Oiv-infeksiyasi tarixi, etiologiyasi va epidemiologiyasi oiv infeksiyasining yuqish yo‘llari oiv-infeksiyasini kechishi


OIV–infeksiyasini laborator tashxislash


Download 54.8 Kb.
bet12/14
Sana05.01.2022
Hajmi54.8 Kb.
#227527
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
13-maruza lot

OIV–infeksiyasini laborator tashxislash
1.Immunnoferment analiz (IFA) qon zardobi yoki plazmasida antitelolarni aniqlaydi. IFA tekshiruvi OIV-infeksiyasi tashhisini qo‘yishda zardob va plazma skriningi uchun, donor qonini tekshirish uchun va OIV-infeksiyasini epidemiologik kuzatish uchun qo‘llaniladi. Lekin shuni esda tutish kerakki, IFA test-tizimlari ba’zan “yolg‘on musbat” yoki “yolg‘on manfiy” natijalar berishi mumkin.

YOlg‘on manfiy natijalar «serologik bo‘shliq» deb nomlanuvchi davrda aniqlanishi mumkin. Bunda kasallik boshlanishida spetsifik antiteloni topilmaydi. Bu antitelolarning yo‘qligi, virus yuqtirib olgan kishining somatik holatiga xam bog‘liq bo‘lishi mumkin (agammaglobulinemiya, seroversiya, OIV-infeksiyasining oxirgi bosqichi – OITS).



YOlg‘on musbat natijalar immun tizimini zararlanishi bilan kechuvchi somatik kasalliklarda (autoimmun buzilishlar, turli o‘smalar, virus yoki bakteriyalar chaqirgan infeksion kasalliklar) va homiladorlikda kuzatilishi mumkin.

2.Ekspress (tezkor) testlar xam qon zardobi va plazmasida OIV antitelolarini aniqlaydi. Bu usulning qulayligi shundaki, uni o‘tqazish uchun IFAga qaraganda ancha kam vaqt ketadi, tekshiruv uchun uchun maxsus o‘lchov asboblari talab etilmaydi, chunki natijalar vizual baholanadi, shu sababli mahsus jihozlanmagan laboratoriyalarda ham qo‘llanilishi mumkin va ohirgisi, tekshiruv o‘tkazuvchi xodimni qisqa vaqt ichida tayyorlash mumkin.

3.Immunoblot (vestern-blot ) usuli OIVning turli xildagi oqsillariga spetsifik antitelolarni aniqlashga asoslangan. Uning boshqa usullardan ko‘ra yuqori spetsifikligi OIVning turli oqsillariga antitelolarni alohida aniqlashga asoslangan. Immunoblot Respublika OITS markazidagi laboratoriyada musbat skrining natijalarini tasdiqlash uchun qo‘llaniladi.

4.Polimeraz zanjirli reaksiya (PSR) usuli o‘ta sezgir tahlil bo‘lib, unda DNK spetsifik ketma-ketligining amflikatsiyasi (selektiv ko‘payishi) kuzatiladi. Bu usul qonda OIVning DNK provirusini (sifatiy tahlil) yoki qon zardobida OIVning RNK genomini (miqdoriy tahlil yoki “virusli zo‘riqish” yoki viruslar miqdori) aniqlash uchun qo‘llaniladi.

5.SD4+ limfotsitlar sonini aniqlash - bemor organizmining immun holatini tekshiruvchi nospetsifik usuldir. SD4+ limfotsitlar T–limfotsitlar (T-xelperlar) subpopulyasiyasi hisoblanib, me’yorda ularning soni inson yoshiga ko‘ra, 1 mkl qonda 500 dan 1500 gacha bo‘ladi. T-xelperlar (SD4+) sonining pasayishi OIV-infeksiyada T-hujayrali immuntanqislikning asosiy ko‘rsatkichi bo‘lib xizmat kiladi va kasallikni simptomsiz davridan boshlab, butun kasallik davomida aniqlanadi. Qonda SD4+ limfotsitlar darajasini aniqlash monoklonal antitelolar yordamida o‘tkaziladi.

Download 54.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling