Oilaviy korxona faoliyati uchun belgilangan imtiyoz va qulayliklar
Download 68 Kb.
|
1 2
Bog'liq8-mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8-Mavzu: Oilaviy korxona faoliyati uchun belgilangan imtiyoz va qulayliklar.
8-Mavzu: Oilaviy korxona faoliyati uchun belgilangan imtiyoz va qulayliklar. Istiqlolning ilk yillaridan mamlakatimizda o‘z salohiyati va imkoniyatidan foydalanib, tadbirkorlik bilan shug‘ullanish istagida bo‘lgan yurtdoshlarimizning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi. Bu yo‘nalishda, avvalo, bozor iqtisodiyotining asosi bo‘lgan xususiy mulk ustuvorligini mustahkamlaydigan barqaror qonunchilik bazasi, uni jadal amalga oshirish uchun qulay ishbilarmonlik muhiti yaratilmoqda. Ushbu qonunchilik bazasi tadbirkorlik faoliyatini yuritish uchun yanada keng sharoitlar yaratish, uning huquqiy himoyasini mustahkamlash, ichki bozorni raqobotbardosh va sifatli mahsulotlar bilan ta’minlash, davlat eksport salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari, aholi daromadlari hamda turmush farovonligini oshirishda muhim omil bo‘layotir. Bu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5 oktyabrdagi “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmoni alohida ahamiyat kasb etadi. Respublikamizda tadbirkorlikning o‘ziga xos turi bo‘lgan oilaviy tadbirkorlikka alohida e’tibor qaratilmoqda. Oilaviy tadbirkorlik yuridik shaxs tashkil etgan yoki yuridik shaxs tashkil etmagan holda amalga oshiriladi. Yuridik shaxs tashkil etgan oilaviy tadbirkorlik oilaviy korxona hisoblanadi. Oilaviy korxonalar uchun birmuncha afzallik va qulayliklar yaratilgan. Xususan, oilaviy korxona ishtirokchilariga mulk huquqi asosida tegishli bo‘lgan turarjoylarni oilaviy korxona faoliyatida foydalanish maqsadida yashash uchun mo‘ljallanmagan joylarga aylantirish talab qilinmaydi. Oilaviy korxona turar joydan bir vaqtning o‘zida unda istiqomat qilgan holda faoliyat yuritgan taqdirda, kommunal infratuzilma xizmatlari haqini to‘lash aholi uchun belgilangan tariflar bo‘yicha amalga oshiriladi. Oilaviy korxonalar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda yagona soliq to‘lovini to‘lovchi hisoblanadi. Ularga kichik tadbirkorlik sub’ektlari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan soliq imtiyozlari, preferentsiyalar va kafolatlar tatbiq etiladi. Oilaviy korxona o‘zi ishlab chiqargan xalq badiiy hunarmandchiligi va amaliy san’ati buyumlarining sotuvidan olingan tushum bo‘yicha yagona soliq to‘lovini to‘lashdan qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ozod qilinadi. Shuningdek, oilaviy tadbirkorlik sub’ekti qonunchilikda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun shug‘ullanishga ruxsat etilgan faoliyat turlarini amalga oshirishi mumkin. Yuridik shaxs tashkil etmagan holda oilaviy tadbirkorlik shaklida faoliyatni amalga oshirishda oilaviy tadbirkorlik sub’ekti nomidan ish ko‘radigan yakka tartibdagi tadbirkor sifatida ro‘yxatdan o‘tgan oila a’zosigina qat’iy belgilangan soliqning to‘lovchisi bo‘ladi hamda u oyiga eng kam ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda, oilaning boshqa a’zolari esa oyiga eng kam ish haqining 50 foizi miqdorida sug‘urta badallarini to‘laydilar. Yog‘ochdan va alyuminiy (plastik) profildan eshik, deraza va boshqa buyumlar tayyorlash faoliyatini yo‘lga qo‘ygan xususiy tadbirkor-oila boshlig‘i Abduvali Saydalievning ishlab chiqarayotgan mahsulotlari zamonaviyligi va yuqori sifati bilan xaridor ishonchini qozongan. U oila a’zolari bilan birga samarali ish olib borgani bois bugun import o‘rnini bosuvchi, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarayotgan tadbirkorga aylandi. Endilikda mahsulotlarning eksportini yo‘lga qo‘yish ustida ish olib borilayapti. Bugungi kunda mamlakatimizda oilaviy tabirkorlik bilan shug‘ullanib, quvonarli natijalarga erishayotgan yurtdoshlarimiz talaygina. Ularning aksariyati qonun hujjatlarida belgilangan soliq imtiyozlari, preferentsiyalar va kafolatlardan foydalanib kelmoqda. E’tiborlisi, ular ushbu imtiyozlari evaziga hosil bo‘lgan qo‘shimcha mablag‘larni faoliyatni yanada kengaytirishga sarflamoqdalar. Mamlakat taraqqiyoti aholining qanday sharoitlarda mehnat qilayotgani, olayotgan daromadi, turmush farovonligi bilan o‘lchanadi. Shu ma’noda yurtimizda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy yangilanishlar, keng qamrovli islohotlar fuqarolarning yaxshi yashashi, tinch va farovon turmush kechirishiga qaratilgani bilan ahamiyatli. Yurtimizda oilaviy tadbirkorlikning rivojlanishi, ularga berilayotgan imtiyoz va qulayliklar zamirida ham aholi turmush farovonligini oshirish, iqtisodiyotni yuksaltirish va ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratish maqsadlari mujassam. Download 68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling