujjatlari mavjud bo‘lmaganda yoki uning talablariga mos kelmagan taqdirda,
yer uchastkalari ijara huquqi asosida auksionga qo‘yiladi.
5. Yer uchastkalari tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun mulk yoki
ijara huquqi asosida auksion orqali ushbu Nizomga 1-ilovaga muvofiq sxema bo‘yicha realizatsiya
qilinadi.
Quyidagi holatlarda yer uchastkalari tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish
uchun master-reja ishlab chiqilib, u asosida realizatsiya qilinadi:
maydoni 1 gektar (shaharlarda 0,2 gektar) va undan ortiq bo‘lgan yer uchastkasida savdo
kompleksi, logistika markazi va xizmat ko‘rsatish kompleksini tashkil etish uchun;
turizm hududi sifatida belgilangan mahallalarni rivojlantirish uchun;
yer uchastkasini qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar toifasidan chiqarib, savdo va xizmat
ko‘rsatish, shu jumladan yo‘l bo‘yi infratuzilmasi obyektlari tashkil etish uchun.
Bunda, loyihalashtirish topshirig‘i va master-reja ishlab chiqish uchun xizmat haqi Davlat
aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasidan to‘lab beriladi va
keyinchalik yer uchastkalarini sotishdan tushgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
Master-rejani ishlab chiqishga xalqaro ekspertlar va xalqaro moliya tashkilotlari ham jalb
etilishi mumkin.
6. Yer uchastkasini tanlash materiallari Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi
Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiallari (keyingi o‘rinlarda — filial), tuman (shahar)
qurilish bo‘limlari va loyiha-qidiruv tashkiloti tomonidan tayyorlanadi.


Yer uchastkasini tanlash materiallarini kelishish va (yoki) ular bo‘yicha xulosalar berish ushbu
Nizomda nazarda tutilgan tartibda vakolatli tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi.
Vakolatli tashkilotlarning rahbarlari yer uchastkasini tanlash materiallari bo‘yicha o‘z vaqtida
kelishilishi va xulosalar chiqarilishi, shuningdek, ularni o‘z vaqtida ko‘rib chiqmaslik oqibatlari uchun
shaxsiy javobgarlikni o‘z zimmalariga oladi.
7. Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi Davlat soliq
qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasiga (keyingi o‘rinlarda — Davlat
kadastrlari palatasi) tadbirkorlik faoliyati uchun berilishi mumkin bo‘lmagan hududlar
koordinatalarini ko‘rsatgan holda elektron xaritalarni Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim
etadi.
Taqdim etilgan elektron xaritalarda tadbirkorlik faoliyati uchun berilishi mumkin bo‘lmagan
hududlar koordinatalari mavjud bo‘lmagan taqdirda, yer uchastkasini tanlash materiallari
kelishilgan, ular bo‘yicha xulosalar esa ijobiy deb hisoblanadi.
Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi Davlat kadastrlar palatasiga umumiy
foydalanishdagi avtomobil yo‘llari hamda avtomobil yo‘llari hamda avtomobil yo‘llarining yo‘l bo‘yi
mintaqasi hududining World Geodetic System 1984 (keyingi o‘rinlarda — WGS-84) koordinatalar
tizimida elektron xaritalarini Davlat kadastrlari yagona tizimiga taqdim etadi.
Elektron xaritalarni taqdim etish, shuningdek, vakolatli tashkilotlar tomonidan yer
uchastkasini tanlash materiallarini kelishish va (yoki) ular bo‘yicha xulosalar berish, shu jumladan,
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi organlari tomonidan ekologik
ekspertizadan o‘tkaziladigan obyektlarni qurishga yer uchastkasini tanlash materiallari bo‘yicha
xulosa berish uchun to‘lov undirilmaydi.
8. O‘zbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy
boshqarmalari yer uchastkasini auksionga chiqarishda buyurtmachi hisoblanadi.
Davlat aktivlarini boshqarish agentligi va (yoki) uning hududiy boshqarmalari loyihalashtirish
topshirig‘i va master-reja ishlab chiqish uchun professional loyiha tashkilotlarini shartnoma asosida
jalb qiladi.
Professional loyiha tashkilotlari loyihalashtirish topshirig‘ini hamda u asosida master-rejani
ishlab chiqib, Arxitektura va shaharsozlik kengashlari (yoki loyiha ofislari) bilan kelishilishi va
tasdiqlanishini ta’minlaydi.
9. Auksion natijalari bo‘yicha pul mablag‘lari operatorning maxsus hisobvarag‘ida yig‘iladi va
auksion g‘olibi tomonidan yer uchastkasi qabul qilinganligi tasdiqlangandan so‘ng buyurtmachi
hisobvarag‘iga belgilangan tartibda operator xizmat haqi chegirilgan qolda o‘tkazib beriladi.

Download 177.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling