Oilaviy munosabatlarning bola shaxsida ijtimoiy
Download 5.36 Mb. Pdf ko'rish
|
internet ma\'lumot
Pedagogik qarovsizlar,
Intellektual sustlar , Uquvchanligi past oʻquvchiar. Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази Tan olish kerakki past oʻzlashtiruvchi oʻquvchilar bilan ishlash ancha qiyin va murakkab jarayon hisoblanadi. Oʻqituvchining pedagogik mahorati, zamonaviy dars oʻtish usullaridan foydalanishi, boʻsh oʻzlashtiruvchi oʻquvchi bilan yakka tartibda ish olib borishi natijasida uni samarali amalga oshirish mumkin. Past oʻzlashtiruvchi oʻquvchilarni mustaqil ishlashga oʻrgatish, yaxshi samara beradi. Mustaqil faoliyat insonni ziyrak va hozirjavob qiladi. Bu faoliyat kichik maktab yoshidagi oʻquvchilarda ta’limga uygʻun holda rivojlanishi kerak. Buning uchun oʻquvchilarni mustaqil faoliyatga ruhan tayyorlash, ularga biror ishni qila olishga va shu ishni sifatli bajarishga ishonch uygʻotish lozim. Oʻquvchida ideal oʻquvchi tushunchasi shakllantirish va idrok koʻlamini kengaytirish diqqat va harakat idrokini rivojlantirish, relaksatsion mashqlar oʻtkazish oʻquvchilardagi boʻshliqlarni aniqlab bilish jarayonlarini rivojlantiruvchi mashqlarni bajartirish ijobiy natija beradi. Oʻquvchilarni mustaqil faoliyatga undashda quyidagilarni amalga oshirish samarali natija beradi. - Topshiriqlarni osondan qiyinga , soddadan murakkabga qarab yoʻnaltirish - Ishni bajarishda bolalarda ishonch hissini uygʻotish , dadil harakatlanishiga sabab boʻladi. - Topshiriqlar turini almashtirishga alohida ahamiyat berish zarur. - Topshiriqni ma’lum vaqtda boshlab ma’lum vaqtda tugatishga koʻniktirish lozim. - Ish stoli har doim saranjaom sarishta boʻlishiga oʻrgatish. - Darslik didaktik materiallar bilan ishlashda uzviylik boʻlishi maqsadga muvofiq Oʻquvchiga mustaqil uyga beriladigan vazifalar ham mustaqil bir ishning turidir. Sinf sharoitida asosiy bilim va malakalarni singdirish , uyga vazifalar berishda me’yorga amal qilish zarur. Oʻzlashtirishda qiynalayotgan oʻquvchilarga quyidagi usullar qoʻllaniladi. 1. Kuzatuv xaritasini yuritsh 2. Guruh yoki juft boʻlib ishlash 3. Individual maslahatlar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling