Elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berish tartib-taomillari soddalashtirilishi munosabati bilan vazirlar mahkamasining qishloq
Download 177.59 Kb. Pdf ko'rish
|
685-сон 30.11.2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish
6-bob. Yakunlovchi qoidalar
48. Ushbu Nizom talablari buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradilar. Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn- auksion orqali realizatsiya qilish tartibi to‘g‘risidagi nizomga 1-ILOVA Tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyatini amalga oshirish uchun yer uchastkalarini mulk huquqi va ijara huquqi asosida elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish SXEMASI Bosqichlar Subyektlar Tadbirlar Muddatlar 1-bosqich Tuman (shahar) qurilish bo‘limi Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali 1. Hududlar va aholi punktlari, shaharsozlik hujjatlari, shu jumladan master-rejalari shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslarning “YERELEKTRON” AATning ochiq elektron portali orqali yuborilgan takliflarini ko‘rib chiqish natijalari asosida tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun berish mumkin bo‘lgan yer uchastkalari bo‘yicha yer tanlash materiallaridan iborat takliflarni tayyorlaydi. 2. Yer uchastkalari bo‘yicha yer tanlash materiallaridan iborat takliflarni tayyorlash natijasi bo‘yicha “YERELEKTRON” AAT orqali tuman (shahar) hokimligiga kiritib boradi. Doimiy ravishda Hududlar va aholi punktlarining shaharsozlik hujjatlari mavjud bo‘lmagan holatlarda filial bilan birgalikda ishlab chiqilgan yer uchastkalari bo‘yicha takliflar tegishli hududiy arxitektura va shaharsozlik kengash bilan kelishiladi. 2-bosqich Tuman (shahar) hokimligi Kadastr yig‘majildini rasmiylashtirish uchun buyurtmani shakllantiradi va uni elektron hujjat almashinuvi yo‘li bilan filialga yuboradi. 1 ish kuni 3-bosqich Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali Kadastr yig‘majildini tayyorlash uchun har bir yer uchastkasi bo‘yicha tanlash materiallarini shakllantiradi, yer uchastkasiga o‘ziga xos raqam beradi va ularni “YERELEKTRON” AATga joylashtiradi. 3 ish kuni 4-bosqich Hududlar va inshootlardan rejim asosida foydalanadigan hamda ularni ekspluatatsiya qiladigan tashkilotlar Elektron raqamli imzo bilan tasdiqlagan holda materiallarni kelishadi yoki kelishishni rad etadi. Kelishuv rad etilganda sohaga oid qonunchilik hujjatlari normalariga havolalar qilingan holda yer uchastkasini tadbirkorlik va shaharsozlik faoliyati uchun ajratish imkoni yo‘qligining asoslangan sabablari ko‘rsatiladi hamda mazkur yer uchastkalari aynan qaysi jihatdan ushbu normalarga muvofiq emasligi aks ettiriladi. 3 ish kuni Yong‘in xavfsizligi bo‘limlari, Toshkent shahrida — yong‘in xavfsizligi boshqarmasi Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmati hududiy organlari Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar avtomobil yo‘llari bosh boshqarmalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Turizm va madaniy meros vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar turizm va madaniy meros bosh boshqarmalari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ekologiya va atrof- muhitni muhofaza qilish qo‘mitasi, viloyatlar va Toshkent shahar ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmalari, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya- epidemiologik osoyishtalik agentligi va uning hududiy bo‘linmalari Yer uchastkasi bo‘yicha tegishli xulosa tuzadi, uni elektron shaklda “YERELEKTRON” AATga kiritadi va elektron raqamli imzo bilan tasdiqlaydi. Muhandislik- kommunikatsiya tarmoqlaridan foydalanuvchi tashkilotlar YERELEKTRON” AAT orqali har bir yer uchastkasi bo‘yicha qurilish obyektini tashqi muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlariga ulash mumkin bo‘lgan quvvatlar to‘g‘risida ma’lumotlarni ulardan foydalanuvchi tashkilotlarga taqdim etadi. 5-bosqich Davlat kadastrlari palatasining tuman (shahar) filiali Yer uchastkasi bo‘yicha tuman (shahar) qurilish bo‘limi va barcha vakolatli tashkilotlardan ijobiy xulosalar hamda topografik xarita “YERELEKTRON” AATga joylashtirilgandan so‘ng, kadastr yig‘majildini tayyorlaydi va tuman (shahar) hokimligiga yuboradi. 4 ish kuni 6-bosqich Tuman (shahar) hokimligi 1. “E-qaror” tizimida qaror loyihasini ishlab chiqadi, kelishadi va ro‘yxatdan o‘tkazadi hamda “Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazish integratsiyalashgan axborot tizimi” orqali mulk huquqi bilan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun tegishli Davlat kadastrlari palatasining Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalariga yuboradi. 2. Quyidagilarni belgilaydi va “YERELEKTRON” AATga kiritadi: auksionga chiqariladigan bo‘sh turgan yer uchastkasining huquq turini; yer uchastkasi bo‘yicha yoki undan foydalanishga nisbatan mavjud cheklovlarni; auksionga ijara huquqi bilan chiqariladigan yer uchastkasi bo‘yicha ijara muddati va tegishli hokim tomonidan ERI orqali imzolangan ijara shartnomasining loyihasini. 2 ish kuni 7-bosqich Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi 1. Buyurtmada ko‘rsatilgan yer uchastkasi ma’lumotlarining Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridagi ma’lumotlarga muvofiqligini tekshiradi. 2. Yer uchastkasiga nisbatan taqiqning yoki xatlovning mavjudligini tekshiradi. 3. Tegishli tuman (shahar) hokimligi nomiga yer uchastkasiga bo‘lgan huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazadi va ko‘chirmani “YERELEKTRON” AATga kiritadi. 2 ish kuni 8-bosqich Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi (Mulk Download 177.59 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling