Oilaviy munosabatlarning bola shaxsida ijtimoiy


Download 5.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet129/273
Sana24.10.2023
Hajmi5.36 Mb.
#1717990
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   273
Bog'liq
internet ma\'lumot

Tadqiqotning uslublari. Yengil atletika elementlarini o’rgatishda maktabgacha 
ta’lim tarbiyalanuvchilari uchun quyidagi usullardan foydalaniladi so’z uslubi, 
ko’rgazmali uslub, qat’iy tartiblashtirilgan mashq uslubi, musobaqa, o’yin usullari 
qo’llaniladi. 


Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази 
Tadqiqotning muhokamasi. Yurish tezligi qadamlar chastotasiga (temp) va 
qadam uzunligiga bog'liq. Maktabgacha yoshdagi bolaning tezligi daqiqada 148-172 
qadam, qadam uzunligi 42-68 sm. 
6-7 yoshli bolalar bilan ular yurish qobiliyatlarini yaxshilashda davom etadilar. 
Asosiy e'tibor harakat paytida to'g'ri qaddi qomatni shakllantirishga, aniq va ritmik 
qadamni rivojlantirishga, qo'llarning tabiiy va keng tebranishiga qaratiladi. Yurishda 
diqqat va chidamlilik mashqlari ular uchun foydalidir: signalda to'xtash, ma'lum bir 
holatni egallash, burilish va harakatni davom ettirish va hokazoda tarbiyalanuvchi fazo 
va vaqtda mo’ljal olishni o’rganadi. Yugurishning o'ziga xos xususiyati, uni yurishdan 
ajratib turadigan, "parvoz" bosqichi bo’lib - oyoq bilan yerdan depsingandagi uchish 
holati bilan farqlanadi. Yugurish paytida qo'llarning harakati yurishdan ancha farq 
qiladi: ular tirsaklarda egiladi, tebranishlari yanada kuchayadi. Yugurish paytida 
mushak apparatlariga, ayniqsa nafas olish va yurak-qon tomir tizimlariga yuklama 
ancha ko’proq tushadi. Shu boyis yurishga qaraganda tezroq charchash kuzatiladi. 
Turli xil tayyorgarlik mashqlari yugurish malakasini egallashga yordam beradi: 
a) tizzalarni baland ko’tarib yugurish, "kiyik kabi"; 
b) kublar, to'plar, kegli lar orasidan ilon bolib yugurish
v) "halqalar" ustiga sakrab-sakrab yugurish (bir-biridan 60-80 sm masofada yerga 
chizilgan doiralar) va boshqalar. 
Bu yoshda tarbiyalanuvchilarning to'satdan bergan signallariga tezda javob berish 
qobiliyatini rivojlantirish ham muhimdir (yugurishni boshlash va tugatish, signalda 
to'xtash, yugurish paytida burilishlar). 
Maktabgacha yoshdagi bolalarning yugurish mahoratini oshirish uchun poyga 
bilan harakatli o'yinlar, estafeta o'yinlarida tezlik va epchillik raqobati katta ahamiyatga 
ega bo'lib, bu yerda bolalar o'zlarining tezlik qobiliyatlarini rivojlantira olishlari 
mumkin. 
6-7 yoshli bolalar uchun o'rtacha tezlikda yugurishning davomiyligi 30-35 
sekundgacha. 5-6 yoshli bolalar maksimal tezlikda 20-25 metrgacha, 7 yoshda - 30-35 
metrgacha yugurishlari mumkin.



Download 5.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling