Oilaviy munosabatlarning bola shaxsida ijtimoiy
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
Download 5.36 Mb. Pdf ko'rish
|
internet ma\'lumot
Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
BIRINCHI SINF O’QUVCHILARINING MAKTABGA MOSLASHUVIDA EMOTSIONAL – IRODAVIY SIFATLARNI RIVOJLANTIRUVCHI KORREKSION MASHG’ULOTLAR Umarova Mohira Qodir qizi Namangan viloyati Norin tumani 31- maktab boshlangʻich sinf oʻqituvchisy Maktabga moslashish – bu har bir 1- sinf o’quvchisi o’z hayotida boshdan kechiradigan va tushunadigan yangi maktab sharoitlariga ko’nikish jarayonidir. Bola maktabga borgan paytidan boshlab, moslashishi jarayonida qiyinchiliklarga duch keladi. Bolalar maktabga moslashishi uchun boshlang’ich sinf o’qituvchilari, maktab amaliyotchi – psixologlari hamda ota – onalar uchun kuch va vaqt kerak bo’ladi. Bolaning maktabga moshlashish jarayoni 2 – 3 haftadan olti oygacha davom etadi. Bu ko’pgina omillarga bog’liq: bolaning individual xususiyatlari, o’quv muassasasi turi, o’quv dasturining murakkabligi darajasi, bolaning maktabga tayyorgarlik darajasi va boshqalar. Yuqorida aytib o’tilganidek, boshlang’ich ta’lim davri maktabga kelgan barcha bolalar uchun yetarlicha qiyin. O’quv jarayonining birinchi haftalari va oylarida 1 – sinf o’quvchisining tanasi uchun ortib borayotgan talablarga javoban, bolalarda charchoq, bosh og’rig’I, uyqusizlik kabi shikoyatlar paydo bo’lishi mumkin. Bolalarning ishtahasi va tana vazni kamayadi. Shuningdek, psixologik qiyinchiliklar ham mavjud. Masalan, qo’rquv hissi, tortinchoqlik, kamgaplik hamda o’qishga nisbatan salbiy munosabat kabi. Birinchi sinf o’quvchisi uchun eng muhim narsa o’qituvchi bilan aloqa o’rnatishdir. Zero, birinchi muallimning shaxsi uning kelgusidagi maktab hayotiga, maktabga bo’lgan munosabatiga aniqlik kiritadi. Shu sabab, to’g’ri tarbiyalash sizning birinchi sinf o’quvchilaringizga maktabga tezda moslashishga yordam beradigan bir nechta korreksion – rivojlantiruvchi mashg’ulotlar mavjud. Ushbu mashg’ulotlarning maqsadi: - Bolalarning psixik taraqqiyotiga ta’sir etuvchi salbiy hissiy faktorlarni bartaraf etishga o’rgatish; - Hissiy – irodaviy sferasini rivojlantirish; |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling