Oiv va oits haqida tushuncha. Oits kasalligi belgilari va oqibatlari. Reja


Download 396.78 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/5
Sana05.01.2022
Hajmi396.78 Kb.
#219065
1   2   3   4   5
Bog'liq
4 Mavzu OIV va OITS haqida tushuncha OITS kasalligi belgilari va

 Davolash 

DAVOSI. Shu vaqtgacha ko’p dorilar tekshirib ko’rildi, lekin ularning bittasi ham yaxshi 

natija bermadi. 

Davolash printsipi quyidagichadir:   

1. OITS virusiga ta’sir qilish. 

2. Orgaiizmiing  immun holatini yaxshilash, ya’ni  immunotimulatsiya usuli. 

3. Paydo  bo’lgan har turli opportinustik  (yondosh) kasalliklarga qaratilgan davo usullari. 

 

Hozircha  OITS  ga  qarshi  100  %  samarali  vaktsina  yoki  dori  yo’q,  chunki  dori 



preparatlarining ko’pchiligi salbiy qo’shimcha ta'sirga ega va samarasi kam. 

 

OITS  ni  davolashga  ikki  xil  yondashuv  qayd  etilgan:  gen  terapiyasi  va  vaktsinaning 



yaratilishi. 

 

Gen  terapiyasi  sohasida  taf    va  rev  genlarini  inaktivatsiya  qiluvchi  DNK  ni  qo’llash 



umidli  natijalar  ko’rsatdi  (taf    va  rev  genlari  virusli  oqsillarning  hosil  bo’lishi  uchun  zarur 

oqsillar sintezini nazorat qiladilar). 

 

Olimlar IIV to’g’risida qanchalik ko’p ma'lumotga ega bo’lmasinlar samarali vaktsinani 



yaratish hali ham eng katta muammo bo’lib qolmoqda. Chunki boshqa viruslardan farqli o’laroq, 

organizmning immun reaktsiyasi IIV ni yo’q qilmaydi, shuning uchun vaktsinaga qanday immun 

javob berilishi ma'lum emas. Bundan tashqri IIV holatida bemorlarga jonsizlantirilgan yoki hatto 

o’ldirilgan viruslarning kiritilishi xavfsiz emas. IIV ga qarshi vaktsina virusli antigenlarga qarshi 

anti  tanachalar  titrini  nafaqat  ko’paytirishi,  balki  immun  himoyaning  barcha  vositalarini 

stimulyatsiya  qilishi  kerak.  Bu  vazifani  bajarishning  hozircha  iloji  yo’q,  chunki  inson  immun 

tizimi qanday ishlashi haqida to’liq ma'lumot yo’q. 

 

OITS  ga  qarshi  100%  samarali  vaktsina  yoki  dori  hozircha  yo’q,  ammo  kasallikning 



tarqalishi  va  zararlanishining  oldini  olish  usullarini  targ’ib  qilish  katta  yordam  beradi. 

Giyohvandlar  orasida  bir  martalik  shprits  va  ignalarning  tarqatilishi  qon  preparatlarining  OITS 

ga tekshirilishi zararlanish xavfini ancha kamaytiradi. 



 

Ko’pchilik  insonlar  zararlanishdan  o’zlarini  butkul  himoyalangan  deb  hisoblaydilar, 

chunki uning tarqalish yo’llarini yaxshi biladilar. Ammo bunday ishonchga to’liq asos yo’q. 

Kalit so’zlar: OITS-orttirilgan immunitet tanqisligi sindromi, IIV insonning immunitet tanqisligi 

virusi. 

 

1



Prevention of AIDS and HIV Infection  The  only  way  to  protect  from  contracting  AIDS  

sexually  is  to  abstain from  sex  outside  of a mutually  faithful  relationship  with  a partner 

whom the  person  knows  is  not  infected  with  the  AIDS  virus.  Otherwise,  risks  can  be  

minimized if they: 

•  Don’t have sexual contact with anyone who has symptoms of AIDS  

or who is a member of a high risk group for AIDS. 

•  Avoid sexual contact with anyone who has had sex with people at  

risk of getting AIDS. 

•  Don't have sex with prostitutes. 

•  Avoid having sex with anyone who has multiple andG’or anonymous  

sexual partners. 

•  Don't  share  toothbrushes,  razors  or  other  implements  that  could  

become  contaminated  with  the  blood  of anyone  who  is  or  might be  infected  

with the AIDS virus. 

•  Use only pure medical instrument, pure syringes and needles). 

The most important is valeological training and education of population. 

OITS va OIV infeksiyasini oldini olish choralari. 

OITS  ning  jinsiy  yo’l  orqali  yuqishining  eng  to’g’ri  yo’li,  faqatgina  OITS  kasali  bilan 

chalinmagan, o’zaro ishonchli qarama-qarshi jins vakili bilan jinsiy aloqa qilishdir. Aks holda, 

uni xavfini quyidagilar bilan kamaytirish mumkin: 

-  OITS belgilari sezilgan va yuqori OITS xavfida bo’lgan guruhdan hech kim bilan jinsiy 

aloqada bo’lmang 

-  OITS xavfida bo’lgan guruh bilan jinsiy aloqada bo’lgan shaxslar bilan har qanday jinsiy 

munosabatlardan uzoqlashing 

-  Fohishalar bilan jinsiy aloqada bo’lmang 

-  OITS  virusiga  chalingan,  o’zida  o’sha  shaxsning  qon  tomchilari  bo’lgan  umumiy  tish 

cho’tkasi, ustara yoki sovunlardan foydalanmang 

-  Faqatgina toza tibbiy asboblar (sof shprits va ignalar) dan foydalaning 

Ushbularga amal qilishda aholining amaliy valeologik amaliyoti va bilimlari juda muhimdir. 

 

                                           



1

 

Ministry of health care of the republic of belarus vitebsk state medical university the general hygiene and ecology department 



n.i.miklis, s.i.korikova, i.i.burak valeology tutorial for medical university students 

vitebsk,  2013 

 

 



Download 396.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling