Oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Download 85.87 Kb. Pdf ko'rish
|
122-сон 23.03.2023(1)
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri A. ARIPOV
Toshkent sh., 2023-yil 23-mart, 122-son Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 23- martdagi 122-son qaroriga ILOVA Nogironligi bo‘lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibi to‘g‘risida NIZOM 1-bob. Umumiy qoidalar 1. Ushbu Nizom nogironligi bo‘lgan shaxsning va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilaning elektron onlayn-auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplab berish tartibini belgilaydi. 2. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: nogironligi bo‘lgan shaxs va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oila (keyingi o‘rinlarda — imtiyozli toifadagi shaxslar) — qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda tibbiy-ijtimoiy ekspert komissiyalari tomonidan ekspertiza natijalari bo‘yicha nogironligi bo‘lgan shaxs deb topilgan fuqarolar va tarkibida nogironligi bo‘lgan shaxs bor oilalar; yer uchastkasi — yer fondining qayd etilgan chegaraga, maydonga, joylashish manziliga, huquqiy rejimga hamda davlat yer kadastrida aks ettiriladigan boshqa xususiyatlariga ega bo‘lgan qismi; elektron onlayn-auksion (keyingi o‘rinlarda — auksion) — yer uchastkasini sotib olish bo‘yicha auksion tashkil etish va o‘tkazish uchun zarur axborotni kiritish, saqlash, qayta ishlash, shuningdek, istagi bo‘lgan imtiyozli toifadagi shaxsning bunday auksionga kirish (qatnashish) imkonini ta’minlaydigan axborot tizimi; yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarni qoplab berish (keyingi o‘rinlarda — bir martalik to‘lov) — imtiyozli toifadagi shaxslarning auksion orqali yer uchastkasini sotib olish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun tegishlicha “Saxovat va ko‘mak”, “Ayollar daftari” va “Yoshlar daftari” jamg‘armalari hisobidan ushbu jamg‘armalar faoliyatini muvofiqlashtiruvchi tashkilotlar tomonidan bir martalik to‘lovlarni amalga oshirish; Download 85.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling