Elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berish tartib-taomillari soddalashtirilishi munosabati bilan vazirlar mahkamasining qishloq


Download 177.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/19
Sana21.06.2023
Hajmi177.59 Kb.
#1637608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
Bog'liq
685-сон 30.11.2022

1-bob. Umumiy qoidalar
1. Ushbu Nizom tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun qishloq
xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarini mulk va ijara huquqi asosida elektron
onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish tartibini belgilaydi.
2. Ushbu Nizom talablari yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida ajratishga
nisbatan:
yakka tartibda uy-joy qurish va uy-joyni obodonlashtirish uchun;
ko‘chmas mulk obyektlari joylashgan yer uchastkalari uchun;
qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari uchun;
“K — savdo” avtomatlashtirilgan axborot tizimi orqali ijaraga berish nazarda tutilgan hollarda;
chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet
el jismoniy va yuridik shaxslariga berish uchun;
davlat-xususiy sheriklik va ijtimoiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish uchun;
maxsus iqtisodiy zonalar hududidagi yer uchastkalari uchun tatbiq etilmaydi.
3. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
“E-AUKSION” elektron savdo platformasi (keyingi o‘rinlarda — savdo platformasi) —
elektron onlayn-auksion tashkil etish va o‘tkazish uchun zarur axborotni kiritish, saqlash va qayta
ishlash, shuningdek, istagi bo‘lgan jismoniy va yuridik shaxslarning bunday auksion jarayoniga
kirish va ularda qatnashish imkonini ta’minlaydigan axborot tizimi;
“YERELEKTRON” avtomatlashtirilgan axborot tizimi (keyingi o‘rinlarda — “YERELEKTRON”
AAT) — yer uchastkalari berish bo‘yicha materiallarni to‘plash, ko‘rib chiqish va vakolatli organlar va
tashkilotlar bilan kelishish tartibotlarini amalga oshirishga mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan
axborot tizimi;
bo‘sh turgan yer uchastkasi (keyingi o‘rinlarda — yer uchastkasi) — binolar va inshootlar
joylashmagan, hech qanday majburiyatlar yoki taqiqlar o‘rnatilmagan hamda jismoniy va yuridik
shaxslarga qonunchilikka muvofiq ajratib berilmagan, davlat mulki bo‘lgan, qishloq xo‘jaligiga
mo‘ljallanmagan yer uchastkasi;

Download 177.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling