Oiv va oits haqida tushuncha. Oits kasalligi belgilari va oqibatlari. Reja
Download 396.78 Kb. Pdf ko'rish
|
4 Mavzu OIV va OITS haqida tushuncha OITS kasalligi belgilari va
OITS ga hamroh kasalliklar
OITS bilan og’rigan bemorlar aynan OIV bilan zararlanganliklari uchun emas, balki hamroh kasalliklardan vafot etadilar. Chunki bemor organizmi kasalliklarga qarshi kurasha olmaydi ( kasallik qo’zg’atuvchilar tanada shuningdek, atrof-muhitda bisyor bo’ladi). hozirgi vaqtda shunday kasalliklarning 25 tasi ma'lum. Ushbu kasalliklarning istalgan bittasi simptomlari bilinsa, insonning OITS ga chalinganligi haqida shubha qilinadi.
OITS ga Pneumocystis carinii zamburug’i qo’zg’otadigan pnevmoniya, bakterial pnevmoniya, sil kasalliklari hamroh bo’lishi mumkin. Erta simptomatik bosqichda zamburug’li va bakterial infektsiyalar meningit (OITS ga chalinganlarning 13 % kasallanadi) va boshqa kasalliklarni qo’zg’atishi mumkin. Kechki simptomatik bosqichda Micobacteriym avium bakteriyasi bezgak, anemiya, ich ketishi kasalliklarini qo’zg’aydi, bemor vaznini keskin yo’qotadi, ba'zan asab tizimi ham ishdan chiqadi.
OITS ga chalingan bemorlar orasida gerpes guruhi viruslari qo’zg’aydigan kasalliklar keng tarqalgan. Masalan, sitoligalovirus ko’zni zararlaydi va inson ko’r bo’lib qolishi mumkin. Shu guruhga mansub boshqa virus qon hujayralariga zarar yetkazadi. Ko’p bemorlarda saraton kasalliklari rivojlanadi (qonda V-hujayralar limfomasi, qon tomirlari saratoni). Avval terida siyohrang ko’rinishdagi toshmalar paydo bo’ladi va ichga uradi-bemor dunyodan ko’z yumadi. Download 396.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling