Oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarini tashxis etish. Oilaning “tarbiyaviy potentsiali” tushunchasining mohiyati PEP 20/1- guruh Rashidova Nodirabegim Pedagogik faoliyatning ikki muhim yo‘nalishi mavjud ekani barchaga ayon: - Pedagogik faoliyatning ikki muhim yo‘nalishi mavjud ekani barchaga ayon:
- 1) ta’lim (didaktika);
- 2) tarbiya.
- Pedagogik diagnostikada ham ana shu ikki yo‘nalish inobatga olinadi. O‘quvchilarning bilim, ko‘nikma, malakalarni o‘zlashtirish darajasi – ma’lumotga egalik holati xususida avvalgi mavzuda so‘z yuritildi. Ushbu mavzuda esa bevosita o‘quvchining axloqiy tarbiyalanganlik (yoki tarbiyalangan) darajasi va uni tashxislash to‘g‘risida to‘xtalib o‘tiladi. Aksariyat o‘rinlarda sub’ektiv xarakterga ega “o‘quvchining tarbiyalanganlik darajasi” (yoki o‘quvchining tarbiyalanganlik darajasi) iborasi o‘rniga umumiy tarzda “shaxsning tarbiyalanganlik darajasi” (yoki shaxsning tarbiyalanganligi) tushunchasi ishlatiladi. Qolaversa, shaxs (o‘quvchi)ning tarbiyalanganligi tahlil qilinar ekan, ayni o‘rinda “tarbiya”, “tarbiyalash”, “tarbiyalanganlik” tushunchalari ham qo‘llaniladi. Shu bois ushbu tushunchalarga izoh berib o‘tish maqsadga muvofiqdir.
- Shaxs – jamiyatning psixologik jihatdan taraqqiy etgan, shaxsiy xususiyatlari, xatti-harakatlari bilan boshqalardan ajralib turadigan, muayyan xulq-atvor va dunyoqarashga ega azosi.
- O‘quvchi – umumiy o‘rta yoki o‘rta-maxsus ta’lim muassasasida tahsil olayotgan shaxs.
- Tarbiya –
- 1) shaxsga bilim berish orqali unda axloqiy fazilatlarni, mehnat ko‘nikma-malakalarini, hayotiy tajribani hosil qilish, orqali uni voyaga yetkazish;
- 2) shaxsda axloqiy fazilatlarni, mehnat ko‘nikmamalakalarini, hayotiy tajribani hosil qilishga qaratilgan amaliy harakat, pedagogik faoliyat.
- Tarbiya jarayoni –
- 1) muayyan, aniq maqsad va ijtimoiy tajriba asosida yosh avlodni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori, dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni;
- 2) o‘qituvchi va o‘quvchi (tarbiyachi va tarbiyalanuvchi)lar o‘rtasida tashkil etilib, aniq maqsadga yo‘naltirilgan hamkorlik jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |