Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
ham, turli vaziyatlardagi uning mavqei - statusi ham turlicha bo‘lib qoladi. Agar biror
rol shaxs ijtimoiy tasavvurlari tizimida uning o‘zi uchun o‘ta ahamiyatli bo‘lsa
(masalan, talaba roli), u boshqa rollarni unchalik qadrlamasligi va oqibatda, o‘sha
vaziyatda boshqacharoq, noqulay va noboproq mavqeni egallab qolishi mumkin.
Hozirgi ijtimoiy - iqtisodiy vaziyat va bozor munosabatlari sharoitidagi raqobat muhiti
shaxsdan bir vaqtning o‘zida qator qobiliyatlar va malakalarni talab qilmoqdaki,
ayniksa, yoshlar o‘zgaruvchan sharoitlarga tezrok moslashish uchun ba’zan bir - biriga
zid hislatlarni ham xulqda namoyon qilishga majbur bo‘lishmoqda. Masalan, yosh oila
boshligi, talaba, ota - onalarga moddiy jihatdan qaram bo‘lmaslik uchun, bir vaqtning
o‘zida ham itoatkor, intizomli talaba va ishdan keyin esa - chaqqon va uddaburon,
tadbirkor, tijoratchilik bilan shug‘ullanishga majbur bo‘lishi mumkin. Bu holat tabiiy,
shaxsdan kuchli iroda, doimiy intiluvchanlik va o‘z ustida muttasil ishlashni talab
qiladi.
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. V.M.Karimova . Ijtimoiy psixologiya–Toshkent.2010 yil.
2. G’oziyev E.G. “ Muomala psixologiyasi” 2001yil
MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA BARMOQ O‘YINLARINI
TASHKIL QILISHDA ZAMONAVIY AKTLARDAN FOYDALANISHNING
SAMARADORLIGI
Bayzakova Gulbeke Ulug‘bekovna
Samarkand davlat universiteti 3-kurs talabasi
Raqamli texnologiyalar iqtisodiy yuksalishning muhim omili. Shuningdek,bugun
jamiyatda raqamli texnologiyalarning ahamiyati tobora ortmoqda. Ularning keng joriy
qilinishi va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalalari hozirgi zamonda har bir davlat
uchun jiddiy hayotiy masalaga aylangan. Prezidentimizning Oliy Majlisga
Murojaatnomasida raqamli iqtisodiyotga faol o‘tish kelgusi 5 yildagi eng ustuvor
Do'stlaringiz bilan baham: |