Elektron onlayn-auksion orqali ijaraga berish tartib-taomillari soddalashtirilishi munosabati bilan vazirlar mahkamasining qishloq


VI. Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish


Download 177.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/19
Sana21.06.2023
Hajmi177.59 Kb.
#1637608
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19
Bog'liq
685-сон 30.11.2022

VI. Shartnomani o‘zgartirish va bekor qilish
6.1. Ijara shartnomasi shartlarining o‘zgartirilishiga, uning bekor qilinishiga va
to‘xtatilishiga tomonlarning kelishuvi bilan yo‘l qo‘yiladi. Tomonlarning biri
shartnoma shartlarini buzgan taqdirda ikkinchisining talabiga ko‘ra ijara
shartnomasi tegishli sudning qarori bilan bekor qilinishi mumkin.
6.2. Yer kodeksining 36-moddasida belgilangan tegishli asoslarga ko‘ra yer
uchastkasini ijaraga olish huquqi bekor qilinishi mumkin.
VII. Tomonlarning javobgarligi
7.1. Agar tomonlardan biri ushbu Shartnoma shartlarini bajarmagan yoki qonun
hujjatlarini muntazam ravishda buzgan taqdirda, ikkinchi tomon belgilangan
tartibda ushbu Shartnomani bekor qilishni talab qilishga haqli.
7.2. Bartaraf etilishi mumkin bo‘lgan har qanday shartnoma shartlarini buzish
holatlari shartnomaning bekor qilinishiga sabab bo‘la olmaydi.
7.3. Ushbu shartnomani bekor qilishga qaror qilgan tomon ikkinchi tomonni
sabablarni asoslagan holda, shartnoma muddatining taxminiy tugashidan bir oy
oldin yozma ravishda xabardor qiladi.
Shartnomaning amal qilishi to‘xtatilganidan keyin ijarachi yer uchastkasini ijaraga
beruvchiga “Ijara to‘g‘risida”gi Qonunning 5-moddasida belgilangan holatda va
tartibda qaytaradi.
VIII. Nizolarni hal qilish
8.1. Ushbu Shartnomani amalga oshirish jarayonida yuzaga keladigan nizolar
O‘zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq hal etiladi.
IX. Shartnomaning maxsus shartlari
9.1. Ushbu bo‘limda Shartnomada nazarda tutilmagan va qonun hujjatlariga zid
bo‘lmagan shartlar ko‘rsatiladi.
X. Fors major holatlari
10.1. Taraflar ixtiyoriga bog‘liq bo‘lmagan, ularni oldindan bilish yoki oldini olish
imkoniyati bo‘lmagan holatlar oqibatida shartnoma shartlarini bajarmaganlik yoki
lozim darajada bajarmaganlik uchun taraflarning birortasi ikkinchi taraf oldida
javobgar bo‘lmaydi. Vakolatli organ tomonidan berilgan maxsus hujjat yengib
bo‘lmas kuch mavjudligi va amal qilishining davomiyligini tasdiqlash uchun yetarli
hujjatdir.


jamg‘armaga, 70 foizi — Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent
shahri hokimliklari huzuridagi Tadbirkorlik infratuzilmasini rivojlantirish jamg‘armasiga yo‘naltiriladi;
50 foizi — mazkur yer uchastkalari joylashgan tuman (shahar)lar budjetiga ularning
qo‘shimcha manbalari sifatida o‘tkaziladi”;
1-ilovaning 
8-bosqichi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

8-
bosqich
Davlat aktivlarini
boshqarish
agentligining hududiy
boshqarmasi
1. Eng yaxshi takliflarni tanlash orqali
baholovchi tashkilotni aniqlash, ular bilan
shartnoma tuzish hamda yer uchastkasining
bozor qiymatini aniqlash ishlari tashkil etilishini
ta’minlaydi;
2. Baholash tashkiloti tomonidan tayyorlangan
hisobo� asosida “YERELEKTRON” AATga yer
uchastkasining boshlang‘ich qiymatini kiritadi.
7 ish kuni
”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 02.12.2022-y., 09/22/685/1060-son)
10.2. Ijaraga oluvchi ijaraga beruvchiga yengib bo‘lmas kuchning mavjudligi va
uning shartnoma shartlarini bajarishga ta’siri haqida xabarnoma berishi lozim.

Download 177.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling