Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini


-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni


Download 114.84 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana21.06.2023
Hajmi114.84 Kb.
#1641752
1   2   3   4   5
Bog'liq
PQ-55-сон 20.12.2021. Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish va aholining daromad manbaini kengaytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida

2022-yilda oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasidagi loyihalarni
moliyalashtirishning hududlar kesimidagi
MAQSADLI PARAMETRLARI
mlrd so‘m


T/r
Hudud nomi
2022-yilda yo‘naltiriladigan
mablag‘lar
Shundan:
avval berilgan
kreditlarning
so‘ndirilishi hisobidan
qo‘shimcha mablag‘lar
ajratilishi hisobidan
JAMI:
10 000
6 170
3 830
1.
Qoraqalpog‘iston
Respublikasi
650
386
264
2.
Andijon viloyati
855
586
269
3.
Buxoro viloyati
915
573
342
4.
Jizzax viloyati
540
327
213
5.
Qashqadaryo viloyati
800
566
234
6.
Navoiy viloyati
540
346
194
7.
Namangan viloyati
865
577
288
8.
Samarqand viloyati
900
503
397
9.
Surxondaryo viloyati
850
586
264
10.
Sirdaryo viloyati
480
272
208
11.
Toshkent viloyati
720
366
354
12.
Farg‘ona viloyati
900
490
410
13.
Xorazm viloyati
695
382
313
14.
Toshkent shahri
290
210
80
O‘zbekiston Respublikasi
Prezidentining 2021-yil 20-
dekabrdagi PQ-55-son 
qaroriga
3-ILOVA
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga kiritilayotgan o‘zgartirish va
qo‘shimchalar
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 26-apreldagi “Fermer, dehqon xo‘jaliklari va
tomorqa yer egalari faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi
PQ-3680-son 
qarorida
:
a) 9-bandning 
“b” kichik bandida
:
ikkinchi xatboshi
 quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalariga 3 yilgacha muddatga, shu jumladan 1
yillik imtiyozli davr bilan, bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish uchun 7 yilgacha
muddatga, shu jumladan 3 yillik imtiyozli davr bilan 2019-yilning 31-dekabriga qadar yillik 7 foizlik
stavkada, bankning 2 foizlik marjasini hisobga olgan holda kreditlar ajratish uchun resurslarni
“Mikrokreditbank” ATB, “Agrobank” ATB, “Turonbank” ATB hamda AT “Xalq banki”ga joylashtirish.
2020-yil 1-yanvardan boshlab resurslarni joylashtirish O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining
qayta moliyalashtirish stavkasidan 4 foizlik bandni chegirib tashlagan holda, 2022-yil 1-yanvardan
boshlab esa, yillik 10 foiz stavkada amalga oshiriladi;
uchinchi xatboshi
“4 foizlik bandni chegirib tashlagan holda” so‘zlaridan keyin “ , 2022-yil 1-
yanvardan boshlab esa, yillik 10 foiz stavkada” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
yettinchi xatboshidan
“,savdo” so‘zlari chiqarib tashlansin;
o‘n uchinchi xatboshi
quyidagi tahrirda bayon etilsin:


“2020-yil 1-yanvardan boshlab kreditlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy
stavkasida, 2022-yil 1-yanvardan boshlab esa, tijorat banklari tomonidan yillik 14 foiz stavkada
beriladi”;
quyidagi mazmundagi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“Kreditlar bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish uchun 3 yilgacha imtiyozli
davr bilan 7 yilgacha muddatga, chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki), baliqchilik va parrandachilik
(tuxum yo‘nalishi) uchun 1 yilgacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga har bir mahallaga
biriktirilgan hokim yordamchisining tavsiyalariga muvofiq tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni
qo‘llab-quvvatlash markazining asoslantirilgan va natijadorligi aniq hisob-kitob qilingan holdagi
qarori asosida beriladi”;
b) 9-bandning 
“v” kichik bandi
 quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) Jamg‘arma mablag‘lari hisobidan kreditlar hududiy fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa
yer egalari kengashlari bilan kelishilgan holda beriladi, tomorqa yer egalari — jismoniy shaxslarga 33
million so‘mgacha, fermer, dehqon xo‘jaliklari va boshqa tadbirkorlik subyektlariga 225 million
so‘mgacha miqdorda ajratiladigan kreditlar bundan mustasno. Ushbu summadagi kreditlar har bir
mahallaga mahallabay ishlash bo‘yicha biriktirilgan hokim yordamchisi tomonidan beriladigan
tavsiyalar asosida ajratiladi”.
2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 7-iyundagi “Har bir oila — tadbirkor”
dasturini amalga oshirish to‘g‘risida”gi PQ-3777-son 
qarorida
:
a) 9-bandning 
ikkinchi — beshinchi xatboshilari
 quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“33 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda — tadbirkorlik tashabbusiga ega jismoniy shaxslarga
har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining tavsiyalari;
225 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda — hokim yordamchisining tavsiyalari asosida
belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tgan kichik tadbirkorlik subyektlariga uchinchi shaxs
kafilligi, sug‘urta polislari, kredit hisobiga sotib olinayotgan mol-mulklar garovi, Jamg‘armaning
kafilligi va qonun hujjatlari doirasidagi boshqa ta’minot turlari;
225 million so‘mdan ortiq miqdorda — hokim yordamchisining tavsiyalariga muvofiq
tadbirkorlik subyektlarining investitsiyaviy loyihalarini kreditlashda qonun hujjatlari doirasida
belgilangan ta’minot turlariga asosan ajratiladi.
Bunda, 2020-yil 1-yanvardan boshlab kreditlar AT “Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB va
“Agrobank” ATB orqali O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining asosiy stavkasi bo‘yicha, 2022-
yil 1-yanvardan — tijorat banklari tomonidan yillik 14 foiz stavkada beriladi”;
b) 10-bandning 
birinchi xatboshisi
 quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“10. Hududiy Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazlari zimmasiga tuman va
shaharlarda kichik tadbirkorlik subyektlarining samaradorligi yuqori, barqaror ish o‘rinlari
yaratishga qaratilgan loyihalariga 225 million so‘mdan ortiq miqdorda Dastur doirasidagi resurslar
hisobidan kredit ajratishga har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisi tomonidan berilgan
tavsiyaga muvofiq tuman (shahar) markazlarining qarori asosida qaror qabul qilish vazifasi
yuklatilsin”;
v) 
11-banddagi
“1,5” raqami “4” raqami bilan almashtirilsin.
3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 14-iyuldagi “Aholi bandligini ta’minlash
borasidagi ishlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-
3856-son qarori 6-bandining 
“v” kichik bandida
:
birinchi 
va 
ikkinchi xatboshilar
quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“mikrokreditlar 225 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda har bir mahallaga biriktirilgan hokim
yordamchisining tavsiyalari asosida 3 yilgacha muddatga, 6 oylik imtiyozli davr bilan:”;
uchinchi — oltinchi xatboshilar
 tegishincha ikkinchi — beshinchi xatboshilar deb hisoblansin:
to‘rtinchi xatboshi
quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“2022-yil 1-yanvardan — tijorat banklari tomonidan yillik 14 foiz (shundan 4 foiz bank marjasi)
stavkada ajratiladi”.


4. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 7-martdagi “Hududlarda aholini
tadbirkorlikka keng jalb qilish va oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-4231-son 
qarorida
:
a) 
4-bandda
:
uchinchi xatboshidagi
“bozor tamoyillari asosida mustaqil ravishda o‘rnatiladigan stavkalarda”
so‘zlari “yillik 14 foiz stavkada” so‘zlari bilan almashtirilsin;
oltinchi xatboshidagi
“sektor rahbarlari va” so‘zlari “har bir mahallaga biriktirilgan hokim
yordamchisining tavsiyalariga muvofiq” so‘zlari bilan almashtirilsin;
b) 6-bandning 
birinchi xatboshisidagi
“Q.X. Taparov” so‘zlari “D.Sh. Sultanov” so‘zlari bilan
almashtirilsin.
5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 24-oktabrdagi “Oilaviy tadbirkorlikni
rivojlantirish davlat dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalarni kreditlash tartibini
takomillashtirishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-4498-son qarorining 
2-bandida
:
ikkinchi xatboshi
“qayta moliyalashtirish stavkasi bo‘yicha” so‘zlaridan keyin “, 2022-yil 1-
yanvardan boshlab yillik 14 foiz stavkada” so‘zlari bilan to‘ldirilsin;
uchinchi xatboshidagi
 “Xotin-qizlarni va oilani qo‘llab-quvvatlash jamoat jamg‘armasi” so‘zlari
“Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash davlat maqsadli jamg‘armasi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshi
quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Dasturlarni moliyalashtirish uchun resurslar ajratadigan O‘zbekiston Respublikasining
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi hamda Jamg‘armalar resurslarining 2020 — 2022-yillarda
so‘ndiriladigan qismi har oyda vakolatli banklarga Dasturlar doirasidagi loyihalarni moliyalashtirish
uchun yo‘naltiriladi, bunda resurslar bo‘yicha foiz stavkasi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki
qayta moliyalashtirish stavkasidan 4 foiz past qilib, 2022-yil 1-yanvardan boshlab esa yillik 10 foiz
stavkada belgilanadi”.
6. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 28-noyabrdagi “Hunarmandchilikni
yanada rivojlantirish va hunarmandlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risidagi”gi PQ-4539-son qarori 9-bandining 
uchinchi xatboshisi 
quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“AT Xalq banki”, “Mikrokreditbank” ATB va “Agrobank” ATB ushbu manbalar hisobidan
“Hunarmand” uyushmasi a’zolariga ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun asbob-uskuna, ehtiyot
qismlar va xomashyo materiallarini xarid qilish, hunarmandchilikni rivojlantirish markazlari, “usta-
shogird” maktablarini tashkil etish, uy-muzeylar va ustaxonalar qurish yoki shu maqsadlarda bino
va inshootlar sotib olish uchun 36 oygacha muddatga hamda aylanma mablag‘larini to‘ldirish
uchun 18 oygacha muddatga, 2022-yil 1-yanvarga qadar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy
bankining asosiy stavkasidan oshmagan holda, 2022-yil 1-yanvardan boshlab, yillik 14 foiz stavkada
225 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda kreditlar ajratsin”.
7. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 13-oktabrdagi “Aholini tadbirkorlikka jalb
qilish tizimini takomillashtirish va tadbirkorlikni rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar
to‘g‘risida”gi PQ-4862-son 
qarorida
:
a) 
5-bandda
:
uchinchi xatboshidagi
“mikrofirma va kichik korxona ta’sis etgan shaxslarga” so‘zlari “kichik
tadbirkorlik subyektlariga” so‘zlari bilan almashtirilsin;
to‘rtinchi xatboshi
quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bunda, mikrokreditlar 6 oygacha imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga hokim
yordamchisining o‘ziga biriktirilgan mahallada istiqomat qilayotgan (joylashgan) qarz oluvchiga
beradigan tavsiyasi asosida, bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish uchun 3 yilgacha
imtiyozli davr bilan 7 yilgacha muddatga, chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki) uchun 1 yilgacha
imtiyozli davr bilan 3 yilgacha muddatga har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining
tavsiyalariga muvofiq tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazining
asoslantirilgan va natijadorligi aniq hisob-kitob qilingan holdagi qarori asosida yillik 14 foiz stavkada
ajratiladi”;


b) 6-bandning 
to‘rtinchi xatboshisidagi
 “Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz bandga
past foiz stavkasida yo‘naltirilsin” so‘zlari “yillik 10 foiz stavkada yo‘naltirilsin” so‘zlari bilan
almashtirilsin.
8. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 5-martdagi “Xotin-qizlarni qo‘llab-
quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada takomillashtirish
chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-5020-son qarorining 
5-bandida
:
“a” kichik banddagi
“Markaziy bankning asosiy stavkasida yo‘naltiradi” so‘zlari “yillik 10 foiz
stavkada yo‘naltiradi” so‘zlari bilan almashtirilsin;
“b” kichik bandning 
birinchi xatboshisi
quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“b) quyidagi dasturlarni muvaffaqiyatli o‘zlashtirgan xotin-qizlarga mazkur mablag‘lar
hisobidan har bir mahallaga mahallabay ishlash bo‘yicha biriktirilgan hokim yordamchisining
tavsiyasiga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun 3 yilgacha muddat va 6 oygacha
imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkada 33 million so‘mgacha bo‘lgan miqdorda kreditlar
ajratiladi:”;
“v” kichik band
quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“v) ajratiladigan kreditlar, istisno tariqasida, 2022-yil 1-yanvarga qadar Markaziy bankning
asosiy stavkasi doirasida, 2022-yil 1-yanvardan tijorat banki tomonidan yillik 14 foiz stavkada
beriladi”;
quyidagi mazmundagi “d” kichik band bilan to‘ldirilsin:
“d) kreditlar bog‘dorchilik, uzumchilik va limonchilikni tashkil etish uchun 3 yilgacha imtiyozli
davr bilan 7 yilgacha muddatga, chorvachilik (qoramol, qo‘y, echki) uchun 1 yilgacha imtiyozli davr
bilan 3 yilgacha muddatga har bir mahallaga biriktirilgan hokim yordamchisining tavsiyalariga
muvofiq tuman (shahar) Oilaviy tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash markazining asoslantirilgan va
natijadorligi aniq hisob-kitob qilingan holdagi qarori asosida beriladi”.
9. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 27-martdagi “Oilaviy tadbirkorlikni
rivojlantirish dasturlari doirasida amalga oshiriladigan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-
5041-son qarorining 
6-bandi
 quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“6. Belgilab qo‘yilsinki, mazkur qarorga muvofiq:
tijorat banklari tomonidan ajratiladigan kreditlar bo‘yicha foiz stavkalari, istisno tariqasida,
2022-yil 1-yanvarga qadar Markaziy bankning asosiy stavkasi doirasida, 2022-yil 1-yanvardan boshlab
yillik 14 foiz stavkada belgilanadi;
tijorat banklariga kredit resurslari Markaziy bankning asosiy stavkasidan 4 foiz past darajada,
2022-yil 1-yanvardan boshlab yillik 10 foiz stavkada ajratiladi”.
(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 21.12.2021-y., 07/21/55/1173-son; 30.04.2022-y., 07/22/232/0378-son,
13.10.2022-y., 07/22/394/0920-son; 31.01.2023-y., 07/23/39/0060-son)

Download 114.84 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling