Oilaviy munosabatlarning bola shaxsida ijtimoiy


Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази


Download 5.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet169/273
Sana24.10.2023
Hajmi5.36 Mb.
#1717990
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   273
Bog'liq
internet ma\'lumot

Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази 
tipdagi o‘smirlardan doimo muloyimlik bilan, ammo qat’iyatli, shoshilmay, o‘ylab 
javob qaytarishlarini talab qilish, ular xatti-harakatlarida o‘rtoqlari va kattalar bilan 
bo‘lgan munosabatlarida o‘zini tutishlikni tarbiyalab borish lozim. Bunday o‘smirlardan 
mehnat faoliyatida izchillikni va ishda tartibli bo‘lishni tarbiyalash hamma 
topshiriqlarni ish mobaynida yaxshi bajarishlarini talab qilish lozim. 
Melanxolik temperamentdagi o‘smirlarda psixik jarayonlarning sust o‘tishi qayd 
qilinadi. Ular kuchli qo‘zg’ovchilarga qiyinchilik bilan javob qaytaradilar, diqqatlarini 
bir narsaga uzoq vaqt va kuchli jalb eta olmaydilar. Bunday tipdagilar ishga passiv, 
kam qiziquvchan bo‘ladilar, ularda hissiyot va hayajonli holatlar keskin paydo bo‘ladi 
va chuqur, davomli bo‘ladi. Ularni ranjitish oson, xafagarchilikka bardosh bera 
olmaydilar. Melanxolik tipdagi o‘smirlar odamlar bilan aralashmaslikka va yolg’izlikka 
moyil bo‘ladilar lekin odatlangan sharoitda o‘zlarini erkin his qiladilar va unumli 
ishlaydilar. [3. 146-b] 
Maktab, akademik litsey, kasb-hunar ta’limi tizimi va ishlab chiqarishdagi ta’lim 
tarbiya nuqsonlari, ko‘cha, mahalla salbiy xulq atvorini "qaxramon" tarzida talqin 
qiluvchi ko‘chadagi guruhbozlik ta’sir etadi. O‘smirlik yoshida katta yoshdagilar, ota-
onalar va o‘qituvchilar bilan kelishmovchilik ro‘yobga chiqadiki, bu faqat tabiiy o‘sish 
jarayonidagi o‘zgarishlar bilan nomaqbul oilaviy shart-sharoitlar tarbiyasi og‘ir o‘smir 
shaxsining shakllanishida eng asosiy omil bo‘lib hisoblanadi. Ota-onalarimizning janjal 
to‘polonlari, o‘smirlarning jismoniy jazolanib turilishi tabiyaviy ravishda tormozlashuv 
me’yorlarining buzilishiga, qiziqqonlik yoki qo‘zg‘aluvchanlik, o‘zini qo‘lga ola 
bilmaslik kabi illatlarning tug‘ilishiga sabab bo‘ladi. Biroq yomon ota-onaning bolasi 
albatta yomon bo‘ladi deb hisoblash xatodir. O‘smir nomaqbul tashqi ta’sirlarni o‘zi 
istaganicha rang barang tarzda idrok etadi va o‘zlashtiradi. U salbiy ta’sirlarni qabul 
qilmasligi, rad etishi, ularga qarshi kurashishi mumkin. Odatda dastlabki tergovda 
voyaga yetmagan xuquqbuzarning shaxsi quyidagi reja bo‘yicha o‘rganiladi:
1. Nasliy biologik omillar: ota-onalardan birining asab va psixik kasalliklarga 
moyilligi, homiladorlik qilishning salbiy ta’siri va hokazolar. 
2. O‘smirning eng yaqin ijtimoiy iqtisodiy mavqelari, oiladagi o‘zaro 
munosabatlar, ular tanlagan qadriyatlar, o‘smirlarning tarbiyalanish xususiyatlari, 



Download 5.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   165   166   167   168   169   170   171   172   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling