4-Mavzu. OIV va OITS haqida tushuncha.
OITS kasalligi belgilari va oqibatlari.
REJA:
1. OITS kasalligi haqida tushuncha..
2. Kasallikning yuqush yo`llari.
3. OITS kasalligini oldini olish choralari.
4. Organizm uchun oziq moddalarning mohiyati.
5. O’quvchi va talabalarda ko’p uchraydigan kasalliklar.
6, Yod va тemir tanqisligi va uning oqibatlari oldini olish.
Tayanch so`z va iboralar; DND. RNK, virus, immunitet, kon, shprits, platsenta, sut, terlash,
ozib ketish, anonim xona
Immunitet - bu organizmni begona agentlardan himoyalashga qaratilgan jarayonlar
yig’indisidir. Organizm begonalarni aniqlaydi va ularga qarshi himoyalovchi oqsil moddalar
antitelalar ishlab chiqaradi. Antitelani sun'iy usulda olish mumkin. Buning uchun biror bir
hayvonga, masalan, otga kasallik yuqtiriladi (emnlanadi) natijada hayvon organizmida antitelalar
ishlab chiqariladi, shundan so’ng hayvon qoni tarkibidan ko’p miqdorda antitelalar bo’lgan
zardob tayyorlanadi.
Ayrim infektsion kasalliklarda, masalan, bo’g’mada kasallik mikroblari ajratgan toksinlarni
zararsizlovchi maxsus oqsillar (antitoksinlar) ishlab chiqaradi.
Immunitetning asosan 2 turi bor: tabiiy (tug’ma) va orttirilgan.
Tug’ma immunitet – bu organizmning biologik xususiyatlariga asoslangan u yoki bu
kasalliklarga berilmaslik xususiyatidir.
Orttirilgan immunitet – organizmning butun hayoti davomida yuzaga keladigan tashqi salbiy
omillarga nisbatan berilmaslik xususiyati.
ORTTIRILGAN IMMUN TANQISLIK SINDROMI (OITS)