Oilaviy munosabatlarning bola shaxsida ijtimoiy


Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази


Download 5.36 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/273
Sana24.10.2023
Hajmi5.36 Mb.
#1717990
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   273
Bog'liq
internet ma\'lumot

Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази 
O‘SMIRLARDA KUZATILADIGAN SALBIY XULQ-ATVOR GURUHLARI 
 
Usmanov Nusratillo Raxmatullayevich 
Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari "Yosh chegarachilar" 
xarbiy-akademik litseyi psixologi 
 
Komil inson deganda biz: “Ongi yuksak, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori 
bilan o‘zgalarga ibrat bo‘ladigan, bilimli, hozirgi davrda o‘smirlarni tarbiyalashdagining 
o‘ziga xos xususiyatlari, qonuniyatlari, imkoniyatlari, mexanizmlari o’zida qamrab 
olgan shaxs”ni tushunamiz. Shuni alohida takidlash kerakki, o‘smirlarni tarbiyalashda 
ularning xususiyatlarini to‘la hisobga olgan holda ta’limiy-tarbiyaviy tadbirlarni 
qo‘llash shaxslararo munosabatlarda anglashilmovchilikni bartaraf qiladi, iliq 
psixologik iqlimni yaratadi. Hozirgi kunda o‘smirlar taqdiri masalasi g’oyat muhim 
ahamiyat kasb etmoqda. O‘smirlik davri taqlidchanligi, muhim nuqtai nazarning 
shakllanmaganligi, hissiyotliligi, mardligi bilan farqlanadi. Shuning uchun tashqi 
ta’sirlarga beriluvchan o‘smir o‘g‘il-qizlarga alohida e’tibor berish zarur. O‘smirlik 
yoshida bolalikdan kattalik holatiga ko‘chish jarayoni sodir bo‘ladi. O‘smirda psixik 
jarayonlar keskin o‘zgarishi bilan aqliy faoliyatida ham burilishlar seziladi. Shuning 
uchun shaxslararo munosabatda, talaba bilan o‘qituvchining muloqatida, kattalar bilan 
o‘smirlarning muomalasida hayotiy o‘zgarishlar vujudga keladi.Bu o‘zgarishlar 
jarayonida qiyinchiliklar tug’iladi.
Bular avvalo ta’lim jarayonida ro‘y beradi: yangi axborot ma’lumotlarini bayon 
qilish shakli, uslubi va usullari o‘smirni qoniqtirmay qo‘yadi. O‘smirda shaxsiy nuqtai 
nazarning vujudga kelishi sababli u kattalarning qayg’urishi, koyishiga qaramay
o‘zining fikrini o‘tkazishga harakat qiladi. Serzardalik kundalik xatti-harakatining 
ajralmas qismiga aylanadi. Ayrim pedagoglar kuyinib gapiradilar, ba’zi illatlarni tanqid 
qiladilar va ularning ijtimoiy-psixologik ildizini topishga intiladilar, lekin mazkur 
illatlarning oldini olish chora va tadbirlari tizimini ishlab chiqa olmaydilar. Vujudga 
kelgan ziddiyatlar va qarama-qarshiliklarni psixologik kamolotni ta’minlash, faoliyat 
turlarini murakkablashtirish orqali o‘smir shaxsida yangi psixologik fazilatlarni tarkib 
toptirish bilan asta-sekin yo‘qotish mumkin. [1. 184-b] 



Download 5.36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   273




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling