Oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarini tashxis etish. Oilaning “tarbiyaviy potentsiali” tushunchasining mohiyati


Download 1.43 Mb.
bet3/6
Sana22.02.2023
Hajmi1.43 Mb.
#1221209
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Oilaning tarbiyaviy imkoniyatlarini tashxis etish

Ta’limda ma’lum ma’lumot darajasiga ega bo‘lishning aniq vaqt chegarasi, muddati (boshlang‘ich sinf – boshlang‘ich ma’lumot olish uchun, umumiy o‘rta ta’lim – o‘rta ma’lumotga ega bo‘lish uchun, o‘rta maxsus ta’lim – o‘rta maxsus ma’lumotga ega bo‘lish uchun, oliy ta’lim – oliy (kasbiy) ma’lumotga ega bo‘lish uchun) belgilanadi. Tarbiyada ta’limdan farqli ravishda shaxsda ma’lum sifatni hosil qilish uchun muddat, vaqt chegarasi belgilanmaydi. Ayrim sifatlar shaxsning 80-90 yoshida ham hosil bo‘lishi mumkin. Ba’zan shaxsda keksalikda ham avval ega bo‘lgan ijobiy sifat o‘rnida salbiy odatlar, yoki aksincha, salbiy illatlar o‘rniga ma’naviy-axloqiy xislat namoyon bo‘ladi. Buning sababi tarbiyalovchi vaziyatlar, ichki (shaxsning hayotiy intilishlari, maqsadlari, tamoyillari, borliqqa, atrofdagilar va o‘ziga bo‘lgan munosabati) hamda tashqi (jamiyatda shakllangan qarashlar, ularning rasman yoki norasman tan olinishi, shaxs mansub bo‘lgan mikromuhitdagi psixologik holat, shaxslararo munosabatlar va boshqa) omillarning shaxs tarbiyasiga ko‘rsatayotgan ta’siri bilan izohlanadi .

Tarbiyalovchi vaziyat – o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro muloqot, hamkorlik asosida tarbiya jarayonining muayyan bosqichlarida turli qarorlar qabul qilinishini taqozo etadigan holat.

  • Tarbiyalovchi vaziyat – o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasidagi o‘zaro muloqot, hamkorlik asosida tarbiya jarayonining muayyan bosqichlarida turli qarorlar qabul qilinishini taqozo etadigan holat.
  • Ma'naviy barkamollikka erishmay komil inson darajasiga yetish mumkin emas. Demak, ma'naviy barkamollikka intilish - bu komil inson darajasiga erishish uchun intilishdir. Komillikka inson butun umri davomida erishib boradi. Uchala tushuncha: sog'lom avlod, ma'naviy barkamol, komil inson - darajama-daraja chuqur ma'no kasb etadi. Shundan kelib chiqadigan bo'lsak, komil inson bo'lishning aniq cheki va chegarasi yo'q. Bizning ko'hna tariximizda yuzaga kelgan, xalq, mamlakat tarixida katta ma'naviy-axloqiy tarbiya rolini o'ynagan tasavvuf komil inson nazariyasi haqidagi, uni tarbiyalash, voyaga yetkazish haqidagi ta'limot va amaliyot sanaladi.

Download 1.43 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling