Oiv-infeksiyasi tarixi, etiologiyasi va epidemiologiyasi oiv infeksiyasining yuqish yo‘llari oiv-infeksiyasini kechishi


Orttirilgan immuntanqislik sindromi


Download 54.8 Kb.
bet11/14
Sana05.01.2022
Hajmi54.8 Kb.
#227527
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
13-maruza lot

Orttirilgan immuntanqislik sindromi
OITS – OIV infeksiyasining kamida bitta opportunik kasallik bilan kechishidir. 1994 yil BSST ko‘rsatmasi bo‘yicha, OITS tashhisi qonida OIV antitelolari bo‘lgan, SD4+ limfotsitlar soni 1 mkl da 200 dan kam va bitta OITS-indikator kasalligi kuzatilayotgan bemorlarga qo‘yiladi.
OITS–indikator kasalliklariga:
O‘pka, traxeya, bronxlar va qizilungach kandidozi

  • O‘pkadan tashqari kriptokokkoz

  • Ichaklar surunkali kriptosporidiozi

  • Sitomegalovirusli infeksiya (jigar, qoratalog‘ va limfa tugunlaridan boshqa organlar zararlanishi bilan kechuvchi)

  • Sitomegalovirusli retinit

  • YAralar paydo bo‘lishi bilan kechadigan oddiy gerpes

  • O‘pkadan tashqari yoki disseminirlangan gistoplazmoz

  • Bachadon bo‘yni raki

  • Surunkali ichak izosporozi

  • VICH-assotsiirlangan demensiya

  • Kaposhi sarkomasi

  • Pnevmotsistli zotiljam

  • Salmonellezli septitsemiya

  • Bosh miya toksoplazmozi

  • O‘pka sili va o‘pka tashqari sil

  • Disseminirlangan yoki o‘pkadan tashqari boshqa mikobakteriozlar kiradi.

Terminal davri
Bu davr OIV ta’siri natijasida tana vaznini katta miqdorda yo‘qotish bilan xarakterlanadi (10% dan ortiq, surunkali behollik, 30 va undan ortiq kun davomida sababsiz isitma, surunkali diareya). Bemorda SD4+ limfotsitlar soni 1 mkl da 50 dan kam bo‘lib, bu chuqur immuntanqislikdan dalolat beradi. Bemorlarning hayoti o‘rtacha 12-18 oy davom etib, ular opportunistik infeksiyalar asoratlaridan hayotdan ko‘z yumadi.

Download 54.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling