Elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berish tartib-taomillari soddalashtirilishi munosabati bilan vazirlar mahkamasining qishloq


-§. Davlat orderini rasmiylashtirish va yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini ro‘yxatdan


Download 177.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet10/19
Sana21.06.2023
Hajmi177.59 Kb.
#1637608
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19
Bog'liq
685-сон 30.11.2022

5-§. Davlat orderini rasmiylashtirish va yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini ro‘yxatdan
o‘tkazish tartibi
32. Davlat aktivlarini boshqarish agentligining hududiy boshqarmasi auksion savdosi natijalari
to‘g‘risidagi bayonnomani olgan kundan boshlab bir ish kuni ichida ushbu Nizomga 2-ilovada
keltirilgan shaklda yer uchastkasiga mulk huquqini beruvchi davlat orderini (keyingi o‘rinlarda —
davlat orderi) rasmiylashtiradi, belgilangan shaklda uni ERI bilan tasdiqlaydi va auksion g‘olibining
shaxsiy kabinetiga hamda “YERELEKTRON” AAT orqali Davlat kadastrlari palatasining hududiy
boshqarmasiga yuboradi.
33. Davlat orderi g‘olib nomiga yer uchastkasini mulk huquq asosida ro‘yxatdan o‘tkazish
uchun asos hisoblanadi. Davlat orderi berish uchun davlat boji undirilmaydi.
34. Yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish Davlat kadastrlari
palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan davlat orderi tushgan kundan boshlab ikki ish
kunida amalga oshiriladi.
Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarning davlat reyestridan yer uchastkasiga mulk
huquqi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ko‘chirma operatorga “YERELEKTRON” AAT
orqali auksion g‘olibiga belgilangan tartibda taqdim etish uchun yuboriladi.
Bunda Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi tomonidan yer uchastkasi
joylashgan joydagi davlat soliq xizmati organlariga qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda
ma’lumot yuboriladi.
35. Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmasi yer uchastkasiga bo‘lgan mulk
huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha xarajatlari Vazirlar Mahkamasining “Davlat kadastri
sohasida davlat xizmatlari narxlarini belgilashda tabaqalashtirilgan yondashuv tartibini
takomillashtirish to‘g‘risida” 2014-yil 10-iyuldagi 186-son qarori talablariga muvofiq belgilanadi va
lotni sotishdan tushgan mablag‘lar hisobidan qoplanadi.
36. Operator yer uchastkasiga bo‘lgan mulk huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish to‘g‘risidagi
ko‘chirmani olgandan so‘ng uni avtomatik ravishda g‘olibning shaxsiy kabinetiga yuboradi.
Agar auksion g‘olibi qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda yer uchastkasi narxini
bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyatidan foydalanish istagini bildirsa, unga ko‘chirmani olgan kundan
boshlab buyurtmachi bilan yozma shaklda shartnoma imzolash uchun 5 ish kunlik muddat
beriladi.
Bunda, auksion g‘olibi tomonidan shartnoma imzolanmasa va/yoki shartnoma
imzolangandan so‘ng to‘lash rad etilsa (to‘lov o‘z vaqtida amalga oshirilmasa) auksion natijalari
to‘g‘risidagi bayonnoma, mulk huquqi uchun rasmiylashtirilgan davlat orderi o‘z kuchini yo‘qotgan
hisoblanadi hamda bu haqda buyurtmachi o‘zining “YERELEKTRON” AATdagi kabineti orqali Davlat
kadastrlar palatasini ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan


o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi ko‘chirmani bekor qilishi to‘g‘risida hamda operatorni yer uchastkasini
takroriy elektron onlayn-auksion savdolariga chiqarish bo‘yicha xabardor qiladi.
Operator xabarnoma kelib tushgan vaqtda avtomatik ravishda auksion g‘olibini savdo
natijalarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilishi mumkinligi to‘g‘risida auksion g‘olibini shaxsiy
kabineti orqali xabardor qiladi.
Auksion g‘olibi tomonidan xabarnoma kelib tushgan vaqtdan boshlab besh kalendar kuni
mobaynida ushbu kelishuv rad etilgan taqdirda, operator tomonidan buyurtmanoma
buyurtmachiga qaytariladi, kelishuv tasdiqlangan yoki munosabat bildirilmagan taqdirda, yer
uchastkasi takroriy elektron onlayn-auksion savdolariga chiqariladi.
Auksion g‘olibi shaxsiy kabinetiga yuborilgan xabarnoma bilan o‘z vaqtida tanishmaganligi
hamda buyurtmachi tomonidan xabarnomaga kiritilayotgan ma’lumotlar haqqoniyligi uchun
operator javobgar hisoblanmaydi.

Download 177.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling