Oilaviy munosabatlarning bola shaxsida ijtimoiy
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
Download 5.36 Mb. Pdf ko'rish
|
internet ma\'lumot
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
Barmoq mashqlarining she’rlar va tez aytishlar ishtirokida bajarilishi esa psixik jarayonlarning shakllanishiga va mustahkamlanishiga yordam beradi. Barmoqlar bilan turli mashqlarni bajarib, bola qo‘llarining nozik motorli ko‘nikmalarining yaxshi rivojlanishiga erishiladi, bu nafaqat nutqning rivojlanishiga ijobiy ta'sir qiladi (chunki bu nutq markazlarida induktiv tarzda sodir bo‘ladi), balki bolani yozish va chizish uchun ham tayyorlaydi. Qo‘llar yaxshi harakatchanlikka ega bo‘ladi, egiluvchanlik, harakatlarning qattiqligi yo‘qoladi, bu esa yozish ko‘nikmalarini egallashni osonlashtiradi. Ba'zi barmoq o‘yinlari bolani sanashga tayyorlaydi, boshqalarida bola ikkala qo‘li bilan harakat qilishi kerak, bu esa “yuqori” va “past”, “o‘ng” va “chap” tushunchalarini yaxshiroq tushunishga yordam beradi. Kattalar barmoq o‘yinlari matnlarini iloji boricha ifodali talaffuz qilishi, ovozini ko‘tarish yoki pasaytirish, pauza qilish, alohida so‘zlarga urg'u berish va matn bilan yoki pauzalarda sinxron harakatlarni bajarishda namuna ko‘rsatish kerak. Suxomlinskiy: "Bolalarning qobiliyatlari va iste'dodlarining kelib chiqishi barmoq uchida", degan. Barmoq o‘yinlari bolalarni ijodiy bo‘lishga undaydi, ayniqsa barmoq bilan bajariladigan soya teatrlarida yangiliklar yaratishga imkon beriladi. Bola xayolot olamida ko‘radigan va faqat uning o‘zi idrok qilayotgan xayoliy obrazlarini esa kattalar tomonidan har qanday maqtovlar va ra g‘batlantirishlar bilan ijodiy yutuqlarini ko‘rsatib, ijobiy baholanishi kerak. Bunday o‘yinlar bolalar o‘rtasida, shuningdek, kattalar va bola o‘rtasida yaxshi munosabatlarni shakllantiradi. Bola barmoq o‘yinlarini yaxshi o‘zlashtira boshlaganda, ularni murakkablashtirish mumkin bo‘ladi, lekin ularning bajarilishi bolaga qiyinchiliksiz, zavq bilan bajarilishiga ishonch hosil qiling. Maktabgacha ta’im tashkilotlarida ham barmoq o‘yinlarining bir qancha turlaridan keng foydalaniladi. Ularning ichida barmoq teatrlari va barmoq gimnastikasi bolalar uchun qiziqarli o‘yinlar hisoblanadi. Tarbiyachi tomonidan avval qanday bajarilishi ko‘rsatib beriladi. So‘ng bolalar mustaqil yakka holda yoki juft-juft holatda barmoq gimnastikasini bajaradilar. Bunga zamonaviy yondashuvchi tarbiyachilar esa bu xil o‘yinlar va mash g‘ulotlarni kompyuter yoki televizor orqali amalga oshiradilar. Bolalarga o‘yin yoki mash g‘ulot aks etgan videorolik qo‘yib beriladi va birgalikda bajariladi. Bola kompyuterdan ko‘radi, u orqali o‘yin she’rini eshitadi va tez o‘rganadi, |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling