Oilaviy munosabatlarning bola shaxsida ijtimoiy
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
Download 5.36 Mb. Pdf ko'rish
|
internet ma\'lumot
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
Psixologik kuzatuvlarim jarayonida 5-6-sinf oʻquvchilarini kasb-hunarga yoʻnaltirish borasida suhbatlarim va shu bilan birga "Kim boʻlsam ekan?" mavzusidagi mashgʻulotim jarayonida bolani qiziqishi va qobiliyatini maʼlum darajada oʻrganishim va kuzatishim 5-6-sinf oʻquvchilari bu davrda yosh jihati 12-14 yoshni tashkil etadi.Bu davrda bolaning diqqatini tarqoqligi sezilib,maʼlum bir yoʻnalishni tanlashi qiyin kechadi.Chunki boshlangʻich sinfni tugatib oʻrta sinfga oʻtganda fanlarni va ustozlarni oʻzgarishi bolada katta yoʻldan oʻtish qiyin kechadigan jarayondek oʻtadi.Shu davrda oʻquvchilarga maktab psixologini,yaʼni psixologik xizmatga ehtiyoj borligini anglab yetishimiz mumkin. Bugun biz umumiy oʻrta taʼlim muassasalarida psixologik xizmat yoʻnalishini eng dolzarb mavzu va kerakli masala ekanini maqsadli ravishda tashkil etishimiz, taʼlim jarayonida esa barkamol insonni shakllantirishimiz oʻquvchilarimizni milliy oʻzligini anglashini tarbiyalashimiz,ularning oʻziga xos boʻlgan har birini (individual) psixofizologik va biologik xususiyatlarini,qobiliyatlarini,imkoniyatlarini,uning tanlagan mutaxassislik va tanlagan kasb-hunarga boʻlgan yoʻnalishlariga ijtimoiy va kasbiy moslashuvini psixologik jihatdan oʻrganishimiz lozim.Psixolog maktab oʻquvchilari bilan psixologik-pedagogik korreksiya va profilaktik ishlari olib borib va bitiruvchilarni taʼlimning keyingi yoʻnalishlariga va ijtimoiy mehnat faoliyatiga samarali yoʻnaltirishi kerak. Bugun shu tizimda ishlasak va maktablarda psixologik xizmatni oʻz oʻrnida kuchaytirsak,oʻquvchilarni kasb-hunarga yoʻnaltirishda psixologik xizmatni oʻrni katta ekanligini yana bir bor ahamiyatli jihatdan sezgan boʻlar edik. Takliflar: 1) Maktablarda psixolog uchun maʼlum(yaʼni,kasb-hunarga yoʻnaltirish) dars soatlari tashkil etish oʻrinli deb oʻylayman. 2) Oʻquvchi bilan jamoaviy (individual) ishlashda oʻquvchilar bilan shaxslararo munosabat shakllanishi osonroq kechar edi. Download 5.36 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling