Ойбекдиссер
Hujumda jamoa va guruh taktik harakatlari
Download 399 Kb.
|
Arabjonov Shokirjon Shakatovich
Hujumda jamoa va guruh taktik harakatlari: Bu harakatlar jamoaning yoki kichik bir guruhning o‘zaro muvofiqlikda hujum uyushtirishlar taktkasiga aytiladi. Voleybolchilarning taktik-texnik tayyorgarligi, jismoniy tayyorgarligi hamda o‘yinda biribirlarini to‘g‘ri tushunib etishlari darajasi o‘yin natijasini ijobiy hal etadi. O‘yin harakatlarini birinchi yoki ikkinchi to‘p uzatish harakatlari hal etadi. Jamoa yoki guruh taktik harakatlarni o‘yinchilarni mohirona maydon bo‘ylab joylashtirish bilan boshlanadi. Guruh va jamoa hujumlarini uch hil taktik hujumlari tayyorlangan, bulardan:
Ikkinchi uzatilgan to‘pni oldingi chiziqdagi o‘yinchiga uzatish usullari, Ikkinchi uzatilgan to‘pni orqa chiziqdan kelayotgan o‘yinchiga uzatish usullari, Birinchi uzatilgan to‘p bilan uchlik kombinatsiyasi uyushtirish usullari. Yuqorida keltirilgan jamoa yoki guruh hujumi taktik harakat usullari hammasi ham samarali natijalarga ega. Bu taktik harakatlarning asosiy maqsadi to‘siqlardan holi yoki to‘siqlari zaif bo‘lgan zonada hujum harakatlarini uyushtirish va amalga oshirish. Voleybol maydoni 6 zonaga bo‘linib, himoya chizig‘i ortida turgan 1, 5, 6 zonadagi himoyachilar, hujum zonasiga-2, 3, 4 zonalarda harakatlanishi ruxsat etiladi. Lekin ularga shu zonada turib hujum urishlari ta’qiqlanadi. Shu bilan birga raqibning hujum urishlariga to‘siq qo‘ya olmaydilar. Voleybol musobaqalari: musobaqalar o‘tkazishning yangi qonun-qoidalariga asosan o‘yin 25 ochkoga qadar davom etadi. Agar o‘yin tugagunga qadar ochkolar nisbati bir ochkodan ortmasa, farq ikki ochko bo‘lgunga qadar o‘yin davom eaveradi. Musobaqalar 5 taym o‘tkazilib, 5-hal qiluvchi taym 15 ochkoga qadar davom etadi. Hal qiluvchi taymda birinchi bo‘lib 15 ochko jamlagan jamoa g‘olib hisoblanadi. Har partiyada 6 ta o‘yinchi almashinuviga ruxsat beriladi. Asosiy o‘yinchi 1 marta almashtirib yana o‘z joyiga qaytib o‘yinga tushishi mumkin. O‘yin 5 partiyadan iborat. Har partiyada o‘yin hisobi 25 gacha, agar 25-25 bo‘lib qolsa, o‘yin 2 ochko farqgacha davom etadi. Xal qiluvchi partiya taym breyk tarzida bo‘lib 2 ta ochko farqi bilan yo`tish kerak. Voleybol to‘garagida 12 yoshdan o‘g‘il bolalar, 13 yoshdan qiz bolalar shug‘ullanishlari mumkin. Voleybolchilarni trenirovka mashg‘ulotlarini tashkil etishda ularni texnik, taktik tayyorgarliklarini amalga oshirish bilan bir qatorda jismoniy tayyorgarlik qolaversa chaqqonlik va tezkorlik fazilatlarini takomillashtirishga katta e’tibor berish kerak. Download 399 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling