Oilaviy munosabatlarning bola shaxsida ijtimoiy
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
Download 5.36 Mb. Pdf ko'rish
|
internet ma\'lumot
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
Shu jumladan ta’lim tarbiya jarayonida ham. Ayniqsa, ta’lim jarayonida boshqa sohalarga nisbatan samaraliroq foydalanish imkoniyatlari mavjud va dunyo miqyosida keng tadbiq etilgan. O‘zbekiston Respublikasining «Axborotlashtirish to‘ g‘risida»gi qonunini bajarish maqsadida Xalq ta’limi, Oliy va o‘rta maxsus ta’limi vazirliklari tomonidan qator me’yoriy hujjatlar va dasturlar ishlab chiqilib, qabul qilingan edi, shuningdek axborot tarmo g‘ini shakllantirish, axborot resurslarini yaratish va AKTni ta’lim jarayonida qo‘llash bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirildi. Tabiiy bir savol tu g‘iladi, “Maktabgacha ta’lim tashkilotlarida bu jarayonni qanday tashkil etishimiz mumkin?” yoki “Barmoq o‘yinlarini kompyuter bilan qanday aloqasi bo‘lishi mumkin?” Barchamizga ma’lumki, barmoq o‘yinlari deganda, qo‘l va barmoqlarimiz ishtirokida olib boriladigan o‘yinlar va mash g‘ulotlar tushuniladi. Barmoq o‘yinlarining barmoq bilan to‘ g‘ridan-to‘ g‘ri o‘yinlar, tayoqchalar yoki gugurt bilan o‘yinlar, tez aytish bilan o‘ynaladigan barmoq o‘yinlari, barmoq o‘yinlari bilan jismoniy daqiqalar, barmoq gimnastikasi, soya teatri va barmoq teatri kabi xilma-xil ko‘rinishlari keng tarqalgan. Bolaning qo‘l panjasi va barmoqlarini harakatlantirish ,barmoq o‘yinlari nafaqat o‘yin turi, balki, bolani har tomonlama rivojlantirish omilihamdir. Mutaxassislarning ta’kidlashicha, barmoqlar va qo‘llar harakatlanayotganda, nafaqat qo‘lni, balki miyaning ba'zi qismlarida ham o‘zgarishlar kuzatiladi, xotira, tasavvur va fantaziya rivojlanadi. Qo‘lning oddiy harakatlari lab, yuz mushaklari zo‘riqishlarini susaytiradi, aqliy nuqsonlarning kelib chiqishining oldini oladi. Bundan tashqari, barmoq o‘yinlari qulay hissiy fonni yaratadi, kattalarga taqlid qilish qobiliyatini rivojlantiradi, diqqat bilan tinglashni va nutqning ma'nosini tushunishni o‘rgatadi, bolaning nutq faolligini oshiradi, tovushlar talafuzini yaxshilashga ham yordam beradi, bo‘g‘inlar artikulyatsiyasiga o‘ziga xos ta’sir etadi. Ma'lumki, bola nutqining normal rivojlanishi barmoq harakatlarining rivojlanishi bilan chambarchas bog'liq. Barmoqlar rivojlanishi evaziga miyada nutqning ravon bo‘lishi kuzatiladi. Tovushlar talaffuzidagi kamchiliklami bartaraf etishda barmoq mashqlaridan foydalanish bolaga kompleks yondoshishga imkon beradi. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling