Oilaning iiqtisodiy funksiyasi nimadan iborat?
ABDURAUF FITRATNING “OILA” ASARI HAQIDA
Download 1.79 Mb.
|
малака иши
- Bu sahifa navigatsiya:
- OILA MASALASI
- Foydalanilgan a dabiyotlar
ABDURAUF FITRATNING “OILA” ASARI HAQIDA
XX asr boshlarida Turkiston zaminida kechgan milliy uyg‘onish davrining nafaqat adabiyoti, balki ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy hayotiga ham kuchli turtki bergan qomusiy ilm egasi, professor Abdurauf Fitratning «Oila» risolasi, mana qariyb yuz yildirki, o‘z ahamiyatini zarracha yo‘qotmay kelayotir. Buning sababi - asarda ilgari surilgan goya va mulohazalarning insoniy muhabbat, mehru vafo, oila, nikoh, farzand tarbiyasi, millat kelajagi singari boqiy qadriyatlarga bag‘ishlangani bilan izohlanadi. «Oila» asarida oilaviy xayotning islohotidan bahs yuritilib, adib najot yo‘llarini axtaradi. Fitratning oilaga nisbatan qarashlari zaminini Qur’onda shu masala bo‘yicha olg‘a surilgan fikr va g‘oyalar tashkil etadi. Shuning uchun xam bu kitob o‘z vaqtida taraqqiyparvar yoshlar tomonidan samimiy qarshi olingan. Oila asosini to‘g‘ri qurmasdan va yosh avlodni to‘laqonli to‘g‘ri yo‘lda tarbiyalamasdan turib, jamiyatni isloh qilish, uning rivojini tarqqiyot sari yo‘naltirish mumkin emas. Oxir oqibatda millat taqdiri uning oilasining xolatiga bog‘liq. Bu g‘oya Fitrat asarida o‘z ifodasini topgan: “Xar bir millatning saodati va izzati albatta shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog‘liq. Tinchlik va totuvlik ana shu millat oilalarining intizomiga tayanadi. Qayerda oila munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat xam shuncha kuchli va muazzam bo‘ladi.” Oila, Fitratninng talqinida, uch muhim komponentdan iborat: Bu g‘oya Fitrat asarida o‘z ifodasini topgan: “Xar bir millatning saodati va izzati albatta shu xalqning ichki intizomi va totuvligiga bog‘liq. Tinchlik va totuvlik ana shu millat oilalarining intizomiga tayanadi. Qayerda oila munosabati kuchli intizomga tayansa, mamlakat va millat xam shuncha kuchli va muazzam bo‘ladi.” Oila, Fitratninng talqinida, uch muhim komponentdan iborat: 1)Er. 2)Xotin. 3)Farzandlar. Anashu uch komponentning xar biri nozik, spetsefik jihatlarga ega. Chunki, er va xotin uchun oila qurish asosiy muammo bo‘lishi bilan birga, bu masala o‘zining muxim qirralariga xam ega. Fitrat oilaning xuquqiy asoslarini yoritib, berishdan avval, masalaning g‘oyat muhim tomonlarini xam yodda saqlaydi. Xayotning farzandlar shaklida davom etishi, Fitrat nazarida, faqat oila emas, balki millatning xam kuch-qudratini, sha’n-shavkatini bildiruvchi omildir. Anashu uch komponentning xar biri nozik, spetsefik jihatlarga ega. Chunki, er va xotin uchun oila qurish asosiy muammo bo‘lishi bilan birga, bu masala o‘zining muxim qirralariga xam ega. Fitrat oilaning xuquqiy asoslarini yoritib, berishdan avval, masalaning g‘oyat muhim tomonlarini xam yodda saqlaydi. Xayotning farzandlar shaklida davom etishi, Fitrat nazarida, faqat oila emas, balki millatning xam kuch-qudratini, sha’n-shavkatini bildiruvchi omildir. Ko‘ramizki, oila va farzand masalasi erkak yo ayolning xususiy masalasi emas. Farzand nafaqat ota-ona xayotining davomi balki ayni paytda millatning xam, iqtidori, obro‘ va e’tiborini belgilaydigan zanjir xalqasidir. Millat esa vatan, mamlakatning yuragi, demak, millat son jihatidan qanchalik ko‘p bo‘lsa u yashayotgan vatanining xam kuch-kudrati shu qadar ziyod bulishi tabiiy. Ko‘ramizki, oila va farzand masalasi erkak yo ayolning xususiy masalasi emas. Farzand nafaqat ota-ona xayotining davomi balki ayni paytda millatning xam, iqtidori, obro‘ va e’tiborini belgilaydigan zanjir xalqasidir. Millat esa vatan, mamlakatning yuragi, demak, millat son jihatidan qanchalik ko‘p bo‘lsa u yashayotgan vatanining xam kuch-kudrati shu qadar ziyod bulishi tabiiy. OILA MASALASI: 1) Millat. 2) Mamlakat. 3) Kishilik jamiyati, degan uchlikni ta’minlab turuvchi muxim bir xalqadir. Oilada ayollarga munosabat haqida to‘xtalib, Fitrat quyidagi rivoyatni keltiradi: “Oysha (r.a.) rivoyat qiladilar. Nabiy alayhissalom dedilar: “Eng komil mo‘minlar xushhulq va oilasi bilan lutf ila munosabat qiladiganlardir. O‘z xotinlariga mardikarim yaxshilik qiladi va mardilaim yomonlik”. Fitrat nazarida mamlakat taqdiri va istiqboli barkamol farzandlarni tarbiyalash bilangina belgilanmaydi. Mazkur asarda millatning ma’rifatparvarligi ayollarga bo‘lgan munosabatda ham yorqin namoyon bo‘lishi qayta-qayta ta’kidlangan. Oilada ayollarga munosabat haqida to‘xtalib, Fitrat quyidagi rivoyatni keltiradi: “Oysha (r.a.) rivoyat qiladilar. Nabiy alayhissalom dedilar: “Eng komil mo‘minlar xushhulq va oilasi bilan lutf ila munosabat qiladiganlardir. O‘z xotinlariga mardikarim yaxshilik qiladi va mardilaim yomonlik”. Fitrat nazarida mamlakat taqdiri va istiqboli barkamol farzandlarni tarbiyalash bilangina belgilanmaydi. Mazkur asarda millatning ma’rifatparvarligi ayollarga bo‘lgan munosabatda ham yorqin namoyon bo‘lishi qayta-qayta ta’kidlangan. E’tibor berib qaraydigan bo‘lsak, Fitaratning ushbu fikrlari xali ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Sababi, bugun ham jamiyatimizda bemani orzu-xavaslar deb, isrofgarchiliklarga ko‘p pul sarflayotgan kimsalar xali ham mavjud. Iqtisodiy savodsizlik ko‘plab ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarishini ham muallif alohida ta’kidlaydi. Masalan, hamma pul to‘yga sarflangandan keyin yosh oilalar ro‘zg‘or tebratishga qiynaladi. Qarz-xavola qilib o‘tkazilgan to‘yni qarzlari to‘lanadimi yoki ro‘zg‘or tebratiladimi. Bu kabi muammolar bugun ham yo‘q emas. E’tibor berib qaraydigan bo‘lsak, Fitaratning ushbu fikrlari xali ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan. Sababi, bugun ham jamiyatimizda bemani orzu-xavaslar deb, isrofgarchiliklarga ko‘p pul sarflayotgan kimsalar xali ham mavjud. Iqtisodiy savodsizlik ko‘plab ijtimoiy muammolarni keltirib chiqarishini ham muallif alohida ta’kidlaydi. Masalan, hamma pul to‘yga sarflangandan keyin yosh oilalar ro‘zg‘or tebratishga qiynaladi. Qarz-xavola qilib o‘tkazilgan to‘yni qarzlari to‘lanadimi yoki ro‘zg‘or tebratiladimi. Bu kabi muammolar bugun ham yo‘q emas. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. G’oziyev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob. 2. G’oziyev E.G. Muomala psixologiyasi. T-2001. 3. Vedenskaya L.V, Pavlova L.A. Delovaya retorika: uchebnoye posobiye dlya vuzov.- M.:IKS “MarT”, 2004-512 s. 4. Nemov R.S. Prakticheskaya Psixologiya Poznaniye sebya: Vliyaniye na lyudey:Posobiye dlya uchsya-M:Gumanit. Izd.Sentr VLADOS, 2003, - 320 s. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling