Oilaning turlari Reja


Oilaning rekreativ funksiyasi nimadan iborat?


Download 69.79 Kb.
bet2/2
Sana17.06.2023
Hajmi69.79 Kb.
#1523401
1   2
Bog'liq
OILANING TURLARI11111111

Oilaning rekreativ funksiyasi nimadan iborat?
Nikox- oila munosabatlari yuzaga kelgan dastlabkt, ibtidoiy zamonlardan buyon unga xarakterli bо‘lib kelgan xususiyatlardan biri uni о‘z a’zolarining munosabat talablaridan biri uni о‘z a’zolarining axloqiy- psixologik ximoyalanishni ta’minlash, yosh bolalarga va mexnatga yaroqsiz kishilar yoki keksa qarindoshlarga moddiy-ma’naviy va jismoniy yordam kо‘rsatish kabilardan iborat bо‘lib kelgan.
Bu xolat о‘z navbatida oilaning asosiy funksiyalaridan birini, uning rekreativ funksiyasini tashkil bо‘lish. Oilaning rekreativ funksiyasi – о‘zaro jismoniy, moddiy, ma’naviy va psixologik yordam kо‘rsatish, bir-birining salomatligini mustaxkamlash, oila a’zolarning dam olishini tashkil etish demakdir.Bu funksiya keyingi yillarda yanada muxim axamiyat kasb etmoqda. Oila a’zolari salomatligini mustaxkamlash, oila a’zolarning dam olishini tashkil etish, oila a’zolarning bevosita mexnat, о‘qish va boshqa ijtimoiy faoliyatlardan xoli xolda, ya’ni bо‘sh vaqtlarni birgalikda о‘tkazishlarini qanday tashkil qilishlari, unda bularning о‘zaro munosabatlari xarakteri qanday ekanligi bugungi kun oilasi mustaxkamligi uchun muxim axamiyatga ega bо‘lgan omillardan xisoblanadi.Bо‘sh vaqt jamiyatining nixoyatda muxim ijtimoiy qadriyatlaridan birdir. Bu qadriyatdan odamlar turlicha foydalanadilar. Bо‘sh vaqtni muntazam ravishda qanday о‘tkazishga qarab xar bir odamning yetuklik darajasiga, ma’naviy dunyosiga baxo berish mumkin. Bu borada erishilgan yutuqlarimizdan biri shuki-dam olish va sog‘lomlashtirish ishlariga davlat miqyosida axamiyat berila boshlandi. Lekin kо‘pchilik turli sabablar bilan (ularning о‘zlari kо‘proq moddiy sababni kо‘rsatishda) madaniy dam olishga e’tibor bermay qо‘yganligini xam aytib о‘tish lozim. Xozirgi vaqtda oilaviy dam olish, oilaviy turizim va qator oilaviy tadbirlar doirasi kengayib bormoqda. Shuni xam ta’kidlab о‘tish joizki xozirgi vaqtda oilaning rekreativ funksiyasini kо‘p xollarda davlat va ijtimoiy tashkilotlar о‘z zimmasiga olmoqda. Jamiyat a’zolarining xafsizligini ta’minlash, qariyalarga bepul tibbiy yordam kо‘rsatish (bizning milliy xususiyatlarimizga yot bо‘lsa-da, qariyalar uylarining ochilishi), odamlar dam olishlari va о‘z sog‘liklarini tiklab olish imkoniyatlarini beradigan dam olish uylari va sanatoriyalarning ochilishi kabilar shular jumlasidandir. Lekin shu bilan birga oilaning о‘z a’zolarining axloqiy-psixologik ximoyanganligini ta’minlashdagi roli toboro ortib bormoqda. Chunki inson faqat о‘z oilasidagina va faqat о‘z yaqinlari qurshovidagina о‘zini tom ma’noda xotirjam,erkin xis qila olishi mumkin xolos. Bu borada oilaning о‘rnini xech bir ijtimoiy muassasa bosa olmaydi.
Xozirgi zamon oilasining tobora axamiyati ortib borayotgan funksiyalardan biri uning felitsitologik funksiyasidir(italyancha “felitsite”-baxt degani). Shaxsiy farovonlikka erishishga intilish oilaviy munosabatlar tizimida kо‘p jixatdan xal qiluvchi omil bо‘lib bormoqda. Baxt nima о‘zi? Xozirgi zamon oilasi о‘z a’zolarining baxtini ta’minlash qanday rol о‘ynaydi? Baxtga intilish xar bir inson uchun tabiiydir va ayni shu baxtga intilish ularni oila quriga undaydi. Inson о‘ziga ato etilgan baxtning tо‘rtdan uch qismini oiladan, choraktaga yetar-yetmas qismini boshqa narsalardan topadi. Oilada er-xotinning bir-birini tо‘liq tushunish-ularning о‘zlarini baxtli xis qilishlarini ta’minlaydi. Shuningdek, о‘zidagi mavjud tibbiy-ijodiy imkoniyatlar (iqtidor)ni rо‘yobga chiqarish, jamiyat va oila doirasida sarflash xam insongaо‘zini baxtli xis etish imkonini beradi. Keyingi vaqtlarda insonning imkoniyatlari ortgan sari uning baxtga intilish darajasi xam ortib bormoqda. Lekin ba’zan nopok yо‘llar bilan pul topish orqali baxtli bо‘lishga intilish yoki о‘zgalar xisobiga shaxsiy baxtga intilish kabi salbiy xolatlar xam uchrab turadi. Ba’zan esa oila a’zolarning (ayniqsa: er-xotinning)shaxsiy baxtga о‘z maylicha intilishi oilalarda noxush xolatlar (xiyonat kabi)ni xam keltirib chiqarishi mumkin. Shuning uchun xar bir shaxs о‘zida kо‘proq vijdonlik, poklik, xalollik kabi ma’naviy-axloqiy fazilatlarni tarbiyalashga e’tibor berilish lozim.
Oilaning regulyativ funksiyasi oila a’zolari о‘rtasidagi о‘zaro munosabatlarni boshqarish tizimini, shuningdek birlamchi ijtimoiy nazoratni, oilada ustunlik va obrо‘ni amalga oshirishni ifodalaydi. Bunda kattalar tomonidan yosh avlodni nazorat qilish va ularni moddiy xamda ma’naviy tomonidan qо‘llab-quvatlash nazarda tutiladi. О‘tgan zamonlarda oilaning boshqarish funksiyasi ma’lum darajada rasmiy tarzda belgilab xam qо‘yilgan. Unga kо‘ra, oilada kim xonadon boshlig‘i bо‘lishiga, uning obrо‘si va ustunligi qayd etilgan va oilaning shua’zosi (asosan ota) butun umri davomida о‘z farzandlari va oila a’zolari xatti-xarakati, xulqi uchun javobgar bо‘lgan. Unda ota-onasiga bо‘ysunmaganlarni jazolash xollari xam nazarda tutilgan.
Xozirgi zamon egalitar oilalarda esa oilaning boshqaruv funksiyasi asosan axloqiy meyorlar, oila a’zolarning shaxsiy obrо‘si va birinchi navbatda, ota-onalarning bolalarga nisbatan bо‘lgan munosabatlardagi obrо‘si kabilar yordamida amalga oshiriladi. Shungakо‘ra, ba’zi oilalarda oilani boshqarish, unga boshchilik qilish oila a’zolarning qiziqish va imkoniyatlarini xisobga olgan xolda amalga oshirilsa, ba’zi oilalarda(er-xotinning aloxida-aloxida) yetakchilikka intilish natijasida oilaviy nizolarning ortib borishi, bolalarning xar tomonlama e’tibordan chetda qolishi, natijasida jinoyatchilik kо‘chasiga kirib ketishi kabilar kuzatiliadi. Ba’zi oilalarda ayol ustunligining mavjudligi о‘g‘il bola shaxsida ayollarga xos xususiyatlarning kо‘payib borishiga olib kelishi mumkin.
Shu bilan birga oilaning boshqaruv funksmyasioila a’zolarining xulqi, masuliyati, majburiyati kabilarni xam boshqarishni, nazorat qilishni о‘z ichiga oladi. Odam oila qurgandan sо‘ng, albatta, uning ijtimoiy mavqei о‘zgaradi. Endi u “uylanmagan yigit”,”turmushga chiqmagan qiz” emas, balki “oilali” odamdir. Shunga kо‘ra u о‘zining xatti-xarakatlari, xulqini xam oilali odamga xos tarzda qaytadan kо‘rib chiqadi. Oila qurish tufayli uning ma’suliyati ortadi. Erning va xotining xulqi xam endi о‘ziga xos tarzda boshqariladi. Xozirgi zamon oilasining eng asosiy funksiyalaridan yana biri relaksatsiya funksiyalaridir. Bu degani oila a’zolarning jinsiy, emotsional faoliyatini, ruxiy jismoniy quvvatini, mexnat qobiliyatini yana g‘ayta tiklash demakdir. Ma’lumki, fan-texnika taraqiyotining xozirgi bosqichida, ishlab chiqarish munosabatlarining jadallashuvi, xalq xо‘jaligining turli jabxalarida yangi texnologiyalarining joriy etilishi va shu kabi qator omillar inson ruxiyatiga oldingilarga qaraganda kо‘proq jismoniy, ruxiy zо‘riqishlar bermoqda. Bugungi va ertangi kun sanoati, ishlab chiqarishi ishchi xodimdan bor imkoniyatni safarbar qilib, butun vujudi bilan ishlashni va о‘zining kasb-xunar maxoratini muntazam oshirib borishni taqazo bо‘lish. Ishlab chiqarish jarayonlari jadalligining bunday tarzda davom etishi shu jarayonlar ishtirokchisi, boshqaruvchisi insonni tezda toliqib, о‘zining mexnat qobiliyatini yо‘qotishga olib kelishi mumkin. Ish kuni davomida kо‘tarinkilik, kuchli zо‘riqish bilan ishlagan xodim ishdan sо‘ng о‘z uо‘da, oila a’zolari qurshovida boshqa tashvishlarni unutib, unga kо‘rsatilgan mexr-oqibatdan baxramand bо‘lgan xolda, ular bilan bо‘ladigan о‘zaro muloqat, ular tomonidan bо‘ladigan emotsional qо‘llab-quvvatlash, beriladigan daldalardan ruxiy quvat olib, ertangikun mexnat faoliyatiga о‘zini qayta tiklab olishi lozim bо‘ladi. Buning uchun esa uning oilasida tinchlik-totuvlik, bir-birini tushunish, о‘zaro xurmat, mexr-oqibat, ijobiy psixologik iqlim xukm surmog‘i lozim. Aks xolda inson bu oilada emotsional jixatdan, ruxiy jixatdan о‘zining qayta tiklab ola olmaydi. Bu esa oqibatda odamning mexnat faoliyatida turli xatolarga, ishda sifatsizlik, jaroxatlarga yо‘l qо‘yishiga, turli kasalliklarga duchor bо‘lishiga olib kelishi mumkin. Yuqoridagi funksiyalarning muvaffaqiyatli bajarilishi xar qanday oila baxtini ta’minlovchi mezon xisoblanadi. Shuni xam nazarda tutish kerakki, oila-jamiyatning bir bо‘lagi, uning asosiy yacheykasidir.
Oila uni xarakterlovchi turli mezonlarga kо‘ra quydagicha farqlanadi:

  1. Tо‘liqligiga kо‘ra: tо‘liq, notо‘liq va qayta tuzilgan(ikkinchi nikox) oilalar.

  2. Bо‘g‘inlar soniga kо‘ra: nukler (ota-ona va bolalardan iborat bо‘lgan) va kо‘p bо‘g‘inli (ikki va undan ortiq avloddan iborat oila a’zolari birga yashovchi) oilalar.

  3. Bolalar soniga kо‘ra: farzandsiz, bir bolali , ikki bolali, 3-4 bolali, 5 va undan ortiq bolali oilalar.

  4. Er-xotinning ijtimoiy kelib chiqishiga kо‘ra: ishchilar, dexqonlar, xizmatchilar, ziyolilir oilasi, tadbirkorlar, aralash turdagi oila.

  5. Er-xotinning ma’lumot saviyasiga kо‘ra: oliy ma’lumotlilar, о‘rta-maxsus, о‘rta, tugatilmagan о‘rta, maxsus yordamchi maktab ma’lumotiga ega bо‘lgan qayliqlardan tashkil topgan va aralash turdagi oila.

  6. Oilaning “yoshiga” kо‘ra: yosh oila (1 yilgacha, 3-5 yillik, 6-10 yillik turmush tajribasiga ega bо‘lgan oilalar), о‘rta yoshdagi oila, yetuk yoshdagi oila(qariyalar oilasi).

  7. Qayliqlarning ota-onasi oilasining moddiy ta’minlanganlik darajasi jixatidan qudalarning bir-biriga mos ekanligi yoki ular orasida katta tafovut mavjudligi bо‘yicha bir-biriga mos bо‘lmagan oilalar.

  8. Regional jixatlariga kо‘ra: shaxar, qishloq, aralash tipdagi oila.

  9. Nikoxdan qoniqqanlik saviyasiga kо‘ra, ajralish saviyasida-nikoxdan qoiqqanlik darajasi kо‘yi saviyada bо‘lgan oila, о‘rta saviyada va nikoxdan qoniqqanlik darajasi yuqori saviyadagi oila.

  10. Oilada ayol yoki erkak yetakchiligiga kо‘ra: er yetakchi bо‘lgan oila, xotin yetakchi bо‘lgan oila, er va xotin yetakchilikni birga bajaradigan (biarxat) oila.

  11. Oilada er-xotin orasidagi munosabatlariga kо‘ra: avtoritar, demokratik, libnrial, aralash tipdagi oilalar.

  12. Er-xotinlarning millatiga kо‘ra: bir milatli yoki baynalminal oilalar. Baynalminal oilalar о‘z tnavbatida ikkiga bо‘lish mumkin: dini, urf-odatlari yoki tili bir guruxga kirgan millat vakillari orasida nikoxlar, masalan, о‘zbek-tojik, о‘zbek- qozoq, о‘zbek-turkman, rus-ukrain, о‘zbek-tatar va boshqalar, dini, urf-odatlari yoki tili bir guruxga kirmagan millat vakillari orasida nikoxlar, masalan, о‘zbek-rus, о‘zbek-ukrain, о‘zbek-eston, о‘zbek-nemis va boshqalar.

Yuridik rasmiylashtirilganligiga kо‘ra: sinovdagi oila(birga yashashadi, ammo xali nikoxni rasmiylashtirilmagan, chunki bir-birlarini norasmiy nikoxda sinashyapti), rasmiylashtirish arafasidagi oila ( birga yashashadi, oila qurushi maqsadi aniq, ammo ayrim obyektiv sabablarga kо‘ra rasmiylashtirish kechiktirilyapti), nikoxdan oila, nikoxdan tashqari oila (ayrim erkak kishilarning ikkinchisi, uchinchi, yuridik jixatdan norasmiy oilasi). Nikoxdan tashqari oilalarningayrimlari pinxona bо‘lsa, kо‘pchiligi haqida erkak kishining birinchi oilasi va qarindoshlari bilishadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:


1. G’oziyev E.G. Umumiy psixologiya. Toshkent. 2002.1-2 kitob.
2. G’oziyev E.G. Muomala psixologiyasi. T-2001.
3. Vedenskaya L.V, Pavlova L.A. Delovaya retorika: uchebnoye posobiye dlya vuzov.- M.:IKS “MarT”, 2004-512 s.
4. Nemov R.S. Prakticheskaya Psixologiya Poznaniye sebya: Vliyaniye na lyudey:Posobiye dlya uch-sya-M:Gumanit. Izd.Sentr VLADOS, 2003, - 320 s.
5. www.referat.arxiv.uz
www.slayd.arxiv.uz
www.ziyonet.uz
Download 69.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling