Oilaning nazariy va huquqiy asoslari tarixi
3. Ota-ona va farzandlar institutini takomillashtirish masalalari
Download 408.03 Kb. Pdf ko'rish
|
Oilaning nazariy va huquqiy asoslari
20 3. Ota-ona va farzandlar institutini takomillashtirish masalalari. 1992 yil 9 dekabrda O’zbekiston Respublikasi qo’shilgan ilk xalqaro huquqiy hujjatlardan biri ham – Bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiya bo’ldi. O’zbekiston Respublikasi muntazam ravishda Konvensiya talablari ijrosi bo’yicha Milliy ma’rO’zalarini tegishli tartibda BMTning Bola huquqlari qo’mitasiga taqdim etib kelayotir. O’z navbatida BMTning Bola huquqlari qo’mitasi tavsiyalari asosida Milliy faoliyat dasturi ishlab chiqilib amaliyotga joriy qilinmoqda. Mazkur xalqaro hujjat normalari milliy qonunchiligimizga to’la implementasiya qilingan. Bola huquqlari to’g’risidagi Konvensiya normalari O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi, Fuqarolik, Oila, Mehnat, Jinoyat, Jinoyat prosessual kodekslarida, “O’zbekiston Respublikasida Davlat yoshlar siyosatining asoslari to’g’risida”gi, “Ta’lim to’g’risida”gi, “Fuqarolik to’g’risida”gi, “Fuqarolarning sog’lig’ini saqlash to’g’risida”gi, “Nogironlarni ijtimoiy himoya qilish to’g’risida”gi qonunlarda, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ko’plab farmon va qarorlari, “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi”, respublika Hukumatining bola huquqlarini kafolatlovchi qarorlarida o’z aksini topgan 1 . Bu hujjatlarda O’zbekistonda bosh islohotchi bo’lgan davlatning yoshlar masalasiga doir strategik maqsadlarini izchil va tizimli ravishda bosqichma-bosqich amalga oshirishi hamda mazkur sohada hal qilinishi zarur bo’lgan dolzarb vazifalarining huquqiy asoslari, maqbul yechimlari o’z aksini topganligini alohida e’tirof etish joiz. Qonun hujjatlari ijrosi samarasi o’laroq O’zbekistonda bolalar huquqini himoya qilish borasida o’ziga xos institusial tizim yaratildi. Respublika Bosh prokurori rahbarligida va joylarda voyaga yetmaganlar bilan ishlash komissiyalari tuzildi. Ichki ishlar vazirligi qoshida voyaga yetmaganlarni ijtimoiy himoya qilish Markazi tashkil etildi. “O’zbekiston bolalar mahallalari uyushmasi”, Bolalar jamg’armasi, “Sen yolg’iz emassan”, “Sog’lom avlod uchun” jamg’armalari, “Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi” kabi jamoat tuzilmalari, Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati ham shular jumlasidandir 2 . Mamlakatimizda bola huquqlarini kafolatlashga qaratilgan amaliy ishlarning samarasi o’laroq 2008 yil 7 yanvar kuni “Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi qonunning Prezidentimiz tomonidan imzolandi. Qonunda bola huquqlarini himoya qilish bo’yicha davlat siyosatining asosiy yo’nalishlariga jiddiy ahamiyat berilgan. Bolaning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash, hayoti va sog’lig’ini himoya qilish masalasi dalat siyosatining ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilgan. 1 “Huquqshunoslik, O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini o’rganish” fanidan o’quv uslubiy qo’llanma., Andijon.: 2013. 87-bet 2 O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. „Barkamol avlod yili" davlat dasturi to’g’risida. 2013. 21 Shuningdek, bolaning sha’ni va qadr qimmatini himoya qilish, huquqlari va imkoniyatlari tengligini ta’minlash, bola huquqlari kafolotlarining huquqiy asoslarini takomillashtirib borish masalalariga doir huquqiy normalar alohida moddalarda o’z aksini topgan. Bolalarning hayoti, ta’lim – tarbiyasi, ma’naviy va axloqiy kamoloti, ularning barkamol o’sib ulg’ayishiga daxldor barcha masalalar davlatimizning muhim vazifalaridan biri sifatida o’ziga xos huquqiy maqom kasb etgan. Bolalarning ramziy konstitusiyasi, deb atash mumkin bo’lgan bu qonunda bola huquqlari kafolatlariga doir normalar uning tamal toshi hisoblanishini alohida e’tirof etish joiz. Shunisi diqqatga sazovorki qonunda bolaning individuallikka va uni saqlab qolishga bo’lgan huquqi, erkinligi va shaxsiy daxlsizligi huquqi, himoyaga va oilaviy muhitga bo’lgan huquqi, g’ayriqonuniy ko’chirilishdan himoyalanish huquqi, o’z fikrini ifoda etish, axborot olish, so’z, vijdon va e’tiqod erkinligi huquqlari kafolatlari, shuningdek xususiy mulkka, turar joyga bo’lgan huquqi, sog’lig’ini saqlashga, bilim olishga, xullas bolalar turmushi va hayot tarzining barcha sohasiga daxldor bo’lgan huquqlari to’liq kafolatlangan 1 . Bu normalarni mamlakatimizda qonun bilan kafolatlangan bola huquqlarining yanada mustahkamlanayotganligidan dalolat desa bo’ladi. Shu o’rinda, alohida e’tirof etish joizki, mazkur qonun orqali bola huquqlari kafolatlarining izchil ta’minlanishi O’zbekistonda amalga oshirilayotgan bola huquqlari doirasidagi amaliy ishlar samarasini yuksak darajaga ko’tarishga va bu sohadagi munosabatlarni kafolatli asosda tartibga solishga xizmat qiladi. Ayniqsa, qonunda ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar huquqlarining qo’shimcha kafolatlari alohida bobda mustahkamlanganligi O’zbekistonda kuchli, aytish mumkinki o’ziga xos ijtimoiy himoya yuritilayotganligining, bunda ayniqsa e’tiborga muhtoj aholi qatlamlari himoyasiga ustuvor ahamiyat berilayotganligining qonun ijodkorligi sohasidagi yana bir karra isboti bo’ldi. Bu bobda ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning oilaviy muhitga bo’lgan huquqlari kafolatlanganligi ayniqsa diqqatga sazovordir. Ahamiyatli jihati shundaki, qonunda bolani oilaga joylashtirishning imkoniyati bo’lmagan taqdirda, uni ixtisoslashtirilgan muassasalarga joylashtirish so’nggi chora ekanligi ko’rsatib o’tilgan. Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarning jamiyatga uyg’unlashishi huquqi, turar joyga, ijtimoiy yordam olishga bo’lgan huquqi, nogiron bolalar, jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo’lgan bolalarning tibbiy-ijtimoiy yordam va bilim olishga bo’lgan huquqlari kafolatlari ham bu hujjatda o’z aksini topgan. Qonunda tibbiy- psixologik –pedagogik komissiyaning tavsiyasi bo’lgan taqdirda, jismoniy va (yoki) ruhiy rivojlanishida nuqsonlari bo’lgan bolalar va nogiron bolalarning ota - onalari o’z xohish istagiga ko’ra hamda bolaning qiziqishlaridan kelib chiqib ta’lim (umumta’lim yoki ixtisoslashtirilgan) muassasasini tanlashi huquqi kafolatlanganligi bugungi kunda xalqaro tajribada 1 N.M Akayeva – Oila huquqi. Kasb-Hunar kollejlari uchun darslik. Toshkent.: 2016. 89-bet 22 keng qo’llanilayotgan inklyziv ta’limga oid normalarning O’zbekiston milliy qonunchiligidagi amaliy ifodasidan dalolatdir. Bu sohada mamlakatimizda e’tiborga molik ishlar qilinayotganligini, “Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi Qonun esa erishgan yutuqlarimizning amaliy ahamiyatini yanada oshirishga xizmat qilishini alohida e’tirof etish joiz. Ta’kidlash joizki, “Bola huquqlarining kafolatlari to’g’risida”gi Qonun O’zbekistonda nafaqat bola huquqlarining kafolatlari sohasidagi munosabatlar tartibga solinayotganligining shu bilan birga xalqaro huquq normalarining O’zbekiston milliy qonunchiligiga implementasiya qilinayotganligining ham isboti hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi oila qonunchiligida voyaga yetmagan bolalarning Quyidagi shaxsiy nomulkiy huquqlari ko’rsatilgan: 1. Bolaning oilada yashash va tarbiyalanish huquqi; 2. Ota-onasi va boshka qarindoshlari bilan ko’rishish huquqi; 3. Ximoyalanish huquqi; 4. Ism, ota ismi va familiya olish huquqi; 5. Ismi va familiyasini o’zgartirish huquqi. Har bir bola oilada yashash va tarbiyalanish, o’z ota-onasini bilish, ularning gamxo’rligidan foydalanish, ular bilan birga yashash huquqiga ega, bola manfaatlariga zid bo’lgan xolatlar bundan mustasnodir. Bola o’z ota-onasi tomonidan tarbiyalanishi, o’z manfaatlari ta’minlanishi, Har taraflama kamol topishi insoniy qadr-qimmatlari xurmat qilinishi huquqiga ega. Bola ism, ota ismi va familiyasini olish huquqiga ega. Bu huquq bolaga uning tugilishi bilan beriladi. Ota-onaga bolaga ism tanglashda erkinlik berilgan bo’lib, ular o’zlari xoxlagan ismni berishlari mumkin. Er-xotindan birining arizasiga binoan bolaning ismi ro’yxatdan o’tkazishda ikkinchisining roziligi bo’lganligi faraz kilinadi. Bolaning ismga, ota ismiga va familiyasiga bo’lgan huquqi qonun bilan kafolatlanadi. O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi tomonidan 1995 yil 21 dekabrda qabul qilingan “Davlat tili haqida”gi qonunining 15-moddasiga binoan milliy tarixiy an’analarga amal qilgan xolda familiya o’rniga, ya’ni familiya sifatida bola otasining ismi yozilishi mumkin. Masalan Aburaxmon Abduhamid o’gli yoki Moxinur Abduhamid qizi. Ismga ularning tugilgan joyi ko’shilib yozilishi mumkin. Masalan, al Toshkendiy, Samarqandiy, Sayramiy va x.z. Er-xotinning roziligi bo’yicha, milliy-tarixiy ana’analarga ko’ra, ota yoki ona tomonidan boboning ismi bo’yicha ham familiya berilishi mumkin. Oila kodeksining 71-moddasi ota-onaning o'z bolalariga nisbatan teng huquq va majburiyatlarga ega ekanligini belgilaydi (ota-onalik huquqlari). Ota-onalik huquqlari bolalarning kelib chiqishlariga asoslanib, tegishli qonun bilan belgilangan tartibda bola tug'ilganligi FHDYO organida yozilishiga asoslanadi. Agar ota-onalar bolalari bilan birga yashasalar u holda qoida asosida ota-onalik huquqlarini amalga oshirish masalalari er-xotinning ikkalasi bilan hal qilinadi (masalan, bolani o'qish joyini tanlash va boshqalar). Har bir ota-ona bevosita bolalariga ism berish, 23 tarbiyalash, unga ta'lim-tarbiya berish, shuningdek, ularning shaxsiy hamda mulkiy huquqlarini himoya qilishda teng huquq va majburiyatlarga egadirlar. Oila kodeksi birinchi marotaba ota-onalik huquqlarini voyaga yetmagan ota- onalarga berilishini belgilaydi. Unda boshqa yangiliklar to'g'risida so'z yuritilib, ota- onalarning huquqiy maqomini yuqori ko'tarib ularning o'z bolalariga nisbatan huquq va majburiyatlarini aniqladi. Voyaga yetmagan ota-ona o'z bolasi bilan birga yashash va uning tarbiyasida ishtirok etish huquqiga ega. Oila kodeksining 73- moddasi ota-onalarni o'z bolalarini tarbiyalash huquqlarini belgilaydi. Shu bilan birga ushbu moddada o'z bolalarini tarbiyalash majburiyati ham aniqlangan. Shunday qilib, ota-onalik huquqlari biryo'la bolalarni tarbiyalash majburiyati ham bo'lib hisoblanadi. Bu haqda Konstitutsiyaning 64-moddasida shunday deyiladi: ota- onalar o'z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar. Oila kodeksining 74-moddasi ota-onalarga bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilishni ularni zimmasiga yuklaydi. Ota-onalar o'z bolalarining qonuniy vakillaridir. Ularning har biri shundan foydalanadi 1 . Ota-ona o'z bolalarining vakillari bo'lganligi uchun har qanday jismoniy va yuridik shaxslar bilan bo'lgan munosabatlarda, shu jumladan sudda alohida vakolatsiz ularning huquq va manfaatlarini himoya qiladilar. Buning uchun bolaning tug'ilganligi to'g'risidagi guvohnoma yoki pasportini ko'rsatishi yetarli, chunki bundan bolaning huquqiy otasi yoki onasi ekanligi bilinib turadi. O'z bolalariga nisbatan (Oila kodeksining 75-78-moddalariga qa-rang) ota- onalarga keng huquqlarni berib, umumiy qoida bo'yicha davlat ularni amalga oshirish jarayoniga aralashmaydi. Biroq bunda davlat o'z shartlarini qo'yadi. Asosiy e'tibor ota-onalik huquqi bolalar manfaatlariga zid tarzda amalga oshirilishi mumkin emas (Oila kodeksi 75-moddasining 1-bandi). Amaldagi qonunchilikka asosan ota- onalik huquqini amalga oshirishda ota-ona bolalarning jismoniy va ruhiy sog'lig'iga, axloqiy kamolotiga zarar etkazmasliklari lozim. Bolalarni tarbiyalash usullarini mensimaslik, shafqatsizlik, qo'pollik, insoniy qadr-qimmatini kamsituvchi harakatlardan, bolalarni haqoratlash yoki ularga tazyiq o'tkazishdan xoli bo'lishlarini ta'kidlaydi. Agar ota-onalar o'zlarining ota-onalik huquqlarini bolalarning huquq va manfaatlariga qarshi qaratib amalga oshirsalar buning uchun ularning javobgarligi qonun tomonidan belgilangan tartibda vujudga keladi. Javobgarlik fuqarolik-huquqiy, jinoiy, ma'muriy bo'lishi mumkin. Bunda aniq ota-onaning o'z bolasiga nisbatan qanday huquqni buzganligiga, ya'ni jinoiy nojo'ya ish va boshqa turdagi huquq buzilishiga bog'liq bo'ladi. Ota yoki ona tomonidan voyaga yetmagan bolani tilanchilikka, spirtli ichimliklar iste'mol qilishga, giyohvandlik yoki psixotrop hisoblanmagan, lekin kishining aql-idrokiga ta'sir qiladigan vosita va moddalarni iste'mol etishga jalb qilish, shunday harakatlar 1 O’zbekiston Respublikasining Oila kodeksi. Toshkent. Adolat. 2020 24 uchun ma'muriy jazo qo'llanilganidan sodir etilgan bo'lsa, jinoiy oqibatni keltirib chiqaradi (Jinoyat kodeksi, 127-moddasining 1- bandi). Ota-onalarning javobgarligi oila qonunchiligi normalari asosida ham vujudga kelishi mumkin. Ma'lum shartlarning mavjud bo'lishi ota-onani ota-onalik huquqidan mahrum etish uchun asos bo'lishi mumkin (Oila kodeksining 79- moddasiga qarang). Oila kodeksining 76-moddasida boladan alohida yashayotgan ota (ona)ning ota-onalik huquqini amalga oshirish asosiy tamoyillari mustahkamlangan. Boladan alohida yashayotgan ota (ona) bola bilan ko'rishish, uning tarbiyasida ishtirok etish va ta'lim olish masalasini hal etishda qatnashish huquqiga ega. Bunda bola bilan yashayotgan ota (ona) bolaning ona (ota)si bilan ko'rishishga, agar bunday ko'rishish bolaning jismoniy va ruhiy holatiga, axloqiy kamolotiga zarar keltirmasa, qarshilik qilmasligi kerak. Ota (ona) tomonidan ko'rishishni baholash mezoni albatta har xil bo'lishi mumkin. Biroq har qanday holatda ham bolaning huquq va manfaatlari ishonchli himoya qilinishi lozim. Alohida yashayotgan bolaning ko'rishishi bolaga jiddiy ta'sir etib, shundan so'ng asabiy, jizzaki, qo'pol bo'lish hollari ham kam emas. Shu asosda ruhiy kasal lik rivojlanish hollari bo'lishi mumkin. Oila kodeksining 79-moddasiga binoan, ota- ona o'zlarining ota-onalik majburiyatlarini bajarmasalar u holda ular ota-onalik huquqidan mahrum etiladilar. Ota-onalik huquqidan mahrum etish so'nggi chora bo'lib hisoblanadi. Ota-onalik huquqidan mahrum qilish ularga ta'sir qiladigan hamma chora-tadbirlar tegishli natija bermaganidan so'ng qo'llaniladi. Oila kodeksining 79-moddasida sanab o'tilgan ota-onalik huquqidan mahrum qilish asoslari qonunchilikda yanada kengaydi. Ota-ona (ulardan biri) quyidagi hollarda: ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan, aliment to'lashdan bo'yin tovlasa, O’zrsiz sabablarga ko'ra o'z bolasini tug'ruqxona yoki boshqa davolash muassasasi va shunga o'xshash boshqa muassasalardan olishdan bosh tortsa, ota-onalik huquqini suiiste'mol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo'lsa, jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy ta'sir ko'rsatsa, muttasil ichkilikbozlik yoki giyohvandlikka mubtalo bo'lgan bo'lsa, o'z bolalarining hayoti va sog'lig'iga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sog'lig'iga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan bo'lsa, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkin. Amaldagi Oila kodeksining 80-moddasi ota-onalik huquqidan mahrum qilish tartibini belgilaydi. Ota-onalik huquqidan mahrum qilish sud tartibida amalga oshiriladi. Ilgari amalda bo'lgan O'zbekiston SSRning Nikoh va oila kodeksida (1969-yil 1-oktabr) bolalarning mulkiy huquqlari to'g'risida tegishli normalar yo'q edi. Bolalarning mulkka bo'lgan huquqlarini himoya qilishda ayrim murakkab qiyinchiliklar vujudga kelardi. Faqat yangi Oila kodeksini qabul qilinishi bilan bu muammo oila qonunchiligida o'zining ijobiy yechimini topdi. Ota-ona hamda bolalarning mulkiy huquq va majburiyatlari amaldagi Oila kodeksining 13-bobi, 90- 95-moddalari bilan tartibga solinadi. Bu qoidalar oila qonunchiligida yangilik bo'lib 25 hisoblanadi. Oila kodeksining 90-moddasiga binoan ota-ona hayotligida bolalar ularning mol-mulkiga nisbatan mulkdor bo'lish huquqiga ega emas. Ota-ona ham voyaga yetmagan bolalarining mol-mulkiga nisbatan mulkdor bo'lish huquqiga ega emas. Ota-ona va bolalarning ular o'rtasidagi umumiy mol-mulkka bo'lgan mulk huquqi O'zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi 18-bobi 216-227- moddalari bilan tartibga solinadi. Oila kodeksining 91-moddasiga binoan, ota-ona va bolalarning alohida-alohida mulki bo'lishi mumkin va birga yashab turganda ular bir-birlarining roziligi bilan bunday mulkka egalik qilishlari va undan foydalanishlari mumkin. Bolalar mulkdorlik huquqiga ega. Bu holat bolaga bo'lgan e'tibor uning huquqining mustaqil subyekti ekanligini anglatadi. Voyaga yetmagan bolalarning mulkka bo'lgan huquqlari yig'ma Harakterga ega bo'lgan huquqlar bo'lib, ularning har biriga Oila kodeksida alohida e'tibor beriladi. Bularning ichida birinchi navbatda har bir voyaga yetmagan bolalar o'z ota-onasidan va boshqa shaxslardan qonunda nazarda tutilgan miqdorda va tartibda ta'minot olish huquqiga ega ekanligi yotadi. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi 64-moddasiga binoan, ota-onalar o'z farzandlarini voyaga yetgunlariga qadar boqish va tarbiyalashga majburdirlar.2 Amaldagi Oila kodeksining 92-moddasiga binoan, ota-ona va o'n to'rt yoshga to'lgan voyaga yetmagan bolalar o'rtasida qonunda belgilangan tartibda umumiy mulk huquqi vujudga kelishi mumkin. Ota-ona va voyaga yetmagan bolalar umumiy mol- mulkni vujudga keltirish to'g'risida kelishuv tuzishlari mumkin. Ota-ona va voyaga yetmagan bolalarning umumiy mol-mulkka egalik qilish, undan foydalanish va uni tasarruf etish huquqi fuqarolik qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Oilada ota-ona va bolalarning birga yashaganligi turmush tarzi tufayli ular o'rtasida umumiy mulk bo'lishi mumkin. Umumiy mulk huquqi faqat o'n to'rt yoshga to'lgan voyaga yetmagan bolalar bilan ota-onalari o'rtasida tuzilgan bitim yoki kelishuv asosida vujudga keladi. Umumiy mulk bo'yicha bolalar va ota-onalar o'rtasida vujudga kelishi mumkin bo'lgan munosabatlar Fuqarolik kodeksining 216- 227-moddalarida nazarda tutilgan qoidalar asosida tartibga solinadi. Olti yoshdan o'n to'rt yoshgacha bo'lgan kichik yoshdagi bolalar quyidagilarni mustaqil ravishda amalga oshirishga haqlidirlar: 1) may da maishiy bitimlar; 2) tekin manfaat ko'rishga qaratilgan, notarial tasdiqlashni yoki davlat ro'yxatidan o'tkazishni talab qilmaydigan bitimlar; Fuqarolik qonunchiligi bolalarga o'z mulkidan mustaqil ravishda tasarruf etish huquqini beradi. Bolalarning bu imkoniyatlari ularning yoshiga ham Fuqarolik kodeksining tegishli moddalari bilan belgilanadi. Hozirgi vaqtda ayrim voyaga yetmagan bolalar muruvvat uylarida istiqomat vaqtlarida ularning nomlariga jamg'arma banklariga pul mablag'lari qo'yish an'anaga aylanib bormoqda. Ularning bu mablag'larini muhofaza qilish, ularni boshqarish va tasarruf etish masalalari vasiylik va homiylik organlari tomonidan hal qilinishi lozim. Voyaga yetmagan bolalar nomiga ota-onalari va boshqa shaxslar tomonidan qo'yilgan mablagiarni boshqarish va tasarruf etish Fuqarolik kodeksi qoidalari 26 asosida amalga oshiriladi. Oila nikohdan boshlanadi. Nikoh rasmiy, qonunlar asosida o’tkazilgandagina haqiqiy hisoblanadi. O’zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 13- moddasida nikoh fuqarolik xolati dalolatnomalarini qayd etish organlarida tuzilishi lozimligi ko’rsatilgan.1 Nikohdan o’tivchilar FXDYOga ariza berganlaridan keyin bir oy o’tgach, shaxsan ularning ishtirokida amalga oshiriladi. O’zrli sabablarga ko’ra FXDYO bir oy sinov muddati o’tgunga qadar nikoh tuzishga ruxsat berishi mumkin. Balogatga yetmaganlarning nikohga kirishining oldini olish, ularning sogligini ximoya qilish maqsadida hamda oilani kurish uchun ma’lum xayotiy tajriba, jismoniy va ma’naviy yetuklik talab kilinishini e’tiborga olgan xolda, qonun nikoh yoshini erkaqlar uchun o’n sakkiz yosh, ayollar uchun o’n yetti yosh etib belgilangan. Uzrli sabablar bulgan, aloxida xollarda nikoh yoshi erkak va ayollarga bir yoshga kamaytilishi mumkin. Bu sabablarga, masalan: nikohga kiruvchi ayol xomilador bo’lib qolishi, bir taraf ogir kasal bo’lgan yoki Harakatdagi armiyaga ketayotgani va boshqa shunga o’xshash xollar kiradi. Bunda nikoh davlat ro’yxatidan o’tkaziladigan joydagi tuman, shahar xokimi nikoh yoshini ko’pi bilan bir yilga kamaytirishi mumkin. Nikoh, nikohga kiruvchilarning ixtiyoriyligi, erkin roziligi asosida tuziladi. Nikohni tuzish uchun bo’lajak er-xotin o’z roziligini erkin ifoda etish kobiliyatiga ega bo’lishi kerak. Agar shaxs o’z xatti-Harakatlari oqibatni tushunmaydigan xolda (kattik mastlik, ruhiy xolatining vaktincha buzilishi) yoki aldov oqibatda nikohdan o’tgan bo’lsa, bunday nikoh qonunda belgilangan tartibda haqiqiy emas deb topiladi. Nikoh tuzishga majbur qilish qonun bilan ta’kiklanadi. Ayolni o’z erkiga xilof ravishda nikoh tuzishga majbur qilish O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 136-moddasiga ko’ra jazolanadi. Nikoh tuzish haqidagi arizani berishda shaxsni aniqlovchi hujjatar: pasport, Harbiy bilet, ofiser, praporshikning shaxsiy guvoxnomasi, nikohlanuvchilarning biri ilgari nikohda bo’lgan bo’lsa, nikohdan ajralganlikni tasdiqlovchi xujjat (guvoxnoma yoki sud Qarori), nikohni haqiqiy emas deb topilganligi to’grisidagi sud Qarori, er-xotindan birining o’limi to’grisidagi guvoxnoma ko’rsatilishi kerak. Nikoh nikohlanuvchilarning xoxishiga ko’ra tantanali ravishda qayd etilishi mumkin. Quyidagi holatlarda nikoh tuzishga yo’l qo’yilmaydi: 1. Nikohga kiruvchilarning loaqal bittasi ro’yxatga olingan boshqa nikohda bo’lsa; 2. Nasl- nasab shajarasi bo’yicha to’gri tutashgan qarindoshlar (bobo, buvi, ota-ona, farzandlar, nevara va chevaralar) o’rtasida, tug’ishgan va o’gay aka-ukalar bilan opa-singillar o’rtasida, shuningdek farzandlikka oluvchilar bilan farzandlikka olinganlar o’rtasida; 3. Nikohga kiruvchilarning loaqal bittasi ruhiyati buzilishi (ruhiy kasalligi yoki aqli zaifligi) sababli sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bo’lsa, Respublikamizning Jinoyat Kodeksi 126-moddasida ko’p xotinlilik jinoyat hisoblanadi. Ma’lumki, qarindoshlar o’rtasidagi nikoh oqibatida ko’pchilik bolalar nogiron 27 bo’lib tugilishadi. Shifokar fikricha, yakin qarindoshlar: amaki, xola, toga va ammavachalarning farzandlari o’rtasidagi nikohiy munosabatlar ham salbiy oqibatlarga olib keladi. Ruhiy kasalligi bo’lgan shaxsning kasalligini bekitib, balki nikohiy munosabat natijasida tO’zalib ketadi deb ayirim ota-onalar qonun buzilishga ham yo’l ko’yadilar. Natijada nikohning bekor kilinishi, oilada nogiron farzand tugilishi kabi fojialar ham sud amaliyotida uchrab turadi. O’zbekiston Respublikasi Oila qonunchiligida ilk bor nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish qonunlashtirilgan. Oila kodeksining 17 moddasi “Nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish” deb nomlangan. Bu qoidani qonunga kiritishdan maqsad, birinchidan, yangi tuzilayotgan oilaning va kelajakda tugiladigan farzandlarning soglom bo’lishini ta’minlash bo’lsa, ikkinchidan, nikohga kiruvchilarga tibbiy-irsiy hamda oilani rejalashtirish masalalarida maslaxatlar berishdir 1 . Tibbiy ko’rikdan o’tish faqat bo’lajak er-xotinning roziligi asosida fuqarolik xolatlari dalolatnomalarini yozish organlari yo’llanmasiga ko’ra tuman (shahar) poliklinikalari, xotin-qizlar tibbiy maslxatxonalari va davlat soglikni saqlash tizimining boshka muassasalari tomonidan bepul amalga oshiriladi. Oila Kodeksining 17-moddasida nikohlanuvchi shaxslarni tibbiy ko’rikdan o’tkazish maqsadga muvofiqligi qayd etilgan. Ushbu xolat nikohga kiruvchi er va xotinning roziligi bilan amalga oshirilishini nazarda tutilgan edi. Hozirgi kunda nikohni qayd qilishda “Turmush kuruvchilarni tibbiy Ko’rikdan o’tkazish to’grisida” O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2003 y 25 avgustda 365-sonli Qarori qabul qilindi va 2004 yil 1 yanvardan boshlab tibbiy ko’rikdan o’tish majburiy etib tayinlandi. Bu Qarorning mazmuni Quyidagilardan iborat: 1. Mazkur Nizomning amal qilishi nikohlanuvchi shaxslarning fuqaroligidan qatiy nazar O’zbekiston Respublikasi FXDYO organlari tomonidan ro’yxatdan o’tkaziladigan barcha nikohlarga joriy etiladi. 2. Nikohlanuvchi shaxslar mazkur Nizomga muvofiq xajmlarda psixik, narkologik, tanosil kasalliklari, sil kasalligi va OIV(odam immunitet tankisligi virusi) OITS yuzasidan tibbiy ko’rikdan o’tadi. 3. Nikohlanuvchi shaxslar FXDYO organlari tomonidan tibbiy ko’rikdan o’tish uchun yashash joyidagi sog’likni saqlash tizimining tegishli tibbiyot muassasalariga yuboriladi. 4. Nikohlanuvchi shaxslarning tibbiy ko’rigi FXDYO organlari tomonidan berilgan yo’llanma bo’yicha bepul o’tkaziladi. Tibbiy ko’rikdan o’tish muddati nikohlanuvchi shaxslar tibbiyot muassasasiga murojaat kilgan kundan boshlab ikki haftadan oshmasligi kerak. 5. O’zbekiston Respublikasi fuqarolari bilan nikohlanayotgan chet ellik 1 Hayot kitobi: yosh oilalar uchun inseklopidek qo’llanma. – Toshkent.: “Sharq”, 2011. 47-bet 28 fuqarolar va fuqaroligi bo’lmagan shaxslar o’zlarining vaktincha yashash joyida tibbiy ko’rikdan o’tadilar. Qonun ruhiy kasal yoki aqli zaif bo’lgan shaxslarni tibbiy ko’rikdan o’tkazishni nazarda tutmaydi. Ruhiy nosoglom shaxslarning nikoh tuzishi oila qonunchiligimizning asosiy prinsipiga ziddir va bunday shaxslar o’rtasida nikoh tuzilishi man etiladi. Bu esa, albatta, tugilajak avlodlarning sogligini, turli salbiy oqibatlarning oldini olish maqsadini ko’zlaydi. Insonning sogligi uning bugungi kuni va kelajak avlodning barkamolligi jamiyatimizning eng katta boyligidir. Fuqarolarning sogligini saqlash va uni Mustahkamlash vazifasini davlat o’z zimmasiga oladi. Tibbiy ko’rikdan o’tkazish natijalari shifokar siri hisoblanadi va ikkinchi tarafga birinchi tarafning roziligi bilan bildirilishi mumkin. Agar nikohlanuvchi shaxslardan biri o’zida tanosil kasalligi yoki odam immuniteti takchilligi virusi (OITS infeksiyasi) borligini boshkasidan yashirgan bo’lsa, ikkinchisi nikohni haqiqiy emas deb topishni talab kilib sudga murojaat etishga haqli. O’zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 113-moddasiga ko’ra o’zida tanosil kasalligi borligini bila turib, bu kasalni boshka shaxsga yuktirgan kishi jinoiy jazoga tortiladi. 1 Nikoh tO’zilish to’grisidagi ariza, arizani bergan shaxslar uchun huquqiy oqibat tugdirmaydi. Ariza uni berganlar tomonidan istalgan vaktda kaytarib olinishi mumkin. Nikoh fuqarolik xolati dalolatnomalarini qayd etish organlarida ro’yxatga olingandan boshlab nikoh tO’zganlar er-xotin deb hisoblanadilar va shu paytdan e’tiboran ular o’rtasida er-xotinlik huquq va majburiyatlar vujudga keladi. Ayollarimiz jamiyatda Har tomonlama teng huquqga ega bo’lganlaridek oilada ham teng huquqli bo’lishlarini qonunlarimiz belgillab ko’ygan. O’zbekiston Respublikasi Konstitusiyasining 46-moddasida xotin-kizlar va erkaqlar teng huquqligi belgilangan. 2 Oilada er va xotinning teng huquqligi va ularning teng majburiyatga egaligi to’grisidagi qoida “O’zbekiston Respublikasida barcha fuqarolar bir xil huquq va erkinliklarga ega bo’lib, jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chikishi, e’tiqodi shaxsi va ijtimoiy mavkeidan qatiyy nazar, qonun oldida tengdirlar” degan konstitusiyaviy normadan kelib chikadi. Nikoh natijasida vujudga kelgan er-xotinning teng huquqlari shaxsiy va mulkiylarga bo’linadi. Shaxsiy huquqlar mulkiy huquqlardan farq qilib, iqtisodiy mazmunga ega emas, fuqarolarning shaxsiyati bilan bevosita boglik va undan ajratib bo’lmaydi. Bu munosabatlarni o’zaro muxabbat, ishonch va xurmat, hamjihatlik, bir-biriga yordam berish asosida kurishni hamda oila oldida uning barcha a’zolarining mas’uliyatligini taqozo etadi. Download 408.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling