Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
yengib oʻtishda yordam beradi. Yosh xususiytalariga koʻra oʻzlashtirmaslik
sabablari profilakatikasi.:
Boshlangʻich sinflarda oʻquvchilarlarning oʻquv bilish faoliyatini va ishchanlik
faoliyati rivojlantirish
Oʻrta sinflarda zarur boʻlgan koʻnikmalarni rivojlantirish oʻquvchilarning
qiziqishlarini inobatga olish
Yuqori sinflarda ta’lim olishning ijtimoiy muhim motivlarini shakllantirishga
e’tiborni qaratish. Ta’lim jarayonida past oʻzlashtiruvchi oʻquvchilarda namoyon
boʻladigan sifatlar quyidagilar: Darsga e’tiborli emas, darsda bir joyda oʻtira
olmaslik, topshiriqlarni muaffaqiyatli bajarish yoʻriqnomasini tinglab bilmaslik,
oʻquv topshiriqlarini bajarishda xatoga yoʻl qoʻyish, chidamsiz maqsadga
intiluvchanlik tashabbuskorlik yoʻqligi, sinfda koʻpincha intizomni buzishi,
tengdoshlari va oʻqituvchilar bilan munosabatlarda qoʻpol boshlagan ishini oxiriga
yetkazmasligi.
Past oʻzlashtiruvchi oʻquvchilarni ikki tipga ajratish mumkin.
Birinchi tipga kiritilgan oʻquvchilarning tafakkur opertasiyalari ( analiz,sintez,
umumlashtirish va boshqalarning boʻsh rivojlanganligida namoyon boʻladi. Bunda
oʻquvchilar oʻquv materiallarini oʻzlashtirishda jiddiy qiyinchiliklarga duch keladi.
Oʻqishda orqada qolishlik bolaning oʻquv jarayoni bosqichlaridan birida oʻzlashtira
olmaslikda ifodalanuvchi maktab talablarini bajara olmaslik bilan belgilanadi.
Ikkinchi tipga tafakkur faoliyatining yuqori sifati oʻqishga nisbatan salbiy
munosabat bilan birikadi. Bunday oʻquvchilar maktabga yaxshi tayyorlanib, yaxshi
oʻqish istagi bilan kelishadi, ammo ularning oʻqish ishlari sifatiga faqat oʻzlariga
yoqqan narsa bilan shugʻullanishga oʻrganib qolganligi salbiy ta’sir koʻrsatadi.
Past oʻzlashtiruvchi oʻquvchilardagi bilish jarayonlarining asosiy komponentlari
quyidagi tiplarga boʻlinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |