Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
Xulosa o’rnida shuni aytish lozimki, maktabgacha yoshdagi bolalarda turli
mavzuga oid ertaklar tinglash, sahnalashtirilgan ertaklarni tomosha qilish ular
ruhiyatida ijobiy motivatsiyani shakllantiradi. Bolalar xulq-atvorida yuzaga kelgan
salbiy holatlar ertak qahramonlari tilidan qoralanadi. O’zgacha qiziqish va zavq bilan
tinglangan ertak ularga albatta yaxshi ta‘sir etadi. Farzandlarimiz ertaklar olami orqali
real olamga kirib boradi. Ertangi porloq kelajagimiz bo’lgan aziz farzandlarimizning
qalbida o’z Vatani va oilasiga mehr va muhabbatli qilib tarbiyalash bizning asosiy
vazifamiz hisoblanadi.
PAST OʻZLASHTIRUVCHI OʻQUVCHILAR BILAN ISHLASH
Yakubova Naima Urazboyevna
Xorazm viloyati Gurlan tumani 44-maktab psixologi
Har tamonlama yetuk , sogʻlom mustaqil fikrlovchi shaxslarni tarbiyalashda
ta’lim va tarbiyaning roʻli beqiyosdir. Hozirgi kunda ta’limda aqliy rivojlanishda
orqada qoluvchi oʻquvchilarning psixologik xususiyatlarini oʻrganish va korreksiya
qilish pedagogik va yosh psixologiyada dolzarb muommolardan biridir. Past
oʻzlashtiruvchi oʻquvchilarning oʻziga xos xulq atvori koʻp holatlarda oʻquv
yilining boshida namoyon boʻladi. Nutqi sensomotorikasi rivojlanishi orqada qolgan
bolalarga boshlangʻich sinfdanoq oʻqituvchi tomonidan alohida e’tibor qaratilishi
lozim, aks holda yozish koʻnikmasini egallay olmay qolishlari mumkin.
Sensomotorikaning rivojlanishidagi zaiflik boshlangʻich sinf oʻquvchisining past
oʻzlashtirishida asosiy sababchi hisoblanadi. Oʻquvchilarning fanlarni oʻzlashtirishi
va bilimini oshirishi uchun ikkita muommoni hal etish talab qilinadi. Birinchidan
,sinfning yoki ayrim oʻquvchilarning individual xususiyatlarni inobatga olgan holda ,
oʻquv mashgʻulotlarini oʻtkazish metodikasini takomillashtirish. Ikkinchidan
oʻquvchilarda oʻqishga nisbatan salbiy munosabat shakllanishiga toʻsqinlik qiluvchi
tarbiyaviy vositalar tizimini qoʻllash bilim olishda uchraydigan qiyinchiliklarni
Do'stlaringiz bilan baham: |