Oiv va oits haqida tushuncha. Oits kasalligi belgilari va oqibatlari. Reja
Download 396.78 Kb. Pdf ko'rish
|
4 Mavzu OIV va OITS haqida tushuncha OITS kasalligi belgilari va
OITS DIAGNOSTIKASI 1.2- jadval № OITSni simptomlar bo’yicha diagnostikasi OITSni laboratoriya diagnostikasi 1 60dan yoshda Kaposhi sarkomasi aniqlansa Immunnoferment aniklash 2 2-3 oydan uzoqqa cho’ziladigan surunkali ich ketar kasalligida enteropatogen mikroblari topilmagan va ko’p miqdorda kriptosporidium topilgan hollarda Radioimmunopretsipetat analizi 3 Uzoq cho’ziladigan noma’lum isitma kuzatilganda (3 oydan ortiq) Radioimmunopretsipetat usuli 4 Markaziy nerv sistemasiiing limfomasi rivojlanganda Immunoglobulin analiz 5 Odamdagi ximioterapiya usuli bilan davolashda tuzalmaydigan va pnevmoniya aniqlanganda 6 Bemor sababsiz ozib, 10%dan kam bo’lmagan og’irligini yo’qotganda 7 Noma’lum etiologiyali limfopeniya bo’lganda 8 Har xil bakteriyalar, zamburug’lar viruslar, bir hujayrali sodda jonivorlar qo’zg’atadigan va tez-tez qaytarilib turadigan zkzogen va endogen infektsiyalar ko’zatilganda 9 Doimiy kam quvvatlik va kechasi ko’p terlash ko’zatilganda
Kasallikning birinchi bosqichi o’tkir deb ataladi va bu bosqichda kasallik o’ta yuqumli bo’ladi. Zararlangandan 3 hafta o’tgach, ko’pchilik insonlarda noaniq simptomlar ( varaja, bosh og’rig’i, teri toshmalari, limfa bezlarining kattalashuvi, diskomfort hissi) paydo bo’la boshlaydi. Bu davrda qonda viruslar kontsentratsiyasi juda baland bo’lib, u butun tanaga tarqaladi. SD4 lifotsitlarining soni keskin kamayib ketadi, IIV titri esa tobora oshib boradi. 1-3 haftadan keyin bu simptomlar tobora yo’qola boshlaydi. Bu vaqtga kelib immun tizim kasallikni nazorat ostiga oladi: SD 4 hujayralari T-limfotsitlarni (SD8 yoki T-killerlar) stimulyatsiya qiladi va ular zararlangan hujayralarni qira boshlaydilar. Bundan tashqari ko’p sonli IIV antitanachalari hosil bo’la boshlaydi.
O’tkir bosqich so’ngida faol immun reaktsiya SD4 limfotsitlarining ko’payishida organizmga yordam beradi. Bu esa infektsiya bilan keyinchalik kurashda juda muhim. Bundan tashqari, SD4 hujayralari butkul yo’q bo’lsa, immun tizim ularni tiklay olmaydi ( hatto IIV tanadan butkul qaydalsa ham).
O’tkir bosqichdan so’ng bessimntom yoki surunkali davr boshlanib u 10 yil va undan oshiq vaqt davom etishi mumkin. Bu davrda zararlangan insonlar o’zlarini yaxshi his qiladilar, qonda SD4 limfotsitlari darajasi uncha baland bolmasa ham me'yorga ega. qonda IIV tarkibi ma'lum darajada stabillashadi ( kasallikning keyingi rivojlanishi shunga bog’liq). Bunda virus passiv holatga o’tmaydi, balki faol ko’payib, immun tizimni emira boshlaydi. Bemorlarning «yaxshi» holati immun tizimning SD4 limfotsitlarini ko’plab ishlab chiqayotgani, shuning uchun qonda ularning mavjudligi boshqa patogenlar bilan kurashish uchun etarliligi bilan tushuntiriladi.
Virus bilan tinimsiz kurashayotgan immun tizim tobora holdan toyadi va nihoyat, qonda SD4 limfotsitlarining soni borgan sari kamayib boradi. qachonki 1 mm qonda ularning soni 200 ga etsa IIV tashuvchilar OITS bilan og’rigan bemorga aylanadilar. Ushbu erta simptomatik bosqich bir necha oydan bir necha yilgacha davom etishi mumkin. Bu davrda, odatda, kamroq kasalliklar rivojlana boshlaydi (bu kasalliklar so?lom odamlar uchun hech qanday xavf tug’dirmaydi).
1 mm qonda SD 4 limfotsitlar 100 hujayradan past bo’lsa kechki simtomatik bosqich boshlanib, immun tizimining katta zararlanganligi va og’ir holat bilan xarakterlanadi. Ushbu bosqich bir necha oydan bir necha yilgacha davom etishi mumkin. Bemorning vazni keskin kamayib ketadi, doimiy charchoqni his etadi, uning immun tizimi deyarli ishlamaydi. Bir oz vaqtdan so’ng kasallik so’nggi bosqichga o’tadi, bunda SD4 limfotsitlar soni 1mm qonda 50 ni tashkil etadi. Bu bosqich 1-2 yil davom etadi va bemor OITS ga hamroh yuqumli kasalliklardan yoki saraton (rak) dan nobud bo’ladi. Kasallikning rivojlanishi bemorlarning individual xususiyatlariga bog’liq. Masalan, kamroq kasalliklar SD4 limfotsitlar darajasi 200 dan oshiq bo’lganda ham bilinishi mumkin- bunda yuqumli kasallikning kechishi OITS tashxisini qo’yish uchun yetarli bo’ladi. Maxsus davolanmagan bemorlar 10-11 yil ichida, ba'zan 1 yildan so’ng vafot etishlari mumkin. IIV bilan zararlanganlarning 4-7 % qonida esa SD4 limfotsitlari me'yoriy darajada 8 yilgacha saqlanib, bemor 20 yil hayot kechirishi mumkin.
Download 396.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling