Ёшларга ижтимоий-психологик хизмат кўрсатиш маркази
Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Perkins “Intellektual chegara nazariyasi”
2. WWW. Ziyonet.uz
PSIXOLOGIK XIZMATNI TASHKIL QILISH DOLZARB PSIXOLOGIK
MUAMMO SIFATIDA
Djienbaeva Diloram
Qoraqalpog'iston Respublikasi Xo'jayli tumani 38-maktab psixologi
Bugungi globallashuv sharoitida psixologiya fani taraqqiyoti har qachongidan ham
muhim masalalardan biridir. Shu nuqtai nazardan, inson omillarini va uning jamiyatdagi
ijtimoiy jarayonlarini to’g’ri va samarali boshqarish jarayoni
jamiyatga va jamiyat
a’zolariga psixologik xizmat ko’rsatish muqarrarligini talab qiladi. Holbuki, iqtisod,
xuquq, etika, etnografiya, tarix, sotsiologiya va shu kabi barcha fanlarning o’zaro
mustahkam hamkorligi natijasida inson psixologiyasining
amaliy muammolari hal
etilishi lozim. Inson rivojlanishini yosh davrlariga bo’lib alohida o’rganish, har bir yosh
davri qonuniyatlarini bilish orqali har tomonlama etuk shaxs kamoloti uchun muhimdir.
Zero, 2014 – yil “Sog‘lom bola yili” davlat dasturida ta’kidlab o‘tilganidek, har bir
shaxs va uning ijtiomiy muhit bilan bog‘liq o‘ziga xos
psixologik imkoniyatlariga
yetarlicha baho bermay turib shaxsning taraqqiyotiga hozirgi zamon talablariga mos
tarbiyaviy ta’sir etish juda mushkuldir. Shu nuqtai nazardan boshlang’ich ta’limda
psixologik xizmatni tashkil qilish katta ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunda kichik
maktab yoshidagi bolalarning o’ziga xos ijtimoiy psixologik va jismoniy
imkoniyatlarini o’rganish va shu asosda ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil etish orqali
samarali faoliyat olib borish mumkin.
Shaxs tarbiyasi har qanday millat uchun juda muhim vazifa
ekanligi hech kimga sir
emas. Zero, taraqqiyot inson kamolotini oshirish bilan birga, uning psixik taraqqiyotida
ham bir qancha o’zgarishlarini olib kelayotganligi bugungi
kun psixologiyasi uchun
juda ham muhim vazifalarni qo’ygan. Shaxs taraqqiyot natijasida murakkablashib