Oilaning iiqtisodiy funksiyasi nimadan iborat?
Oilaning relakatsiya funksiyasi nima
Download 1.79 Mb.
|
малака иши
Oilaning relakatsiya funksiyasi nima?
Xozirgi zamon oilasining tobora axamiyati ortib borayotgan funksiyalardan biri uning felitsitologik funksiyasidir(italyancha “felitsite”-baxt degani). Shaxsiy farovonlikka erishishga intilish oilaviy munosabatlar tizimida ko‘p jixatdan xal qiluvchi omil bo‘lib bormoqda. Baxt nima o‘zi? Xozirgi zamon oilasi o‘z a’zolarining baxtini ta’minlash qanday rol o‘ynaydi? Baxtga intilish xar bir inson uchun tabiiydir va ayni shu baxtga intilish ularni oila quriga undaydi. Inson o‘ziga ato etilgan baxtning to‘rtdan uch qismini oiladan, choraktaga yetar-yetmas qismini boshqa narsalardan topadi. Oilada er-xotinning bir-birini to‘liq tushunish-ularning o‘zlarini baxtli xis qilishlarini ta’minlaydi. Shuningdek, o‘zidagi mavjud tibbiy-ijodiy imkoniyatlar (iqtidor)ni ro‘yobga chiqarish, jamiyat va oila doirasida sarflash xam insongao‘zini baxtli xis etish imkonini beradi. Keyingi vaqtlarda insonning imkoniyatlari ortgan sari uning baxtga intilish darajasi xam ortib bormoqda. Lekin ba’zan nopok yo‘llar bilan pul topish orqali baxtli bo‘lishga intilish yoki o‘zgalar xisobiga shaxsiy baxtga intilish kabi salbiy xolatlar xam uchrab turadi. Ba’zan esa oila a’zolarning (ayniqsa: er-xotinning)shaxsiy baxtga o‘z maylicha intilishi oilalarda noxush xolatlar (xiyonat kabi)ni xam keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun xar bir shaxs o‘zida ko‘proq vijdonlik, poklik, xalollik kabi ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalashga e’tibor berilish lozim. Ma’lumki, fan-texnika taraqiyotining xozirgi bosqichida, ishlab chiqarish munosabatlarining jadallashuvi, xalq xo‘jaligining turli jabxalarida yangi texnologiyalarining joriy etilishi va shu kabi qator omillar inson ruxiyatiga oldingilarga qaraganda ko‘proq jismoniy, ruxiy zo‘riqishlar bermoqda. Bugungi va ertangi kun sanoati, ishlab chiqarishi ishchi xodimdan bor imkoniyatni safarbar qilib, butun vujudi bilan ishlashni va o‘zining kasb-xunar maxoratini muntazam oshirib borishni taqazo bo‘lish. Ishlab chiqarish jarayonlari jadalligining bunday tarzda davom etishi shu jarayonlar ishtirokchisi, boshqaruvchisi insonni tezda toliqib, o‘zining mexnat qobiliyatini yo‘qotishga olib kelishi mumkin. Ish kuni davomida ko‘tarinkilik, kuchli zo‘riqish bilan ishlagan xodim ishdan so‘ng o‘z uo‘da, oila a’zolari qurshovida boshqa tashvishlarni unutib, unga ko‘rsatilgan mexr-oqibatdan baxramand bo‘lgan xolda, ular bilan bo‘ladigan o‘zaro muloqat, ular tomonidan bo‘ladigan emotsional qo‘llab-quvvatlash, beriladigan daldalardan ruxiy quvat olib, ertangikun mexnat faoliyatiga o‘zini qayta tiklab olishi lozim bo‘ladi. Buning uchun esa uning oilasida tinchlik-totuvlik, bir-birini tushunish, o‘zaro xurmat, mexr-oqibat, ijobiy psixologik iqlim xukm surmog‘i lozim. Aks xolda inson bu oilada emotsional jixatdan, ruxiy jixatdan o‘zining qayta tiklab ola olmaydi. Bu esa oqibatda odamning mexnat faoliyatida turli xatolarga, ishda sifatsizlik, jaroxatlarga yo‘l qo‘yishiga, turli kasalliklarga duchor bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Yuqoridagi funksiyalarning muvaffaqiyatli bajarilishi xar qanday oila baxtini ta’minlovchi mezon xisoblanadi. Shuni xam nazarda tutish kerakki, oila-jamiyatning bir bo‘lagi, uning asosiy yacheykasidir. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling