Elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berish tartib-taomillari soddalashtirilishi munosabati bilan vazirlar mahkamasining qishloq


Download 177.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/19
Sana21.06.2023
Hajmi177.59 Kb.
#1637608
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19
Bog'liq
685-сон 30.11.2022

6-§. Yer uchastkasini berish
37. Davlat orderi yoki yer uchastkasining ijara shartnomasi asosida filial tuman (shahar)
qurilish bo‘limi bilan birgalikda uch ish kuni mobaynida yer uchastkasi chegaralarini joyida
(naturada) belgilaydi.
Yer uchastkasi chegaralarini kiritgan holda yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada)
belgilash dalolatnomasini tayyorlash ishlarini bajarish uchun bazaviy hisoblash miqdorining ikki
baravari miqdorida haq undiriladi va lotni sotishdan tushgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
38. Ajratilgan yer uchastkasida qurilishni boshlashga faqat yer uchastkasiga bo‘lgan huquq
davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin yo‘l qo‘yiladi.
3-bob. Auksiondan tushadigan mablag‘larni taqsimlash
39. Buyurtmachi operatordan yer uchastkalarini ijara va mulk huquqi asosida sotishdan
tushgan mablag‘larni bir ish kuni ichida quyidagilarga yo‘naltiradi:
a) 1 foizi — qurilish organlari xodimlarini moddiy rag‘batlantirish va moddiy-texnik bazasini
mustahkamlash uchun Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent
shahar qurilish bosh boshqarmalari hisobvarag‘iga;
b) ushbu Nizomning 30 va 35-bandlarida nazarda tutilgan miqdorda — tegishli Davlat
kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasiga, uning 10 foizi Kadastr agentligining budjetdan
tashqari jamg‘armasining maxsus g‘aznachilik hisobvarag‘iga (4014);
v) yer uchastkasi chegaralarini kiritgan holda yer uchastkasi chegaralarini joyida (naturada)
belgilash dalolatnomasini tayyorlash ishlarini bajarish uchun mazkur Nizomning 37-bandida
nazarda tutilgan mablag‘lar quyidagicha taqsimlanadi:
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi mablag‘ — tegishli ravishda
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Qurilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar qurilish bosh
boshqarmalari bank hisobvarag‘iga;
bazaviy hisoblash miqdorining bir baravari miqdoridagi mablag‘ — tegishli Kadastr agentligi
Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi hisobvarag‘iga;
g) 10 foizi — “YERELEKTRON” AATni texnik ko‘llab-quvvatlash va uni yuritish bilan bog‘liq shtat
birliklarini saqlash uchun Davlat kadastrlari palatasining bank hisobvarag‘iga (bunda mazkur
xarajatlar uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish hisobidan
yo‘naltirilgan mablag‘lar miqdori bir kalendar yilda bazaviy hisoblash miqdorining yuz ming
baravaridan oshmasligi lozim);
d) baholashdan o‘tkazish, shuningdek master-rejani ishlab chiqish bo‘yicha ko‘rsatgan
xizmatlari uchun mustaqil baholovchi va professional loyiha tashkiloti bilan tuzilgan shartnomaga
muvofiq ularning bank hisobvarag‘iga;
e) yer uchastkasi va unga tutash hududning yer osti kommunikatsiyalari aks ettirilgan
topografik xaritasini tayyorlaganligi uchun shartnoma asosida loyiha qidiruv tashkilotining bank
hisobvarag‘iga;
j) qolgan mablag‘larning:


50 foizi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi respublika budjeti, viloyatlarning viloyat budjetlari va
Toshkent shahrining shahar budjeti maxsus g‘azna hisobvaraqlariga ularning qo‘shimcha
manbalari sifatida yo‘naltiriladi va uning 30 foizi — yer uchastkalari davlat organlari, muassasalari va
korxonalari foydalanishida bo‘lgan va ularning tashabbusi bilan elektron onlayn-auksionga
qo‘yilgan taqdirda — ushbu davlat organlari va tashkilotlariga, qolgan hollarda — jismoniy va
yuridik shaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qilish bo‘yicha hududiy maqsadli
jamg‘armaga, 70 foizi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent
shahri hokimliklari huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi;
50 foizi — mazkur yer uchastkalari joylashgan tuman (shahar)lar budjetiga ularning
qo‘shimcha manbalari sifatida o‘tkaziladi.

Download 177.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling