Oilaviy munosabatlarning bola shaxsida ijtimoiy
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
Download 5.36 Mb. Pdf ko'rish
|
internet ma\'lumot
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
TAʼLIM TIZIMIDA UZLUKSIZ KASBIY RIVOJLANISH JARAYONINING IJTIMOIY VA PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK ASOSLARI Fayzullayeva Dilbaroy Saʼdullayevna Fargʻona viloyati Beshariq tumani 35-maktab psixologi Bugun mamlakatimizda taʼlim tizimining barcha jabhalarida yaʼni,maktabgacha taʼlim, umumiy oʻrta taʼlim, oʻrta maxsus taʼlim va oliy taʼlim muassasalarida taʼlim- tarbiyaning uzluksiz shiddat bilan kechayotgan muhim bir jarayonini bosqichma- bosqich amalga oshirishda bugun pedagogik-psixologik jihatdan yondashadigan boʻlsak,shu oʻrinda dastlab psixologik jihatdan shaxs va jamiyat tushunchasiga urgʻu berishimiz kerak.Aniqroq qilib aytganda inson dunyoga kelishidan boshlab,to umrining oxirgi yillarigacha davom etadigan muhim va kerakli boʻladigan uzluksiz jarayon bu taʼlim- tarbiyadir.Taʼlim-tarbiya jarayonining uzluksiz davom etishida unga taʼsir etadigan atrof-muhit undagi boʻladigan turli voqea va hodisalarni inson shaxsiga pedagogik-psixologik jihatdan qaydarajada salbiy yoki ijobiy taʼsir etishini,undagi insoniy fazilatlarni qaydarajada shakllanganini uning hatti-harakatlarida atrofidagi insonlarga boʻlgan muomala madaniyatida psixologik jihatdan namoyon boʻladigan aqliy qobiliyati va xarakter xususiyatidan aniqlashimiz,kuzatishimiz,koʻrishimiz mumkin.Barchamizni oldimizga qoʻygan bugungi kun talab va maqsadimiz taʼlim sohasida eng dolzarb muammolardan biri taʼlim tizimida uzluksiz kasbiy rivojlanishni yanada zamonaviy usullarda bugungi kunda insoniyat ehtiyojiga aylanib borayotgan axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va texnika taraqqiyoti tizimini yanada takomillashtirish zarur.Shu oʻrinda uzluksiz kasbiy rivojlantirishni muhim va ajralmas bir qismi hisoblangan, ijtimoiy psixologik xizmat yoʻnalishini taʼlim-tarbiya jarayonida bogʻlash asoslidir.Biz pedagog va psixologlar uzluksiz kasbiy rivojlanish jarayonini oʻquvchi shaxsiga milliy oʻzlikni anglashni va milliy umumbashariy qadriyatlarimizni, milliy urf-odatlarimiz, insoniy fazilatlarimizni , komil inson tushunchalarini yoshlarimiz ongiga singdirib borishimiz darkor.Oʻtmizda ota-bobolarimiz va momolarimiz tomonidan oʻsha davr yoshlariga oʻrgatilgan qoʻl mehnati orqali qilingan hunarlar bugun yoʻqolib borayotgan va kam darajada tor doirada oʻrganilmoqda. |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling