Oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarini tashxis etish. Oilaning “tarbiyaviy potentsiali” tushunchasining mohiyati


Download 1.43 Mb.
bet2/6
Sana22.02.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1221209
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarini tashxis etish

Tarbiyalash –

  • Tarbiyalash –
  • 1) o‘quvchini tarbiyalab voyaga yetkazish, ulg‘aytirish;
  • 2) shaxsni tarbiyalash yo‘lida amaliy pedagogik harakatlarni, faoliyatni tashkil qilish.
  • Tarbiyalanganlik - o‘quvchida axloqiy fazilatlar, mehnat ko‘nikmalari hamda hayotiy tajribaning shakllanganligi yoki rivojlanganligi. Shaxsning tarbiyalanganlik darajasi – o‘quvchining axloqiy fazilatlar, mehnat ko‘nikma-malakalari hamda hayotiy tajribaga egaligining muayyan ko‘rsatkichi.
  • Shaxs tarbiyalanganlik darajasining ko‘rsatkichi – o‘quvchining muayyan darajada axloqiy fazilatlar, mehnat ko‘nikma-malakalari hamda hayotiy tajribaga egaligining o‘lchovi.

Pedagogik jarayonda, shuningdek, tarbiyaning faoliyat sifatidagi darajasi ham belgilanadi. Mohiyatiga ko‘ra, tarbiyaning muayyan darajasi – o‘qituvchi, otaonalar, kattalar yoki mutaxassislar tomonidan tashkil etilgan pedagogik faoliyat samaradorligining asosiy ko‘rsatkichi sanaladi.

  • Pedagogik jarayonda, shuningdek, tarbiyaning faoliyat sifatidagi darajasi ham belgilanadi. Mohiyatiga ko‘ra, tarbiyaning muayyan darajasi – o‘qituvchi, otaonalar, kattalar yoki mutaxassislar tomonidan tashkil etilgan pedagogik faoliyat samaradorligining asosiy ko‘rsatkichi sanaladi.
  • Shaxsning muayyan yosh davrlari tarbiyaning ma’lum darajasini ifodalaydi. Masalan, maktabgacha ta’lim muassasasining tarbiyalanuvchisi muayyan axloqiy fazilatlarga ega bo‘lsa ham hali ularda mehnat ko‘nikmalari yetarlicha rivojlanmagan bo‘ladi. Ammo u shu yoshda kattalar va tengdoshlari bilan ijobiy munosabatda bo‘lish, salomlashish, minnatdorchilik bildirish, iltimos qilish, o‘ziga yoqmagan holatlarni ayta olish ko‘nikmalariga ega bo‘ladi.

Ta’limda ma’lum ma’lumot darajasiga ega bo‘lishning aniq vaqt chegarasi, muddati (boshlang‘ich sinf – boshlang‘ich ma’lumot olish uchun, umumiy o‘rta ta’lim – o‘rta ma’lumotga ega bo‘lish uchun, o‘rta maxsus ta’lim – o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lish uchun, oliy ta’lim – oliy (kasbiy) ma’lumotga ega bo‘lish uchun) belgilanadi. Tarbiyada ta’limdan farqli ravishda shaxsda ma’lum sifatni hosil qilish uchun muddat, vaqt chegarasi belgilanmaydi. Ayrim sifatlar shaxsning 80-90 yoshida ham hosil bo‘lishi mumkin. Ba’zan shaxsda keksalikda ham avval ega bo‘lgan ijobiy sifat o‘rnida salbiy odatlar, yoki aksincha, salbiy illatlar o‘rniga ma’naviy-axloqiy xislat namoyon bo‘ladi. Buning sababi tarbiyalovchi vaziyatlar, ichki (shaxsning hayotiy intilishlari, maqsadlari, tamoyillari, borliqqa, atrofdagilar va o‘ziga bo‘lgan munosabati) hamda tashqi (jamiyatda shakllangan qarashlar, ularning rasman yoki norasman tan olinishi, shaxs mansub bo‘lgan mikromuhitdagi psixologik holat, shaxslararo munosabatlar va boshqa) omillarning shaxs tarbiyasiga ko‘rsatayotgan ta’siri bilan izohlanadi .


Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling