Oilaning iiqtisodiy funksiyasi nimadan iborat?
Oilaning bolalar soniga ko‘ra turlari
Download 1.79 Mb.
|
малака иши
Oilaning bolalar soniga ko‘ra turlari:
Farzandsiz oilalar; Bir bolali oilalar; Ikki bolali oilalar; 3-4 bolali oilalar; 5 va undan ortiq bolali oilalar; Er-xotin ma’lumoti saviyasiga ko‘ra oila turlari; Oliy ma’lumotlilar oilasi; O‘rta ma’lumotlilar oilasi; Tugallanmagan o‘rta ma’lumotlilar oilasi; Turli saviyadagi ma’lumotga ega bo‘lganlarning oilasi; Maxsus yordamchi maktab ma’lumotiga ega bo‘lgan oilalar; Bugungi kunda jamiyatimizda oila va oilaviy munosabatlar bilan bog‘liq ayrim muammolar ham mavjudki, ularni vaqtida oldini olish maqsadga muvofiqdir. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning qaydi etib o‘tganidek, Bir bolaning yo‘ldan adashishi – bu nafaqat bir oila, balki butun jamiyat boshiga tushgan kulfat. Bundan avvalo shu bolaning ota-onasi, aka-ukalari, yaqinlari jabr ko‘radi. Bunday paytda ularga yordam berish kerak. Biz esa, afsuski, ulardan o‘zimizni olib qochamiz. To‘yga chaqirmaymiz, marosimga chaqirmaymiz, u falonchining akasi yoki o‘g‘li, deb ularning nafratini battar avj oldiramiz, aybsiz odamlarni ashaddiy dushman qilamiz. Agar mahallangizda birorta bola zararli diniy oqimga kirib qolgan bo‘lsa, uni noto‘g‘ri yo‘ldan qaytarishga harakat qiling. Ayrim yoshlarning qisqa yoki uzoq vaqt chet elga, mehnat safariga borib kelib, o‘z e’tiqodini xato deb hisoblab, bizga butkul yot bo‘lgan oqimlar, g‘oya va tushunchalarni olib kelayotgani ham – bor gap. Ayni haqiqat bu. Bunday holatlar barchamizni tashvishga solishi shart. Yoki turmush qurgan yoshlar orasida hayotni engil-elpi tasavvur qilish, oila muqaddas ekanini tushunib etmaslik holatlari ham, afsuski, uchrab turibdi. Yosh oilalar orasida arzimas sabablar bilan ajralishlar ko‘payib bormoqda. Begunoh bolalar etim bo‘lib, mehr va e’tiborga eng tashna vaqtida ota-ona tarbiyasidan chetda qolmoqda. Yana bir noxush holatni bugun afsus bilan aytmoqchiman: oilalarda nosog‘lom munosabatlar, qaynona-kelin, er-xotin o‘rtasidagi janjallar, xotin-qizlarimiz orasida o‘z joniga qasd qilish holatlari borligi shaxsan meni qattiq iztirobga solmoqda. Nikoh va oila sotsiologiyasi o‘z mazmuniga ko‘ra juda keng qo‘llamga ega bo‘lib, hozirgi zamon oila-nikoh munosabatlarining barcha jihatlarini o‘z ichiga oladi. Yangi ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning tarkib topa borishi oila-nikoh munosabatlarida ham jiddiy o‘zgarishlarni, oilaviy munosabatlarda vujudga kelayotgan yangi muammolarni keltirib chiqarmoqda. Ayniqsa, ularning ichida oila-nikoh munosabatlarining xuquqiy-yuridik yo‘nalishi, ahloqiy-estetik, oila va islom dini, oila va aholi salomatligini himoya qilish muammosi, oila soni, tarkibi va tuzilishi, oilaning moddiy-iqtisodiy ta’minoti, turmush darajasi, oilada er-xotinning o‘rni va roli, oiladagi ruhiy muhit, oilaviy mojarolar va ajralishlar, ularni keltirib chiqaradigan sabablar, yosh oilalar va ularning ahvoli kabi yo‘nalishlar muhim sotsiologik tadqiqot ob’ekti bo‘lib kelmoqda. Oila-nikoh sotsiologiyasi turmush tarzi sotsiologiyasi bilan uzviy bog‘liq holda olib qarab o‘rganiladi. Zero, oila bilan bog‘liq bo‘lgan barcha masalalar kishilar turmush tarzi tarkibiga kiradi. Ammo, oila jamiyatning kichik yacheykasi sifatida maxsus sotsiologik tadqiqotga muxtoj. Shuning uchun ham oila-nikoh sotsiologiyasi maxsus sotsiologik nazariya sifatida hozirgi davr jamiyat ijtimoiy hayotini ilmiy jihatdan o‘rganishda muhim ahamiyatga egadir. Oila-nikoh munosabatlarining asosiy sotsiologik tushunchalariga quyidagilar kiradi: Oilaviy hayot sharoiti, oila tarkibi, oila funksiyasi, oila turmush tarzi, oilaviy mafkura va boshqalar. Bu tushunchalar oila-nikoh munosabatlarining eng muhim jihatlarini o‘zida ifodalaydi. Oila jamiyat ijtimoiy tarkibining muhim elementi sifatida o‘ziga xos ijtimoiy vazifalarni bajaradi. Oilaning ijtimoiy vazifasi (funksiyasi) deganda, oila va uning a’zolari hayot faoliyati, faollikni namoyon qilish usuliga bag‘ishlanadi. Ularga quyidagilar kiradi: biologik ko‘payish, tarbiyaviy, xo‘jalik-iqtisodiy, o‘zaro yordam, kommunikativ, regulyativ kabilar. Ayniqsa, oilada bola tarbiyasi, keksalarga yordam, mehnatga layoqatini yo‘qotganlarga g‘amxo‘rlik qilish, oilaviy an’analarni saqlash va ma’naviy munosabatlarni tartibga solish kabi muhim ahamiyatga ega ijtimoiy munosabatlar mujassamlashgandir. Oilada “voyaga yetgan, mehnatga layoqatli farzandlar o‘z ota-onalariga g‘amxo‘rlik qilishga majburdir”. Shunday qilib, “oila turmush va vijdon qonunlari asosida quriladi, o‘zining ko‘p asrlik mustaxkam va ma’naviy tayanchlariga ega bo‘ladi, oilada demokratik negizlarga asos solinadi, odamlarning talab-ehtiyojlari va qadriyatlari shakllanadi”. Hozirda, turli mamlakatlarda, jumladan O‘zbekiston respublikasida ham oilaning moddiy ne’matlar ishlab chiqarish funksiyasining salmog‘i yanada ortmoqda. Bozor munosabatlarnining tarkib topishi natijasida bu funksiyaning bajarilishi, oilaning boshqa funksiyalarini faol amal qilishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Masalan: oilaviy kichik korxonalar, ustaxonalar, kooperativlar, oilaviy fermer xo‘jaliklari, ijara pudratlari kabi ishlab chiqarish funksiyasining amal qilishi bilan jamiyat taraqqiyotida nafaqat iqtisodiy jihatdan ahamiyatliroqdir, ko‘p jihatdan aholini ijtimoiy foydali mehnat bilan band qilish, xo‘jalik uchun zarur mollar bilan ta’minlash (xo‘jalik - iqtisodiy funksiyasi) bolalarda yoshlikdan mehnat ko‘nikmalarini shakllantirish (tarbiyaviy funksiyasi), ijtimoiy-psixologik (o‘zaro yordam funksiyasi), oila budjetini ta’minlaydi. Er-xotin va farzandlar o‘rtasidagi ruhiy uyg‘unlikni (kommunikativ funksiyasi) mehr-oqibat munosabatlarini yanada oshiradi. Oila asosini nikoh munosabatlari tashkil qiladi. Nikoh – bu tarixan vujudga kelgan er va xotin o‘rtasidagi munosabatlarning ijtimoiy-ahloqiy shaklidir. Nikoh orqali jamiyat er-xotinning o‘zaro jinsiy hayotini tartibga soladi va ularning oiladagi huquq-burchlarini qonunlashtiradi. Shu bilan birga, oila nikohga nisbatan yanada murakkabroq bo‘lib, nafaqat er-xotinni, balki ularning farzandlarini va shu oila tarkibiga kiruvchi qarindoshlarni ham o‘z ichiga oladi. Oila ijtimoiy institut sifatida muayyan darajalarga ega bo‘ladi. Dastlab, er-xotinning nikohdan o‘tishi oqibatida oila vujudga keladi. Birinchi farzandning dunyoga kelishi esa - bolali oilani yuzaga keltiradi. Bu holat oilani yanada mustaxkamlaydi. Hattoki, bir-birlarini sevib qurilgan oila ham, agarda farzandli bo‘lmasa, mustaxkam bo‘la olmaydi, bundan ko‘rinib turibdiki, oilaning avlod qoldirishlik funksiyasi jamiyat hayotida ham, oila mustaxkamligini saqlashda ham muhim rol o‘ynaydi. Oilaning yana bir darajasi - ko‘p bolali oilalar soni hozirga kelib, ma’lum ijtimoiy-iqtisodiy omillar ta’siri bilan borgan sari kamayib ketmoqda. Oila tipining muhim belgilari quyidagilar hisoblanadi: oila a’zolarining yoshi, oiladagi bola soni, murakkab oilalar, bunday oilalar bizning sharoitimizda ko‘plab uchraydi. Bunady oila tarkibi bir necha - ikki yoki undan ortiq nikohli juftdan iborat bo‘ladi. Respublikada oilaning o‘rtacha soni 5,5 kishidan iborat, bir qancha viloyatlarda esa 6 kishidan iborat, bu ko‘rsatkich MDXning Yevropa qismidagi mamlakatlarida 3,2 kishini tashkil etadi. Davlatning vujudga kelishi bilan oilaviy hayotni boshqarish huquqiy xarakterga ega bo‘lgan. Nikohni yuridik jihatdan rasmiylashtirish nafaqat er-xotin oldiga, balki davlat oldiga ham muayyan javobgarlik (burch, vazifa, ma’suliyat) qo‘yadi. Shundan boshlab oilaviy munosabatlar muammolarini nazorat qilish, huquqiy jihatdan boshqarish davlat zimmasiga yuklatildi. Nikoh munsabatlarini, yolg‘iz yashovchilarni, oilaviy buzilish sabablarini o‘rganish jamiyat ijtimoiy tarkibini ijobiy rivojlanishida katta ahamiyat kasb etadi. Oddiy bir misol: diniy munosabatlar asosida, avval nikoh muqaddas hisoblanar edi. Sobiq totalitar tuzum asorati sifatida biz bu masalaning ancha keyingi o‘rinlardan biriga surilib qolganligini guvoxi bo‘lib turibmiz. Download 1.79 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling