Oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan
-bob. Komissiya faoliyatini tashkil etish
Download 85.87 Kb. Pdf ko'rish
|
122-сон 23.03.2023(1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-bob. Imtiyozli toifadagi shaxslarga bir martalik to‘lovni amalga oshirish tartibi
3-bob. Komissiya faoliyatini tashkil etish
14. Komissiya doimiy faoliyat yuritadi hamda uning a’zolari jamoatchilik asosida ishlaydi. 15. Komissiya o‘z vakolatlariga tegishli masalalarni Komissiya raisi boshchiligida zarur hollarda o‘tkaziladigan yig‘ilishlarda ko‘rib chiqadi. 16. Komissiya raisi: komissiyaning umumiy faoliyatiga rahbarlik qiladi, uning ish rejasi bajarilishi yuzasidan doimiy nazoratni amalga oshiradi; komissiyaning yig‘ilishlarini chaqiradi va ularda raislik qiladi; komissiya vakolatiga tegishli bo‘lgan masalalarni uning yig‘ilishlarida ko‘rib chiqish uchun kiritadi; komissiya qarorlarini tasdiqlaydi. 17. Komissiya kotibi: komissiya raisining topshiriqlariga asosan uning a’zolarini komissiya yig‘ilishining o‘tkaziladigan joyi, vaqti va sanasi to‘g‘risida xabardor qiladi; komissiya ish rejalarini tayyorlaydi; komissiya bayonnomalarini yuritadi va tasdiqlangan bayonnomalarni komissiya a’zolariga yuboradi; komissiya dalolatnomalari va xulosalarini manzillarga yetkazadi; komissiya ish yurituvini ta’minlaydi. 18. Komissiyaning barcha yig‘ilishlari bayonnoma bilan rasmiylashtiriladi va qaror shaklida qabul qilinadi. 19. Komissiya ishining tashkiliy shakli yig‘ilish hisoblanadi. Komissiya yig‘ilishlari uning a’zolarining ro‘yxatdagi tarkibining kamida uchdan ikki qismi qatnashgan taqdirda o‘tkaziladi. Komissiya yig‘ilishlari videokonferensaloqa shaklida ham o‘tkazilishi mumkin. 20. Komissiya hujjatlari tuman (shahar) kambag‘allikni qisqartirish va bandlik bo‘limlarida belgilangan muddatgacha saqlanadi. 4-bob. Imtiyozli toifadagi shaxslarga bir martalik to‘lovni amalga oshirish tartibi 21. Imtiyozli toifadagi shaxslarga bir martalik to‘lov ushbu Nizomning 3-bandida ko‘rsatilgan manbalar hisobidan amalga oshiriladi. 22. Komissiya tomonidan kiritilgan ro‘yxat asosida “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armasining Vasiylik kengashlari hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi hisobot oyining 30-sanasiga qadar tegishliligi bo‘yicha “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armalari hisobidan imtiyozli toifadagi shaxslarga bir martalik to‘lov uchun mablag‘lar ajratish to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qiladi. 23. Tuman (shahar) hokimligi “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armasining Vasiylik kengashi yoxud xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining qaroriga muvofiq besh ish kunida “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armasining Vasiylik kengashlari hamda xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashining tegishli qarorlari asosida imtiyozli toifadagi shaxslarning arizasida ko‘rsatilgan bank plastik hisobvarag‘iga mablag‘ o‘tkazilishini ta’minlaydi. 24. Komissiya ikki ish kunida bir martalik to‘lov o‘tkazib berilganligi haqida har bir imtiyozli toifadagi shaxsga yozma xabarnoma yuboradi. Download 85.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling