Yor-yor qo’shig’i - Yig’lama qiz, yig’lama
- To’y seniki yor-yor,
- Ostonasi tillodan
- Uy seniki yor-yor
- Motam –inson umrining oxirini qayd etuvchi mungli marosimdir.Shu boisdan ushbu marosimda ijro etiluvchi folklor janri, marosim ishtirokchilari, ularning kiyimlari hamma-hammasi motamsaro va mungli xarakter kasb etadi.
Motam marosimida ijro etiladigan qo’shiqlar -
- Mozor yo’li andadur, voy onam,
- Tuproqlari maydadur, voy onam,
- Shirin-shakar onamni, voy onam,
- Endi ko’rmoq qaydadur, voy onam.
Yangi bog’ning uzumi, voy onam, - Yangi bog’ning uzumi, voy onam,
- Eski boqqa yetarmi, voy onam
- Shu vaqtdagi o’gay ona, voy onam
- O’z onanggga yetarmi, voy onam.
- Xalq o’rtasida bu to’y “Xatna to’y”, “Chipron to’y”, “Sunnat to’y” nomlari bilan yuritiladi. Xatna to’y odatda bolaning toq yoshlarida o’tkazilgan. Tasavvurlarga ko’ra xatna bolaning juft yoshlarida o’tkazilsa, bola baxtsiz bo’larmish.Hozirgi kunda xatna to’ylar bola maktabga borgunga qadar o’tkazilyapti.
Xatna to’yda aytiladigan qo’shiqlar - O, tepadan-o o’chog’ini o’ydirgan
- Tevali qashqa qo’yini yo so’ydirgan,
- To’shini mango yo qo’ydirgan
- Barakalla e boyvachcha-e boy og’asi
Qalam-qalam qoshlaring, voy bolam - Qalam-qalam qoshlaring, voy bolam
- Qalandarlar qildi meni, voy boam.
- Xumor-xumor ko’zlaring, voy boam,
- Xunobalar qildi meni, voy bolam.
So’zning sehr qudratiga asoslanga marosimlar folklori - Ibtidoiy inson o’zidagi hatti-harakatlar, ko’rish va so’zlash kabi uch xususiyatda sehr-jodu qudratini ko’radi. Binobarin, u o’z faoliyatida ularga ehtiyotkorona munosabatda bo’lishga intiladi. Kinna, badik va afsun duolar shular jumlasidandir.
Do'stlaringiz bilan baham: |