Okoz: 03. 00. 00. 00 Fuqarolik qonunchiligi / 03. 03. 00. 00 Yuridik shaxslar / 03. 03. 05. 00 Xo‘jalik shirkatlari va jamiyatlari / 03. 03. 05. 04 Mas’uliyati cheklangan jamiyat. Qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat] [tsz


-modda. Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlarning huquqiy holati


Download 0.84 Mb.
bet4/55
Sana28.10.2021
Hajmi0.84 Mb.
#169119
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55
Bog'liq
310-II 06.12.2001

5-modda. Mas’uliyati cheklangan hamda qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlarning huquqiy holati

Mas’uliyati cheklangan yoki qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyat (bundan buyon matnda jamiyat deb yuritiladi) qonun hujjatlarida belgilangan tartibda davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan paytdan e’tiboran yuridik shaxs maqomiga ega bo‘ladi.

Jamiyat qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik shaxslarning muassisi bo‘lishga yoki ularning ustav fondida (ustav kapitalida) boshqacha tarzda ishtirok etishga, vakolatxonalar va filiallar tuzishga haqlidir.

 LexUZ sharhi



O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 47-moddasiga ko‘ra vakolatxona – yuridik shaxsning u turgan yerdan tashqarida joylashgan, yuridik shaxs manfaatlarini ifodalaydigan va ularni himoya qiladigan alohida bo‘linmasidir. Filial – yuridik shaxsning u turgan yerdan tashqarida joylashgan hamda uning barcha vazifalarini yoki vazifalarining bir qismini, shu jumladan vakolatxona vazifalarini bajaradigan alohida bo‘linmasidir.

Jamiyat, agar uning ta’sis hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan bo‘lmasa, nomuayyan muddatga tuziladi.

Oldingi tahrirga qarang.

Jamiyat o‘zining to‘liq firma nomi davlat tilida ifodalangan va jamiyatning joylashgan yeri ko‘rsatilgan dumaloq muhrga ega bo‘lishga haqli. Jamiyatning muhrida uning firma nomi jamiyatning tanloviga ko‘ra boshqa tillarda ham ifodalanishi mumkin.



(5-moddaning to‘rtinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahriridaQonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)

Oldingi tahrirga qarang.

Jamiyat o‘zining firma nomi yozilgan shtamplariga va blankalariga, o‘z emblemasiga, shuningdek belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan tovar belgisiga hamda fuqarolik muomalasi ishtirokchilarini, tovarlar, ishlar va xizmatlarni individuallashtiruvchi o‘zga vositalarga ega bo‘lishga haqli.

(5-moddaning beshinchi qismi O‘zbekiston Respublikasining 2019-yil 20-martdagi O‘RQ-531-sonli Qonuni tahriridaQonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 21.03.2019-y., 03/19/531/2799-son)

 LexUZ sharhi

Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va “Tovar belgisi va xizmat ko‘rsatish belgisini ro‘yxatdan o‘tkazish uchun talabnoma tuzish, topshirish va ko‘rib chiqish qoidalari”ga (ro‘yxat raqami 1988, 29.07.2009-y.) qarang.

Jamiyat o‘zining mustaqil balansida hisobga olinadigan alohida mol-mulkka ega bo‘ladi, o‘z nomidan huquqlarni olishi, majburiyatlarga ega bo‘lishi, sudda da’vogar va javobgar bo‘lishi mumkin.

Jamiyat qonun hujjatlarida taqiqlanmagan har qanday faoliyat turlarini amalga oshirishi mumkin.

Ro‘yxati qonunlarda belgilanadigan ayrim faoliyat turlari bilan jamiyat faqat litsenziya asosida shug‘ullanishi mumkin.

 LexUZ sharhi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 2001-yil 12-maydagi 222-II-sonli “Amalga oshirilishi uchun litsenziya talab qilinadigan faoliyat turlarining ro‘yxati to‘g‘risida”gi qaroriga qarang.

Jamiyat o‘z majburiyatlari yuzasidan o‘ziga qarashli barcha mol-mulk bilan javobgar bo‘ladi.

Jamiyat o‘z ishtirokchilarining majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi.

Jamiyatning bankrotligi ishtirokchi sifatidagi shaxsning aybi tufayli vujudga kelgan bo‘lsa, jamiyatning mol-mulki yetarli bo‘lmagan taqdirda bunday shaxs zimmasiga uning majburiyatlari bo‘yicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin.

Davlat va uning organlari jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi, xuddi shuningdek jamiyat ham davlat va uning organlari majburiyatlari yuzasidan javobgar bo‘lmaydi.


Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   55




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling